• Kuchli shamol, qurg’oqchilik va uning oqibatlari
  • Qurg’okchilik ofati ha m
  • Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar




    Download 3,22 Mb.
    bet109/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar.
    Gidrodinamik avariyalar-bu gidrotexnik ishootlar yoki ularning bir qismi izdan chiqishi va katta hududlarning boshqarib bo’lmaydigan suv massasi ostida qolishi bilan bog’liq favqulodda hodisadir.
    Gidrotexnik inshootlarning buzilishi tabiat kuchlarining harakati (zilzila, dovul, to’g’onlarning yuvib ketilishi) yoki inson ta’siri (terrorizm), shuningdek, loyhalashdagi xatolar yoki qurilishdagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.
    Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar katta talafotlar keltiradigan, aholini og’ir tahlikaga soladigan va qiska vaqt ichida shiddatli bo’ladigani suv toshqinlaridir. Toshqin - Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar bilan birga, daryolar, soylar, dengizlar, ko’llarda suv sathining keskin ko’tarilishi oqibatida yuzaga kelib, er yuzasining katta maydonlarini vaqtincha suv bosishiga aytiladi.
    O’zbekistondagi suv omborlaridagi suv hajmi kuyidagicha:

    1.

    Toshkent

    Suv ombori

    250 mln. m3

    2.

    Jizzax

    Suv ombori

    85 mln. m3

    3.

    Kattaqurg’on

    Suv ombori

    900 mln. m3

    4.

    CHorvoq

    Suv ombori

    2 mln.-m3

    5.

    Andijon

    Suv ombori

    1mlr.754 mln. M3

    6.

    CHimqurgon

    Suv ombori

    300 mln. m3

    7.

    Uchqizil

    Suv ombori

    165 mln. m3

    8.

    Karkedon

    Suv ombori

    218 mln. m3

    9.

    Kosansoy

    Suv ombori

    165 mln. m3

    10.

    Kuyimozar

    Suv ombori

    300 mln. m3

    Kuchli shamol, qurg’oqchilik va uning oqibatlari

    Kuchli shamol va insonlar hayotiga va xalq xo’jaligiga jiddiy zarar etkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning tezligi 30-90 m/s ga etadi. O’rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60 m/s ga, O’zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s tashkil etadi. Kuchli shamolni paydo bo’lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda, u aylanma (voronka) harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bo’lishi, inshoatlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon etishi, elektr-telefon tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. SHuningdek, kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo’llardan adashadilar, simyog’ochlar, daraxtlar ag’anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar turli darajada jarohat oladilar.


    SHuning uchun bunday favqulodda holatda odamlar engil, baland qurilgan imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog’ochlardan, ko’priklardan uzoqrok joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlovchi omil - bu himoya inshoatlari (metro, er osti yo’lkalari, uylarning erto’lalari va boshqalar) hisoblanadi.
    Qurg’okchilik ofati ham O’zbekistonga xos bo’lib, ilgari bunga deyarli e’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan noto’g’ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda kuzatilmoqda.
    Qurg’oqchilikda odamlarni o’limi, daraxtlarning, ekinzorlarning qurishi, kuchli yong’inlarning chiqishi va turli xil kasalliklarning tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Ta’kidlash joizki O’zbekistonda qurg’oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog’liqdir.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrotexnika inshootlarida yuz beradigan favqulodda vaziyatlar

    Download 3,22 Mb.