• Tayanch iboralar
  • Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet97/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Nazorat savollari
    1. Favqulodda holat nima?
    2. Favqulodda holatlar qanday ko’rinishlarga bo’linadi?
    3. Tabiiy favqulodda holatlarga misollar keltiring?
    4. Texnogen halokatlar nima?
    5. Ekologik favqulodda holat nima?


    MAЪRUZA№ 20.
    Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari
    Reja:
    1. Fuqarolar muhofazasining asosiy maqsadi FM si haqida tushuncha
    2.FM tashkilotining asosiy vazifalari himoyasi soxasidagi vakolatlari.
    3.O’zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligining Fuqaro muhofazasi bo’yicha vakolatlari.


    Tayanch iboralar
    Ob’ekt, avariya, harbiy, biologik qurol, kimyoviy qurol, ommaviy kirg’in qurollari, loqal, samolyotlar, tashlanadigan aviabombalar, artilleriya snaryadlari, minalar, harbiy texnika.
    Fuqarolar muhofazasining asosiy maqsadi – fuqaro muhofazasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda Respublikamizda fuqaro muhofazasi sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritish, aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish.
    Favqulodda vaziyatlar ro’y berishi, rivojlanishini oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish, moddiy va madaniy boyliklarni asrash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish to’g’risida nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar asosida muhofaza qilish chora - tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalda bajarish hamda harbiylashtirilmagan tizim boshliqlari lavozimida to’g’ri ish tutishga o’rgatishdan iboratdir.
    Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - Aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish;
    - Ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
    - Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
    - Halq xo’jaligi inshootlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar tizimlarini o’tkazish;
    - Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuaciya qilish;
    - Fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;
    - Aholini umumiy va yakka tartibdagi muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish;
    - Aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash;
    - Radiacion, kimyoviy va biologik vaziyatlar ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
    - Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;
    - Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish;
    - Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
    90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki xalq xo’jaligi ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.
    Statistika ma’lumotlariga nazar tashlasak, 60-yillarda er yuzi aholisining 1,6% (har 62 kishidan biri) tabiiy ofat, avariya, halokatlardan jabrlanganini, 90-yillarga kelib esa bu ko’rsatkich 3.5% (har 29 kishidan biri)ni tashkil etganini ko’ramiz. Bu esa o’z navbatida yuqoridagi fikrlarning to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
    Fuqaro mudofaasi o’rniga bo’lishi mumkin bo’lgan, yirik qo’lamdagi favqulodda vaziyatlarga avvaldan tayyorlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egallashi, u tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishi lozim edi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni: xavfli hududlarni xaritalashtirish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni ko’rish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilishi va aholi tayyorligini amalga oshirishi lozim edi.
    SHu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulodda vaziyatning o’zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutishimiz lozim?
    Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarining bajarilishini ta’minlash xamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek, ob’ekt miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadi.
    Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari, tizimlaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi.
    Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari ham jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128




    Download 3,22 Mb.