|
BOB – 5. TABIIY OFATLAR, TEXNOGEN TUSDAGI OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
|
bet | 106/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниBOB – 5. TABIIY OFATLAR, TEXNOGEN TUSDAGI OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
Ma’ruza 22. O’ZBEKISTONDA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
Reja:
1.Tabiiy ofatlarning turlari va yuz berish sabablari.
2. Geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar
TABIIY OFATLARNING TURLARI VA YuZ BERISH SABABLARI
Tabiiy ofatlar to’g’risida aholi etarli ma’lumotga ega bo’lishi uchun ularning turlariga alohida to’xtalib o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining maxsus qaroriga muvofiq tabiiy xususiyatga ega bo’lgan favqulodda vaziyatlar quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
Zilzila, er ko’chishi va er o’pirilishi.
Gidrometrologik: suv toshishi yoki bosishi, sel, qor ko’chkisi, kuchli shamollar, dovullar, jala, yomg’ir.
Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo civilizaciyasining taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan zaif bo’lib bormoqda. Tabiiy ofatlar soni esa yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda biz dunyoning ko’p hududlarida turli ko’rinishdagi avariyalar, tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi ofatlarning sodir bo’lishiga guvoh bo’lyapmiz.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog’ligini, moddiy va ma’naviy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat.
Tabiiy ofatlar sodir bo’lishi oqibatida zararlanish favqulodda vaziyatlarning quyidagi ko’rinishlarini, ya’ni buzilish, yong’in chiqishi, suv toshqini, turar joy inshootlarining ko’chki, er o’pirilishi, qor ko’chkisi, sel quyqumlari ostida qolib ketishi va h.k. bilan xarakterlanadi.
Geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar.
Geologik xavfli hodisalar.
Zilzila odamlar o’limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikaciyalari tizimlarining, uy-joylarning turli darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va insonlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Ko’chki, o’pirilish, tuproq emirilishi insonlar o’limi, xo’jaliklarga shikast etishiga, odamlarni xavfsiz joyga ko’chirilishiga sabab bo’ladi.
Gidrometeorologik xavfli hodisalar.
Qor ko’chishi, kuchli shamol (dovul), jala kabi ob-havoning keskin o’zgarishi natijasida turli dam olish maskanlariga, sayyohlar va sportchilarning jarohatlanishiga, aholi punktlariga jiddiy zarar etkazilishiga sabab bo’luvchi noxush vaziyatlar majmuasi.
Sel, suv toshqini, to’planishi oqibatida farovon hayotni izdan chiqaruvchi, aholi turar joylariga, sanoat va qishloq xo’jaligi ob’ektlariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi natijasida shoshilinch ko’chirish tadbirlari bilan tugallanadigan xavfli vaziyatlar.
Yuqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo’lish ko’lami, ya’ni ular qamrab olgan hududlarning kattaligiga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlarga bo’linadi.
Quyida geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar yuzaga keltiradigan tabiiy ofatlarning tafsilotlari va xususiyatlarini kengroq mushohada qilamiz.
Zilzila
Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga ko’ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi.
Haqiqatda zilzila davriyligi bir necha o’n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u ro’y bergan qisqa (10-15 soniya) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. SHunga qaramasdan kishilar bunday xavf ostida esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartarf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga oshiqadilar va xarobalar o’rnida yanada zamonaviyroq maskanlar barpo etadilar.
Avvalo, zilzila to’g’risida atroflicha ma’lumotga ega bo’lish uchun o’tmishdagi va hozirda bo’layotgan zilzilalarning statistik ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratsak.
Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib XXI asrga qadar 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. SHulardan 82 tasi XX asrga to’g’ri keladi. Zilzilalarning davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak, bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7-7,9 balli - 18 ta; 6-6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar ko’proq uchraydi, ya’ni 3-4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan.
-
|
| |