|
Izolyaciyaning qarshilik normalari
|
bet | 82/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниIzolyaciyaning qarshilik normalari
Elektr ustanovka jihozlari
|
Megommetr kuchlanishi, V
|
Izolyaciyaning ruxsat
|
Kuch va yoritish elektr simlari, taqsimlash shchitlari va tok o’tkazgichlari
|
1000
|
0,5
|
Boshqarish, himoya qilish, o’lchashning ikki-lamchi zanjirlari (shinalardan tashqari)
|
500-1000
|
1
|
Boshqarish shchitidagi shinalar (uzilgan zanjirlardagi)
|
500-1000
|
10
|
Magnitli yurgizib yuborgichlar va avtomat-lar kontaktorlarining g’altaklari
|
500-1000
|
0,5
|
Tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish
Tok o’tkazuvchi qismlarni to’sishga quyiladigan umumiy xavfsizlik talablari. Elektr ustanovkalarning olgan kuchlanish ostidagi izolyaciya-lanmagan tok o’tkazuvchi qismlari, kishi ularga tasodifan tegib ketishi yoki yaqinlashishi natijasida shikastlanish sodir bo’lmasligi uchun yaxshilab to’sib qo’yiladi yoki kishi bo’yi etmaydigan balandlikda o’rnatiladi.
Ishlab chiqarish binolaridagi elektr dvigatellar, yurgizib yuborish moslamalari, eruvchan ochiq qo’ymalar va boshqalarning kuchlanish ostida bo’lgan qismlari albatta to’sib qo’yilishi shart.
To’siqlar mustahkam, yonmaydigan materialdan, yaxlit metall listlardan yoki yacheykalarining o’lchami 25x25 mm dan oshmaydigan to’rsimdan ishlanadi. Tur va yaxlit listdan ishlangan aralash to’siq ham bo’lishi mumkin. To’siq shunday o’rnatiladiki, u faqat kalit yoki asbob yordamida olinadigan yoki ochiladigan bo’ladi. To’siq qulflanib, kaliti elektr ustanovka bo’yicha navbatchida saqlanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish. Ishlab chiqarish binolarida tok o’tkazuvchi qismlari himoyalanmagan taqsimlash ustanovkalarini o’rnatishga odatda ruxsat berilmaydi. Ular berkitiladigan shchitlar, shkaflar, yonmaydigan materialdan yasalgan g’iloflar ichiga joylashtiriladi.
Zarur hollarda tok o’tkazuvchi qismlari ochiq bo’lgan taqsimlash qurilmalarini cexning maxsus to’silgan uchastkalariga o’rnatishga ruxsat etiladi. Bu to’siqlarning balandligi kamida 1,7 m bo’lib, ular tok o’tkazuvchi qismlardan kamida 10 sm masofada (to’siqlar to’rdan ishlanganda) hamda 5 sm masofada (to’siqlar yaxlit listdan ishlanganda) joylashtiriladi. Tegib ketish mumkin bo’lgan chiqib turuvchi, tok o’tkazuvchi ochiq qismlar (masalan, rubilьniklarning tokdan uzilgan pichoqlari kamida 2,2 m balandlikda bo’lganda) to’silmagan bo’lsa, bu qismlardan devorgacha yoki jihozgacha ma’lum masofa qoldirishga rioya qilinishi. kerak.
|
| |