Yurakni tashqaridan massaj qilish




Download 3,22 Mb.
bet89/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

Yurakni tashqaridan massaj qilish. Jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin bo’shlig’idan ko’krak qafasiga o’tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan tana uqalanib (massaj) qilinadigan joyni belgilab, qo’lni bir-biri ustiga tug’ri burchak shaklida qo’yib, jarohatlangan kishining ko’krak qafasi tana og’irligi bilan 15—25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo’lishi kerak. Bunda ko’krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi harakatiga moslab davom ettiriladi.



Sun’iy nafas berish usullari.
Tanani uqalash orqali sun’iy nafas oldirish birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko’rsatayogan kishi bir o’zi bo’lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko’krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo’lganligini uning pulьsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2—3 sekundga to’xtatib, tomir urishi sanab ko’riladi

Elektr toki xavflidir. Tok kishi tanasidan bevosita utishi natijasida, shuningdek, razryad vakdida elektr tokiga anlanuvchi boshka turdagi energiyalar odam organizmiga taьsir etib, uni jaroxatlaydi, bunga elektrik jaroxatlanshi deyiladi. Ular ochik, va yashirin krinishda bulishi mumkin. Tok urganlikning tashqi belgilariga quyidagilar kiradi: tokning kishi tanasiga kirishi va undan chikishida hosil bo’ladigan belgilar; butun tananing yoki uning alohida qismining kuyishi; teri sirtining metallanishi; ichki shikastlanishlar bilan xarakterlanadigan elektr tokining urishi (mayda nuqtali kon kuyilishi, teri rangining uzgarishi va boshkalar).


Terining jonsizlanib, qadoqqa o’xshab qolishi tok urganlik belgisidir. Vaqt o’tishi (ba’zan juda uzoq yillar) bilan bu belgi asta-sekin yo’qolib boradi.
Bir necha ming gradus issiqlik hosil qiladigan elektr yoy, shuningdek, inson tanasiga tok o’tkazuvchi qismning bevosita ulanib qolishi kuyishga sabab bo’ladi. Elektr yoy razryad vaqtida — kishi yuqori kuchlanishli tok o’tadigan qismlarga yaqinlashganda, qisqa tutashish va hokazolarda sodir bo’ladi. Elektr tokidan kuyish kuyish kasalligini vujudga keltiradi. Bu
kasallik teri to’qimasiga chuqur kirib boradi va tuzalishi qiyin bo’ladi.



Download 3,22 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Download 3,22 Mb.