• Ma’ruza 23. Epizootik, epifatotik va epidemiologik favqulotda vaziyatlar .
  • t/r Yong’in chiqish sabablari




    Download 3,22 Mb.
    bet111/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    t/r

    Yong’in chiqish sabablari

    Nisbat (%)

    1

    CHekish, yonuvchi moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritishda foydalanish oqibatida

    26

    2

    Bolalarning o’t bilan o’ynashi oqibatida

    14

    3

    Elektr jihozlarini qoidalarini qo’pol ravishda buzish oqibatida

    13,5

    4

    Pechka va tutun quvurlarini noto’g’ri o’rnatish natijasida

    8,5

    5

    Payvandlash ishlarida yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida

    2,3

    6

    Texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarni buzish oqibatida

    1,2

    Yong’in bilan kurash muvaffaqiyatli o’tish har bir kishining yong’inda harakat qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog’lik.


    Har bir ob’ektning xususiyatiga ko’ra yong’inga qarshi o’ziga xos rejim o’rnatiladi:
    -ob’ektlarga olib chiqadigan yo’llar tartibliligi;
    -materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari;
    -ochiq olovni ishlatish qoidalari;
    -ob’ektga transportni kirish-chiqishi;
    -yong’inga qarshi asbob-uskunalarning etarliligi;


    Ma’ruza 23.
    Epizootik, epifatotik va epidemiologik favqulotda vaziyatlar.
    Reja:

    1. Epizootik va epifatotak vaziyatlardan muhofaza qiliishni tashkil etish va ularning turlari.

    2. Biologik qurollarning turlari va ular haqida ma’lumot.

    3. Zararsizlantirish turlari. Dezaktivaciya, degazaciya,dezinfekciya.

    Tayanch so’zlar:


    Epizootiya, panzootiya, enzootiya, dezaktivaciya, degazaciya,dezinfekciya, biologik terrorizm, vabo, quturish, o’lat, sibir yarasi (kuydirgi), vabo, tulyaremiya, sapa, zoman, zarin, iprit.
    Hayvonlar yuqumli kasalliklarning tarqalishi epizootiya, panzootiya,va enzootiya shaklida yuz beradi.
    Epizootiya - aniq bir hududda bir yoki ko’p turdagi qishloq xo’jalik hayvonlari o’rtasida kasallikning odatda ushbu hududda qayd kinadigan darajasidan anchagina kattaga bo’lgan darajada vaqt va fazoda bir vaqtda rivojlanadigan yuqumli kasallikning tarqalishi.
    Panzootiya - qishloq xo’jaligi hayvonlari yuqumli kasalligining katta hududda butun bir mintaqa, bir necha mamlakat va materiklarni qamrab olgan holda bir vaqtda ommaviy tarqalishi.
    Enzootiya - tabiiy vy xo’jalik iqtisodiy sharoitlari kasallikning hamma yoqqa tarqalishiga yo’l ko’rmaydigan aniq bir joy, xo’jalik yoki aholi yashash joylarida qishloq xo’jalik hayvonlari o’rtasida bir vaqtda tarkalishi.
    Hayvonlarning barcha yuqumli kasalliklari 5 guruhga bo’linadi:
    1-guruh. - alimentar nfekciyalar. Tupqoq, em, suv orqali o’tadi. Ovqat xazm qilish tizimi zararlanadi. Bunday infekciyalarga kuydirgi, oqsim, manqa, brucellez kiradi.
    2-guruh - respirator infekciyalar. Nafas olish yo’llari shilliq; pardalari va o’pkaning zararlanishi. Infekciya asosan havo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Ushbu kasalliklarga paragripp, ekzotik zotiljam, qo’y va echki chechagi, go’shtxo’r hayvonlar vabosi kiradi.
    3-gurux - transmissiv infekciyalar. Qon so’ruvchi bo’g’imroyoqlilar yordamida o’gadi. Qo’zg’atuvchilari doimo yoki alohida davrlarda qonda bo’ladi, |Bu kasalliklarga encefalomielit, tulyaremiya, otlarning yuqumli anemiyasi taalluqlidir.
    4-guruh - ko’zg’atuvchilari teri orqali vositachiyaar ishtirokisiz o’tadigan infekciyalar. Qoqshol, quturish, sigir chechagi ushbu kasalliklar sirasiga kiradi.
    5-guruh - aniqlanmagan yo’l bilan zararlaydigan infekciyalar.
    O’ta xavfli kasallilar epizootiyasining shakllanish manbalari sel oqimlari, suv toshqinlari, davlat veterinariya xizmati bilan kelishmay turib er ishlarini olib borish, chetdan olib kiriladigan hayvonlar, oziq-avkat mahsulotlari, em va boshqa vositalar, chetdan uchib keluvchi yovvoyi parrandalar to’planadigan joylar, o’ta xavfli kasalliklar o’choqlari mavjud joylarda kemiruvchilar va hasharotlar sonining ortishi va biologik terrorizm bo’lishi mumkin.
    Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklariga misollar:
    Oqsim — juft tuyoqli uy va yovvoyi hayvonlarning virusli kasalligi, Kasallik hayvonlar orasida enzootiya, epizootiya va panzootiya holida tarqalib, qisqa muddat ichida bir necha hududlarga tarqalish xususiyatiga ega.
    CHo’chqalarning klassik vabosi - virusli kasallik. U bilan faqat uy va yovvoyi cho’chqalar kasallanada. Infekciya manbalari - kasallangan va kasal bo’lib o’tgan cho’chqalar. Vabo yilning ixtiyoriy vaqtada, ko’proq kuzda uchraydi, Davolash usullari ishlab chiqilmagan. SHu sababli kasallangan hayvon zudlik bilan o’ldirib, yoqib yuboriladi.
    Yuqumli gepatat - it va boshqa go’shtxo’r (tulki, bo’ri)larning virusli kasalligi. Bezgak, shilliq pardalarning shamollashi va jigarning zararlanishi bilan tavsiflanadi.
    Qora oqsoq (brucellez) — uy va ayrim yovvoyi hayvonlarning yuqumli kasalligi. Odam uchun xavfli. It va mushuklar brucella (melitenzis, abortas, ovis va boshq.)ning ixtayoriy turidan zararlanshni mumkin. Hayvonlar kasal Sigir, qo’y, cho’chqalarning go’shti va sutini ysteьmol qilganda yuz beradi.
    Qoqshol - hayvonlarning ko’plab turlari va odamda uchraydigan yarali bakteriyali kasallik. Mushaklarning spazmatik qisqarshii bilan namoyon bo’ladi.
    Manqa kasalligi - sap. Ushbu zoonoz kasallikni manqa tayoqchasi qo’zg’atadi. Manqaning o’tkir va surunkali xillari bor. U eshak, tuya, zebra va yirtqich hayvonlarda uchraydi.
    Quturish - xayvonlarning ko’plab turlari, ayniqsa it, tulki va boshqalarning o’tkir virusli kasalligi. Markaziy nerv tizimiiing og’ir zararlanishi bilan tavsiflanada va inson uchun o’ta xavfli hisoblanada. Hayvon tishlab olganda, shuningdek hayvon so’lagining boshqa hayvonlar va odam organizmiga tushishidan yuqadi. Odamlarda quturish kasalligi itlarning tishlashi natijasida kelib chikzishini birinchi marta Aristotelь aniqnagan.
    Bundan, tashqari hayvonlar sil, salьmonellez, kolibakterioz, kalmaraz (parsha) va boshqa kasalliklar bilan og’riydi. Hayvonlarda bit, burga kabi parazit hasharotlar ham uchraydi.
    O’simliklar kasalligi - fitopatogen yoki muhitning noxush sharoitlari ta’sirida o’simliklar hosildorligining pasayshiga yoki nobud bo’lishiga olib keluvchi hujayralar, o’simlik organlari va butun o’simlikdagi meьyordagi moddalar almashnnuvining buzilishi.
    Zararkunanda - qishloq xo’jaligi o’simliklariga va ularning hosiliga zarar etkazadigan jonivorlar va hasharotlar.
    Epizootik favkuloda vaziyatlarning ayrimlari (manqa, qush grippi, kuydirsh) davolash choralarining mavjud emasligi sababli profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish zarur.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128




    Download 3,22 Mb.