|
Izolyaciyalovchi va tok o’lchaydigan omburlar
|
bet | 86/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниIzolyaciyalovchi va tok o’lchaydigan omburlar. Izolyaciyalovchi omburlar saqlagichlar yordamida izolyaciyalovchi qalpoqlarni kiygizish hamda chiqarish va boshqa operaciyalarni bajarish uchun mo’ljallangan. Ular uchta qismdan iborat: ish qismi—lab, izolyaciyalovchi qismi (labdan tirakkacha) va dastalar (tirakdan omburning oxirigacha). Asosiy qismlari izolyaciyalangan materialdan tayyorlanadi. Omburlarning izolyaciyalovchi qismi uzunligi 10 kV gacha kuchlanish uchun 045 m, 10—35 kV kuchlanish uchun 0,75 m bo’ladi.
Izolyaciyalangan dastali asbob. Izolyaciyalangan; dastali asbob asosiy himoya vositasi sifatida faqat kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan ustanovkalarda ishlatiladi. Asbobning dastalari cheklovchi tirakka, darzsiz va g’adir-budursiz silliq izolyaciya qoplamasiga ega bo’lishi kerak. Qoplama namga chidamli, mo’rt bo’lmagan izolyaciya materialidan kamida 10 sm uzunlikda yasalib, metall qismlarga zich o’tirishi va ishlayotgan kishining qo’lini metalldan to’la izolyaciya qilishi kerak. Asbob tayyorlangandan yoki remont qilingandan so’ng 2,0 kV kuchlanish ostida 1 minut davomida sinaladi.
Sinash vaqtida izolyaciyalovchi dastalar izolyaciyalovchi qoplamlari suvdan 1 sm chiqib turadigan qilib unga botiriladi; transformatordan asbobning metall qismlariga va suvga kuchlanish beriladi. Agar izolyaciyalovchi qoplama qo’yilgan kuchlanishga chidasa, asbob yaroqli hisoblanadi.
Izolyaciyalovchi ostqo’ymalar. Izolyaciyalovchi ostqo’ymalar ishlovchi xodimni erdan izolyaciyalash uchun xizmat qiladi. SHuning uchun ular turli xil kuchlanishga mo’ljallangan saqlagichlar, elektr dvigatellarni yurgizib yuborish qurilmalari, ajratkich simlari va berk elektr ustanovkalardagi viklyuchatellar bilan operaciyalar bajarishda qo’shimcha xavfsizlik vositasi sifatida ishlatiladi.
Izolyaciyalovchi ostqo’yma chinnidan ishlangan tayanch izolyatorlarga mahkamlangan to’shamadan iborat. Poldan to’shamaning pastki sirtigacha bo’lgan izolyatorlar balandligi 7 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Ulchami 50x50 sm yoki undan ortiq bo’lgan to’shamalar yog’och plankalardan oralarida 3 sm tirqish qoldirib ishlanadi; ularga metall mahkamlagichlar ishlatilmasligi kerak. Tayyorlangandan so’ng ostqo’ymalar 40 kV kuchlanish ostida 1 minut davomida sinaladi va ularning mexanik mustahkamligi 350 kgk/m2 nagruzka bilan tekshiriladi. Qeyinchalik ular bir yarim yilda bir marta ko’zdan kechirib chiqiladi.
|
| |