• Elektr ustanovkalar izolyaciyasini tekshirish Izolyaciyani profilaktikadan o’tkazish masalalari. Izolyaciyani profilaktikadan o’tkazish
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet80/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Ir.e. = 50 / t ,
    bu erda t ≤ 1 s — elektr toki ta’sirining davomiyligi kishi elektr toki bilan shikastlanganda uning jismoniy va psixik holati katta ahamiyatga ega. Agar kishi och, charchagan, mast bo’lsa yoki sog’lom bo’lmasa, organizm qarshiligi susayadi. Xavfsizlik qoidasiga rioya qilganda, ya’ni diqqat va ehtiyotkorlik bilan ishlaganda elektr tkidan shikastlanish ehtimoli kamayadi.
    Kishi quyidagi sharoitlarda tok zanjiriga ulanib qolsa, elektrdan shikastlanadi:
    - ikki fazaga yoki qutbga bir vaqtda tekkanda;
    - kuchlanish ostidagi izolyaciyalanmagan tok o’tkazuvchi qismlarga erdan izolyaciyalan-magan kishi bir fazali tutashganda;
    - kuchlanish ostida bo’lgan ochiq tok o’tkazuvchi qismlarga xavfli masofada yaqinlash-ganda;
    - tasodifan kuchlanish ostida qolgan elektr jihozlarning qobiq yoki korpusiga tekkanda;
    - tok tarqalish zonasida odimiy kuchlanishga tutashganda;
    - yashin chaqnaganda, statik elektr toki yoki elektr yoyda atmosfera elektr toki ta’sir etganda;
    - kishini tokdan ozod qilishda kuchlanish ostiga tushib qolganda.
    Har qaysi xizmatchi tok o’tuvchi qismlarga, ularda qanday kuchlanish bo’lishidan qat’i nazar, tegish mumkin emasligini esda tutishi kerak. Kuchlanish ostida bo’lishi mumkin bo’lgan jihozlarda (taqsimlash qurilmalarining metall konstrukciyalari, elektr uzatish liniyalarining tayanchlari, jihozlarning korpuslari va boshqa qismlarda) ishlash kerak bo’lganda himoya vositalarining kerakli xavfsizlik qoidalaridan (erga ulashdan, izolyaciya, individual izolyaciyalovchi asboblardan) foydalanish kerak.


    Elektr ustanovkalar izolyaciyasini tekshirish
    Izolyaciyani profilaktikadan o’tkazish masalalari.
    Izolyaciyani profilaktikadan o’tkazish deb, uning ishonchli ishlashini ta’miilashga qaratilgan tadbirlar sistemasiga aytiladi.
    Avvalo izolyaciya mexanik shikastlanishiga, namlanishiga, ximiyaviy ta’sirga berilishiga, chang bosishiga, qizishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Hatto normal sharoitlarda xam izolyaciya o’zining dastlabki xususiyatini asta-sekii yo’qotadi, eskiradi. Vaqt o’tishi bilan mahalliy nuqsonlar ko’payib boradi. Izolyaciyaning qarshiligi keskin kamaya bopadi, tokning sizib o’tishi esa noproporcional ravishda ortadi. Nuqsonli joyda qisman tok razryadi paydo bo’ladi. Izolyaciya kuyadi. Izolyaciyaning teshilishi sodir bo’ladi, natijada qisqa tutashuv vujudga keladi, bu o’z navbatida yong’inga olib kelishi yoki kishilarni tok bilan shikastlashi mumkin.
    Izolyaciyaning dielektrik xossalariii saqlab turish uchun sistematik ravishda profilaktik sinovlar o’tkazish yaroqsiz izolyaciyani olib tashlash va uni yaroqlisi bilan almashtirish kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr ustanovkalarda izolyaciyaning qarshilik normalari 2-jadvalda ko’rsatilgan.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




    Download 3,22 Mb.