• Maxalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat
  • Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat
  • Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat
  • FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari kuyidagilardan iborat
  • FM shtabi asosida q uyidagn xizmatli tizimlar tashkil etiladi
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet99/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Lokal favqulodda vaziyat — biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning mikyosi o’sha ob’ekt xududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat pavdo bo’lgan kunda eng kam oylik ish xaki mikcorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
    Maxalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat — aholi yashaydigan xudud (aholi punkti, shaxar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortik, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi mikdorining 1 ming baravaridan ortikni, biroq O,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi.
    Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda — favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi mikdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, xamda FV mintakasi viloyat chegarasidan tashkariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
    Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O’zbekiston xududiga dahldor holat tushuniladi.
    Bunday faloqat oqibatlari xar bir mamlakatning ichki kuchlari va mablagi bilan xamda xalkaro xamjamiyat tashkilotlari mablaglari xisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafakat O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, Qozogiston va boshka davlatlar uchun xam faloqat keltiruvchi vaziyatdir. SHuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini ham qilishga O’zbekiston davlatinig kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunep va boshk.) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
    FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari kuyidagilardan iborat:
    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlar ishining FV chogida ishonchliligi va baqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga raxbarlik qilish;
    Boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuch va vositalarining FV chogidagi xarakatlarga tayyorligini ta’minlash;
    Avariyakutkaruv xamda boshka kechiqtirib bo’lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob’ektlar xodimlarini evakuaciya qilishga raxbarlik qilish;
    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va modciy resurslar zaxiralarini yaratish;
    Ob’ektlarning raxbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek, xodimlarini FVlardagi xarakatlarga tayyorlashni tashkil etish.
    Xar bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning xolatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor xolatda bulishligini nazorat etadi, xamda kutkaruv va kayta tiklash ishlariga boshchilik kyladi. Korxona FMning boshligi shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yukori tashkiloti FMsiga buysunadi.
    Har bir korxonaning FM boshlig’iga o’rinbosar tayinlanadi. Katta korxonalarda bir necha o’rinbosarlar tayinlanadi, jumladan:
    a) Ishchi xizmatchilarni joylashtirish (yoki evakuaciya bo’yicha);
    b) Muxandis texnik ishlari bo’yicha;
    v) Moddiytexnika ta’minoti bo’yicha. FMning ishchi xizmatchilarni joylashtirish bo’yicha o’rinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularning oilalarini evakuaciya etish, jamoat tartibini saqlash ishlariga boshchilik qilish xamda ishchi xizmatchilarni bir joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.
    FMning muxandis-texnik bo’limi o’rinbosari korxonaning bosh muxandisi hisoblanadi. Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya texnika va yong’inga qarshi xizmatlarni, qutqarish ishlarini olib boradi.
    Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, xaloqat bo’lganda qutqarish va avariyani to’sish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi.
    FMning moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha o’rinbosari qilib korxonaning ta’minot bo’yicha boshliq o’rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taalluqli jihozlar bilan ta’minlaydi va saqlaydi. Yana u boshpanalarni qurish va o’z qo’l ostidagi ishchi xizmatchilarni evakuaciya qilishni ta’minlaydi.
    Korxonada FMning shtabi tuziladi. Bu shtabda har xil buyruqlar, bajariladigan choratadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi.Korxona shtab boshlig’i etib, shu korxonaning FM boshlig’ining birinchi o’rinbosari tayinlanadi. FMning shtabi zimmasida ishchixizmatchilarni va korxona xodimlari oilalarini kirg’in qurollar ta’siridan, dushmanning bevakg xujumidan uz vaqtida ogox qilish vazifasi turadi.
    FM shtabi asosida quyidagn xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
    Aloqa va tashviqot;
    Medicina;
    Radiaciya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;
    Jamoat tartibini saqlash;
    Elektr ta’minoti;
    Avariya texnikani ta’mirlash;
    Panada va kochoqlar maskanida xizmat ko’rsatish;
    Transportda xizmat ko’rsatish;
    Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
    Bularga maxsus topshiriklarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yukoridagi xar bir xizmatga FM boshligi tomonidan rahbar etib, bo’lim, cex, smena boshliklari tayinlanadi.
    Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov berishda FMning bir kator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi.Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb kilinadi va kerakli asbob uskunalar bilan jixozlanadi.
    Radioaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaxarlangan odamlarni to’lik sanitarkayta ishlovdan utkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan xammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab kuyiladi.Bu maskanlarda kiyim kechaklar, poyafzal va shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivaciya qiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni sanitar qayta ishlovdan o’tkazadi.
    Transport vositalarni degazaciya, dezinfekciya va dezaktivaciya qilish uchun esa zararsizlantirish shaxobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlantirish shaxobchalari asosan transportlarni yuvuvchi kismlari tarkibida tashkil etilib, ular 1 soat mobaynida 45 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega.
    Demak, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy rolni favqulodda vaziyaglar davlat tizimi (FVDG) kuch va vositalari o’ynaydi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




    Download 3,22 Mb.