• Zilzilagacha: 1. Seysmik bardoshli inshootlarni loyihalashtirish .
  • Er ko’chishi
  • Hozirgi zamon ko’chkilarining halokatli oqibati
  • t/r Odamlar nobud bo’lish darajasi




    Download 3,22 Mb.
    bet108/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    t/r




    Odamlar nobud bo’lish darajasi

    Tirik qolish

    Nobud bo’lish

    1

    1-kun

    93%

    7%

    2

    2-kun

    81%

    19%

    3

    3-kun

    33%

    67%

    4

    4-kun

    19%

    81%

    5

    5-kun

    7%

    93%

    6

    6-kun

    2%

    98%

    Zilzila talafotlarini kamaytirishda yana nimalarga e’tibor berish lozim?
    Zilzilagacha:
    1. Seysmik bardoshli inshootlarni loyihalashtirish. Binolarni zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalashtirish shart.
    2. Mavjud inshootlarni mustahkamlash. Eski va zaif inshootlarda buzilish xavfining oldini olish uchun mustahkamlash ishlari olib borilishi shart.
    3. Qurilish qoidalari va me’yorlarn. Insonlar xavfsizligini ta’minlovchi puxta o’ylangan me’yorlar ishlab chiqilishi va amal qilinshpi shart.
    4. Hududlarni seysmik rayonlashtirish va erdan foydalanishni rejalashtirish. Seysmik xavfning manbai bo’lgan, er uzilmalari, ko’chki tarqalgan maydonlarda qurilish ishlari bo’lmasligi qat’iy ma’n etilishi lozim.
    5. Tabiiy ofatga tayyorgarlik. Qutqaruv xizmati tayyorgarligi kuchaytirilishi va xavf yuzaga kelgan paytda harakat qilish rejalari ishlab chiqilishi lozim.
    6. Aholiga ta’lim berish va mashq qildirish. Insonlar zilzila haqida ma’lumotga ega bo’lishlari va doimo tayyorgarlik choralarini ko’rib qo’yishlari shart.
    7. Sug’urta qilish. Sug’urta tizimi zilziladan talafot ko’rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
    8. Oldindan aytish va ogohlantirish. Aloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma’lumot asosida aholi dastlabki tayyorgarlikni zudlik bilan amalga oshirishi kerak.
    Er ko’chishi
    Respublikamizning tog’li, tog’ oldi, daryo bo’ylari zonalarida yashaydigan aholi va iqtisodiyot ob’ektlariga katta xavf tug’diradigan tabiiy ofatlardan biri er ko’chishi-surilmadir.
    Respublikamiz hududida yuzaga kelayotgan er ko’chkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bog’liqdir. SHu sababli bu jarayon mavsumiy xususiyatta ega, ya’ni atmosfera yog’inlari qanchalik ko’p bo’lsa, er ko’chishi xavfi shunchalik yuqori bo’ladi.
    Er ko’chishi - er yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitaciya kuchi ta’sirida surilishi, siljishiga aytiladi.


    Hozirgi zamon ko’chkilarining halokatli oqibati:
    - kisqa vaqt mobaynida ommaviy tus olishi;
    - ko’chki ro’y bergan maydondagi aholi punkti va unumdor erlarning yo’q qilib tashlanishi;
    - yonbag’irlarda yo’llar, kanallar va boshqa inshootlar qurilishidagi texnogen ta’sirning ortib borishi bilan namoyon bo’ladi.
    Quyida ayrim ko’chkilarning halokatli ko’rsatkichlarini keltiramiz:
    CHaulisoy ko’chkisi -1960 yil 30 aprelь, 30 kishi halok bo’lgan, umumiy massa 200 ming m3., Xojikent ko’chkisi -1961 yil, 12 kishi halok bo’lgan, umumiy massa 1000 m3., Jigariston ko’chkisi -1991 yil 4 may, 56 kishi halok bo’lgan, umumiy massa 176 ming m3., Oqtosh ko’chkisi -1993 yil 11 mart, 5 kishi, umumiy massa 80 ming m3., Qoraqishloq ko’chkisi - 1994 yil 29 mart, 3 kishi, umumiy massa 400 ming m3. 1993-99 yillar mobaynida 92 xo’jalik jiddiy zarar ko’rgan, shu jumladan Qashkadaryoda - 47, Samarqandda - 10, Toshkentda - 18 va Surxondaryoda 17. Ko’chkilarning shunchalik halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda O’zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muxandis-geologik Davlat kuzatuv xizmati tashkil etilgan.
    Sel
    Sel - suvning mexanik faoliyagidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo’lib, turli omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va boshq.) o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o’rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki sodir bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan joylarni sel o’chog’i deb yuritaladi. Sel o’chog’i paydo bo’lishining asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog’ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi okibatida daryo o’zanlaridagi suv miqdori keskin ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag’al, dag’al bo’lakli jinspar) oqim paqdo bo’lib, ko’pgana qo’poruvchilik ishlari amalga oshiriladi. SHu sababga ko’ra sellar ikki guruhga bo’linadi: gdyacial - muzlik va qorlarning jadal erishi va jatt - ko’p miqdorda yomg’ir yog’ishi natijasida paydo bo’ladi.
    Sel oqimlari harakat xususiyati bo’yicha turbulent va strukturali turlariga bo’linadi.
    Turbulent sellar o’zan bo’ylab, daryo va soylardagi suv miqdori ortib ketishi natijasida oqim harakati qonuniga muvofiq vodiy yo’nalishi bo’yicha bo’ladi.
    Strukturali sellar maydon bo’ylab, turli tosh bo’laklarining butun yonbag’ir bo’yicha yoppasiga bostirib kelishi natijasida bo’ladi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    t/r Odamlar nobud bo’lish darajasi

    Download 3,22 Mb.