• Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari
  • Radioaktiv nurlardan saqlanish




    Download 3,22 Mb.
    bet72/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Radioaktiv nurlardan saqlanish
    Birqancha ilmiy tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radiaktiv moddalardan foydalaniladi.
    Masalan, mashinasozlik sanoatida radiaktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini aniqlashda keng qo’llaniladi.
    Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radiaktiv nurlar yaxshi natija beradi.
    Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir ko’rsatib, og’ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bulishi mumkin. Uning ta’sirida inson og’ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bulishi mumkin. SHuningdek ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir ko’rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
    Radiaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon bulguncha hech qanday belgiga ega bulmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og’ir bulishi va ko’pincha o’lim bilan tugashi mumkin.
    Radiaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to’g’ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlar qo’llash xavfsizlikni ta’minlaydi.
    Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari
    Radiaktivlik-atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.
    Radiaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta’sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil buladi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, alьfa va beta nurlari, shuningdek neytron oqimlari kiradi.
    Alьfa nurlari katta ionlashtirish xususiyatiga ega bo’lgan, harakat doirasi katta bulmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi katta bulmaganligi sababli inson teri qavatigagina ta’sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.
    Beta nurlari radiaktiv moddalarning atom yadrolari tarqaladigan elektron yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. SHuning uchun ham inson uchun xavflidir.
    Gamma nurlarining ionlash qobiliyati katta bo’lmasada katta yorib kirish kuchiga ega bo’lib, yadro reakcialari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari hisoblanadi.
    Rentgen nurlari moddalarni elektron oqimlari bilan bombardimon qilganda ajralib chiqadigan eletromagnit nurlaridir.
    Ularni har qanday elektrovakuum qurilmalarida hosil kimlish mumkin. Bu nurlarning ionlanish xususiyatlari oz bulsa-da, yorib kirish xususiyati nihoyatda katta.
    Radioaktiv nurlanishlarning ma’lum muhitdagi ta’sirini aniq belgilash maqsadida «nurlanishlarning yutilgan dozasi»- Dyu tushunchasi kiritiladi.
    =
    bunda W-nurlantirilgan modda tomonidan ion nurlarining energiyasi, J; m-nurlantirilgan moddaning og’irligi, kg.
    Yutilgan doza birligi sifatida rad qabul qilingan. 1 rad 1 kg og’irlikdagi moddaning 0,01 J energiya yutishiga to’g’ri keladi.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy tavsifi ekspozicion doza hisoblanadi.

    bunda, Q-bir xil elektr zaryadlariga ega bo’lgan ionlarning yig’indisi, Kl; m-havoning og’irligi, kg.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozicion dozasi birligi sifatida kulon/kilogramm (Kl/kg) qabul qilingan.
    Rentgen va gamma nurlari nurlanishlarining ekspozicion dozasi kulon-kilogramm shunday birlikki, u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera havosida 1 Kl miqdordagi elektr zaryadlarining musbat va manfiy belgilari bo’lgan ionlarni vujudga keltiradi.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining tizimdan tashqaridagi birligi rentgen hisoblanadi.
    Har xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta’siri ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatiga bog’liq. Har xil nurlar bir xil dozada yutilganda biologik ta’siri bir-biridan farq qiladi. SHuning uchun radiaciya xavfini aniqlash maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik ekvivalenti). 1 ber-har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda rentgen va gamma nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologik ta’siridir.
    Dekv=D4/K
    bunda: K-sifat koefficienti. Bu koefficient ishlatilayotgan nurlanuvchi modda biologik ta’sirining birligi sifatida qabul qilingan rentgen nurlanishlari ta’sirini nisbati hisoblanadi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




    Download 3,22 Mb.