|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 114/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниDegazaciya.
Turg’un zaharli moddalar (zoman, zarin, iprit va boshqalar) bilan zararlangan har xil ob’ektlar kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanik usullarda degazaciya qilinadi. Kimyoviy usulda degazaciya qilinganda zararlangan ob’ekt degazaciyalovchi modlalar eritmasi bilan tozalanadi, bunda u zaharlovchi modda bilan kimyoviy reakciyaga kirishib, ZM ximiyaviy neytrallanadi. Degazaciyaning fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish, bug’lantirish, faollashtirish ko’mir bilan adsorbciya qilish (masalan, suvni filьtrlash), zararlangan yumshoq narsalarni 2% li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat.
Yozgi issiq kunlarda degazaciya qilinishi kerak bo’lgan har xil predmetlardagi ZM shamolda ko’tarilib ketishi va bug’lanishi uchun ularni arqonlarga osish kerak. Degazaciyaning mexanik usuli tuproq, oziq-ovqat va em -xashakning zararlangan qismini olib tashlashdan iborat bo’ladi.
Degazaciyalovchi moddalar va eritmalar. Degazaciyalovchi eritma №1-u geksaxlormelamning 5% li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10% li eritmasi. Iprit va V-gazlar bilan zararlangan predmetlarni degazaciya qilish uchun ishlatiladi: Bu eritma odam uchun zaharli; odamning ichiga tushganida o’lim bilan tugaydigan zaharlanishiga olib keladi, teriga tushganida va uzoq muddat nafas olinganida odamni zararlantiradi. SHuningdek, u metallarni zanglatadi.
Degazaciyalovchi eritma №2 natriy ishqori (2%),
monoetanolamin (5%) va suvdagi ammiak (20%) eritmalarining
aralashmasi. Zamon-zarinni degazaciya qilish maqsadida va metall
asboblar zanglashining oldini olish maqsadida №1 eritmadan keyin
ishlatiladi. SHuningdek, №2 (ammiak-ishqorsiz) eritma xam
ishlatiladi.
DTS- GK (kalьciy gipoxlorit tuzi) xlor xidiga ega bo’lgan oq kukun. V- gazlar va iprit bilan zararlangan joylarni, predmetlarni degazaciya qilish uchun suvdagi 1 -1,5% li eritmasi yoki suspenziyasi ishlatiladi.
Xlorli oxak -yirik yog’och va metall predmetlarni degazaciya qilish uchun suspenziya shaklida 1:10 (bir qism xlorli oxakka 10 kism suv) nisbatidagi eritma holida ishlatiladi.
Xloramin-iprit va V-gazlar bilan zararlangan har xil ob’ektlarni degazaciya qilish uchun 1% li suv - spirt eritmasi shaklida ishlatiladi.
Zararlangan ob’ektlarni degazaciya qilish uchun gidropulьt, avtomakslar, cho’tka, latta va suv sepib yuvuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Suvni dezaktivaciya va degazaciya qilish kamdan- kam qo’llanadi, chunki yangi suv manbai (quduq, skvajina va boshqalar) kurish engilroqdir. quyida suvni dezaktivaciya kilish usullarining ba’zilari bilan tanishamiz.
Ionlanish smolalari (kationit va anionit) orqali suvni filьtrlash. Bular suvni hatto erigan holatdagi moddalardan ham tozalaydi. Qatlami qalin va har qaysi ionit qatlamining qalinligi 40-50 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Filьtrlash qo’l nasoslari yordamida yoki mexanizaciyalashtirish avto ilьtracion stanciyalarda amalga oshiriladi.
Suvdagi sho’rni maxsus tozalaydigan apparatlardan (avtomashinalarda joylashgan ko’chma yoki stacionar) foydalanib suvni haydash.Suvni tindirish va keyin tuzima ko’mir filьtrlar, bir qatlam qum va boshqa materiallar orqali filьtrlash- bu usul unchalik foydali emas.
FZM va ipritdan suvni degazaciya kilish uchun ion almashinish smolalari yoki faollashtirilgan ko’mir (karboferrogelь) orqali filьtrlab, keyin qaynatish zarur.
Suvni dezaktivaciya va degazaciya qilgandan keyin albatta undan namuna olib, sanepidstanciya laboratoriyalariga ekspertiza uchun jo’natiladi. quduqlarni RM va 3 m dan zararsizlantirish uchun avvalo uning atrofidagi territoriya tozalanadi. Keyin undan 5- 10 m uzoqlikda suv yig’adigan chuqurga quduq suvi oqiziladi va quduq tagida zaharlangan tuproq olib tashlanadi. quduqda yangidan yig’ilgan suv va dezaktivaciya yoki degazaciyalovchi eritmalar bilan quduq devorlari yaxshilab yuviladi, suv yangidan oqiziladi, shundan keyin quduq suvini tekshirib ko’rib, iste’mol qilishga ruxsat berish mumkin.
Oziq-ovqatni dezaktivaciya va degazaciya qilish, ular saqlanadigan idishlarning turiga bog’lik. Agar oziq-ovqatning ozgina miqdori RM va ZM bilan zaxarlangan bo’lsa, ularni chuqurga ko’mib, ustidan xlorli ohak sepiladi. Ko’p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxarlangan bo’lsa, dezaktivaciya qilingan maxsus maydoncha tashkil etiladi, eng oldin u zararsizlantiriladi, keyin toza va iflos qismlarga bo’linadi. SHundan keyin oziq-ovqat uchga bo’linadi: sinchiklab tozalash yoki yo’qotish kerak bo’lgan yoki RM ning o’z-o’zidan tarqalishi yoki ZM ning aynishi va bug’lanishigacha koncervaciya qilish kerak bo’lgan aniq va kuchli zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (koplarning tashki katlami, yashiklar, sabzavotlar).
Sinchiklab tozalash kerak bo’lgan, zaxarlanishga shubha tug’diradigan yoki kuchsiz zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlari (qoplarning ikkinchi qatori, yashik va boshqalar).
Tekshirilgandan keyin iste’mol qilish mumkin bo’lgan zaxarlanmagan, pastki qatlamlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari.
Agar oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda (konserva bankalari, refrijitorlarda) saqlangan bo’lsa, idishlarni o’ziga xos eritma bilan dezaktivaciya va degazaciya qilish kifoya.
Oziq-ovqat mahsulotlari dezaktivaciya qilingandan keyin ham sanepidstanciya laboratoriyalarida ekspertizadan o’tkaziladi. Zaxarlangan oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivaciya va degazaciya qilishning ba’zi bir usullari quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Qattiq yog’lar va saryog’
|
Zaharlangan qatlamni
1-2 sm chuqurlikda kesib tashlash
|
Zaharlangan qatlamini 10—15 sm chuqurlikda kesib tashlash va termik ishlov berish
|
Suyuq o’simlik yog’lari
|
Butunlay yo’qotish yoki observaciyalash
|
Termik ishlov berish, kuchli zaxarlanganda texnikada ishlatish
|
Non
|
Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash
|
Zaxarlangan qatlamini kesib tashlash, quritish
|
Tirik mollar
|
Mollarni suv yoki SF —2 eritmasi bilan dezaktiva kilish. Ichki organlarini yo’qotib go’shti zaxarlanmaganli gini tekshirish
|
Terini degazaciyalov chi eritmalar bilan ishlov berish. Mol so’yilgandan keyin ichki orgonlarini yo’qotib tashlash
|
Dezinfekciya mikroblarni zararsizlantirish, epidemik jarayonlarning ikkinchi zvenosiga ta’sir etishga qaratilagi. Bu tadbir tufayli mikrobning tashqi muhitda tashqari yo’llariga chek qo’yiladi. Yuqumli kasalliklar tarqalishida rolь uynaydigan bug’imoyoklilar (pashsha, chivin, burga, kana va boshqalar)ni kirish tadbirlari dezinfekciya deyiladi. Ayrim yuqumli kasalliklarda kemiruvchilar sichqon, kalamush, yumronqoziq va boshqalar) infekciya manbai hisoblanadi. Ularni qirish deratizaciya deyiladi.
Dezinfekciyaning fizik va kimyoviy usullari bor: fizik usullar dezinfekciyaning oddiy va keng qo’llaniladigai usullaridan hisoblanadi. Tabiiy sharoitda quyosh nuri, ayniqsa, uning ulьtrabinafsha nurlari bilan dezinfekciyalanadi. Axlat, chiqindi va boshqalarni yoqib yuborish ham dezinfekciyaning fizik usullaridan hisoblanadi. SHuningdek, ich kiyim- kechagi, ko’rpa-to’shagini va laboratoriya asboblarini dezinfekciyalashda issiq havo kameralaridan ham foydalaniladi. Qaynatish ham dezinfekciyaning ishonchli va oddiy usullaridan biri hisoblanadi. Ko’pgina mikroblar 100 °S da nobud bo’ladi. Spora hosil qiladigan mikroblar ana shu tempraturada 10—15 minutda nobud bo’ladi. qaynagan suvga ishqoriy tuzlar va sovun qo’shilsa, uning dezinfekciyalovchi ta’siri kuchayadi.
|
| |