|
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
|
bet | 98/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниFuqaro muhofazasi qo’shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) zararlanish o’choqlarida va zaharlanish hududlarida muxandislik, radiaciyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
b) qutqaruv va boshka kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
v) aholini va xalk xujaligi ob’ektlarini evakuaciya qilishda ishtirok etish;
g) aholi xayot faoliyatini ta’minlash, ob’ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarishdan iborat.
Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiqtirib bo’lmaydigan tiklov ishlarini (KBTI) amalga oshirish uchun xududiy ishlab chiqarish tamoyillariga ko’ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tizimlari bo’ysunishiga ko’ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda ob’ekt (xalk xo’jaligi ob’ektlaridagi) tizimlariga bo’linadi.
Ob’ekt fuqaro muhofazasining boshlig’i etib o’sha korxonaning yoki tashkilotning boshlig’i tayinlanadi.
Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga ko’ra — umummaqsadli hamda xizmatli tizimlarga bo’linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan o’choqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar — qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o’tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat ko’rsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bo’linadi
Fuqaro muhofazasi tizimlariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga ega bo’lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3gurux nogaronlari, xomilador ayollar, 8 yoshga tulmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to’lmagan bolalari bor o’rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan favqulodda vaziyatlarning oddini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 558 sonli (1998 y.) qarori qabul qilindi (ilovaga karang).
Ushbu qaror Uzbekiston Respublikasi favqulodca vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat ko’rsatish tartibini belgilab beradi. FVDTning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— Tinchlik va harbiy davrda aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasida huquqiy va iqtisodiyme’yoriy hujjatlarning yagona koncenciyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
— Respublika xududidagi mumkin bo’lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baxolash;
— Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab
chiqarishlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodca vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallagan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash;
— Aholini, boshqaruv organlari boshliqlarini. FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
— favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralarini yaratish;
— Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
— Favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
— Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
— Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.
FVDT xududiy va funkcional kuyi tizimlardan iborat bo’lib, u respublika, mahalliy va ob’ektlar miqyosi darajasida bo’ladi.
FVDTning xududiy quyi tizimlari o’z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullar miqyosida tashkil topadi.
FVDT xududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat ko’rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli ob’ektlarning mavjudligini hisobga olib belgilanadi hamda FVV bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
FVDTning funkcional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qumitalari, korporaciyalar, koncernlar, uyushmalar va kompaniyalarda atrof muhitni, kuchli xavfli ob’ektlar holatini ko’zatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek, ularga qarashli ob’ektlarda o’zlarining ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish uchun tashkil etiladi.
FVDT rahbar organlariga aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga davlat boshqaruvi, maxalliy hokimiyat organlari va ob’ektlar mas’uldir, jumladan, respublika darajasida O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi, xavfli ob’ektlar holatini kuzatishni nazorat qilish uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy miqyosda hududiy hokimliklar, ob’ektlar miqyosida korxonalarning ma’muriyati mutasaddi hisoblanadi.
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi choratadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq xo’jalik tarmoqlarining baqaror faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash;
• Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
• Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;
• Atrof-muxit hamda kuchli xavfli ob’ektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
• Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga tayyorgarligini ta’minlash;
• Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni, shu jumladan, evakuaciya ishlarini o’tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash, zarar ko’rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
• Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratish;
• FVlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
• Favqulodda vaziyatlarda ob’ektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va vositalarini, shuningdek, xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa omillarni bajarish.
Favqulodda vaziyatlar yana tarkalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga xamda moddiy yo’qotishlar miqdoriga qarab) ko’ra 4 guruhga bo’linadi:
1. Loqal (ob’ekt miqyosidagi) FV;
2. MahalliyFV;
3. Respublika (milliy) FV;
4.Transchegaraviy (global).
|
| |