• Elektrdan himoyalash vositalari
  • Asosiy himoya vositalari
  • Qo’shimcha himoya vositalari
  • Elektr ustanovkalardagi blokirovkalar




    Download 3,22 Mb.
    bet84/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Elektr ustanovkalardagi blokirovkalar
    Blokirovka (inglizcha to blosk — yo’lni to’sish) deb, shunday avtomatik qurilmaga aytiladiki, uning yordamida xavfli zonaga kirish yo’li to’siladi yoki hayot uchun xavfli bo’lgan noto’g’ri harakatni bajarish, kommutacion apparaturalarni qayta ulash mumkin bo’lmaydi. Blokirovkaning ish elementlari quyidagi mexanik moslamalar bo’lishi mumkin: stoporlar, lo’kidonlar, shakldor o’yiqlar (mexanik blokirovka), elektr zanjirini uzishda ishlaydigan blok-kontaktlar (elektr), kommutacion apparatlarni ulashga ruxsat etadigan yoki man etadigan elektromagnit kalit (elektromagnitli). Bunday turdagi blokirovkalarni misollarda qarab chiqamiz.
    Erga ulangan jihozga kuchlanish berishning (yoki kuchlanish ostida bo’lgan jihozni yanglish erga ulashning) oldini olish uchun liniya ajratkichlarni va erga ulovchi pichoqlarni mexanik blokirovkalashdan foydalaniladi. Agar liniya ajratkichi ulangan bo’lsa, u holda erga ulash pichog’i 2 ni ulash mumkin emas, chunki erga ulash pichog’ining shakldor segmenti 3 liniya ajratkichi bilan tutashgan disk 4 ga tiraladi.
    Liniya ajratkichini uzgandan so’ng erga ulash pichog’ini ulash mumkin, chunki diskdagi o’yiq segmentning va u bilan tutashgan erga ulash pichog’ining bo’rilishiga qarshilik ko’rsatmaydi. Erga ulash pichog’i ulanganda liniya ajratkichini ulash mumkin emas, chunki diskning bo’rilishiga segment qarshilik ko’rsatadi. Liniya ajratkichini faqat erga ulash pichog’ini uzgandan keyin ulash mumkin.
    Elektrdan himoyalash vositalari
    Elektrdan himoyalashning asosiy va qo’shimcha vositalari. Elektrdan himoyalash vositalari deb elektr ustanovkalarda ishlaydigan ishchi xodimlarni elektr tokidan shikastlanishdan, elektr yoyidan kuyishdan, mexanik shikastlanishdan, yuqoridan yiqilishdan, elektr maydonining ta’siridan va hokazolardan himoyalash uchun xizmat qiluvchi priborlar, apparatlar, moslamalar va qurilmalarga aytiladi.

    Elektrdan himoyalash vositalari:
    1- izolyaciyalovchi shtangalar, 2- izolyaciyalovchi omburlar, 3- dielektrik qo’lqoplar,
    4- dielektrik botilar, 5- dielektrik kalishlar, 6- rezina gilamchalar va dorojkalar,
    7- izolyaciyalovchi ostqo’ymalar, 8- izolyaciyalangan dastali montyor asboblari,
    9- tok o’lchaydigan omburlar.
    Vazifasiga qarab himoya qilish vositalarini quyidagi asosiy gruppalarga bo’lish mumkin:
    - kuchlanish ostida ishlash uchun asbob va moslamalar (operativ ishlash uchun izolyaciyalovchi shtangalar, izolyaciyalovchi omburlar va tortqilar, qamragichlar, dastasi izolyaciyalangan asbob);
    - ilyaciyalovchi omburlar va tortqilar, qamragichlar, dastasi izolyaciyalangan asbob);
    - kuchlanishni topish va kuchlanish ostida o’lchash uchun asbob hamda moslamalar (kuchlanishning bor-yo’qligi va fazasini tekshirish uchun kuchlanish ko’rsatkichlari, o’lchash shtangalari, tok o’lchash omburlari va hokazo);
    - kishini izolyaciyalash vositalari (operaciyami bajarish uchun saqlagichlari bo’lgan izolyaciyalovchi omburlar, izolyaciyalovchi narvonlar va maydonchalar, rezinadan ishlangan dielektrik qo’lqop, botilar, kalishlar, to’shamalar, izolyaciyalovchi ostqo’ymalar);
    - ko’chma erga ulagichlar va ularni yotqizish uchun shtangalar;
    - saqlash vositalari (muvaqqat to’siq, izolyaciyalovchi qalpoqlar va ustqo’ymalar, himoya ko’zoynagi, elektromagnit maydon ta’siri zonasida ishlash uchun metall qo’shilgan matodan ishlangan kostyum, montyorlar kamari, kaskalar, ogohlantiruvchi plakatlar va hokazo).
    Barcha izolyaciyalovchi himoya vositalari asosiy va qo’shlmcha himoya vositalariga bo’linadi.
    Asosiy himoya vositalari deb, izolyaciyasi elektr ustanovkalarning ish kuchlanishlariga ishonchli chiday oladigan va ular yordamida kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo’lgan himoyalash vositalariga aytiladi. SHuning uchun asosiy himoya vositalari elektr ustanovkaning ish kuchlanishiga bog’liq bo’lgan kuchlanish ostida sinaladi: bu kuchlanish liniyadagi kuchlanishdan uch marta ortiq bo’lishi, yoki neytral bilan kompensaciyalovchi apparatlar orqali izolyaciyalangan yoki erga ulangan ustanovkalarda 40 kV bo’lishi, yoki neytrali yaxshilab erga ulangan ustanovkalarda faza kuchlanishidan kamida uch marta katta bo’lishi lozim.
    Asosiy himoya vositalari dielektrik xarakteristikam turg’un bo’lgan materiallardan (plastmassalar, bakelit, chinni, ebonit, getinaks, tez quriydigan yog’och moyi shimdirilgan yog’och qatlamli plastiklar va hokazo) tayyorlanadi.
    Qo’shimcha himoya vositalari deb, berilgan kuchlanishda tok bilan shikastlanishdan mustaqil holda himoya qila olmaydigan vositalarga aytiladi. Ular kuchlanish ostidagi qismlarga bexos tegib ketishdan, elektr yoyidan va uning yonish mahsulotlari ta’siridan, kuyishdan himoya qilishda yordamchi vosita hisoblanadi.
    Qo’shimcha himoya vositalari ular ishlatiladigan elektr ustanovkaning kuchlanishiga bog’liq bo’lmagan kuchlanishda sinaladi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr ustanovkalardagi blokirovkalar

    Download 3,22 Mb.