|
Zararsizlantirish turlari. Dezaktivaciya, degazaciya,dezinfekciya
|
bet | 113/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниZararsizlantirish turlari. Dezaktivaciya, degazaciya,dezinfekciya.
Zararsizlantirish turlari.
Zararlanish turiga qarab, zaharsizlantirish har xil bo’ladi: dezaktivizaciya; degazaciya; dezinfekciya.
Zararlangan ob’ektlardan radiaktiv moddalarni yo’qotish dezaktivaciya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlarni zararsizlantirish yoki ximiyaviy neytrallash va ulardagi zaharlovchi moddalarni yo’qotish degazaciya deyiladi.
Zararlangan ob’ektlardan kasallik ko’zg’atuvchi mikroblarni va ularning toksinlarini yo’qotish dezinfekciya deyiladi. Ba’zan dezinsekciya qilib, zararli hasharotlarni, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi pashsha, chivin, kana, iskabtopar bit va boshqalar yo’qotiladi.
Deratizaciya- yo’li bilan qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’ladigan kemiruvchi hayvonlar (kalamush, sichqon, yumronkoziq, qo’shoyoq va boshqalar) yo’qotiladi.
Zararsizlantirish chora-chadbirlari (dezaktivaciya, degazaciya,, dezinfekciya) faqat odamlar borishi mumkin bo’lgan ob’ektlarda amalga oshiriladi. Qolgan territoriyalar o’z-o’zidan zararsizlanadi: radioaktiv moddalar o’z-o’zidan parchalanadi va radiaciya darajasi pasayadi; zaharlovchi moddalarga bo’linadi; quyosh nuri ta’sirida mikroblar nobud bo’ladi va x.k.
Radioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar, bakteriologik vositalar bilan zaharlanganda qo’llaniladigan zararsizlantirish usullari va ishlatiladigan vositalar.
Dezaktivaciya- ikki xil: mexanik va fizik-kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Ob’ektlarning ustki qismidagi radiaktiv changni surish, qoqish, suv oqimi bilan yuvish, ho’llangan latta bilan artish dezaktivaciya qilishning mexanik usuli hisoblanadi. Fizik-kimyoviy usul kuchli yuvish xususiyatiga ega bo’lgan dezaktivaciya qiluvchi eritmalardan foydalanishga asoslangan. SHunday moddalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: juda maydalangan oq yoki to’q sariq rangdagi (sulьfanal tipidagi) SF-2 yoki CHF-2U poroshogi, u suvda yaxshi eriydi. 0,15% va 0,3% li eritmasi ishlatiladi. Quyuq yopishqoq suyuqlik yoki och jigar rang pasta xolidagi OP-7 yoki OP-10 yuvuvchi moddalar (emulьgatorlar). Ular suvda yaxshi eriydi, 0,3% li eritmasi ishlatiladi. Har xil yuvuvchi vositalardan "Don", "Era", "Lotos", "Ekstra", "Novostь", "Progress" va boshqalar sovun-soda eritmalaridan foydalanish mumkin. Zararlangan predmetlar uchiga cho’tka o’rnatilgan bradsboyt purkagichlar yordamida, gidropulьt, avtomaks, kul purkagichi, maxsus mashinalar, cho’tka bilan yuviladi yoki shu eritmalar shimdirilgan latta bilan artib tozalanadi. Kiyim va boshqa engil narsalar qoqib, cho’tka yoki chang surgich (pilesos) bilan tozalab dezaktivaciya qilinadi. Metall, yog’och, shisha, rezina predmetlar suv bilan yoki dezaktivaciya qiluvchi eritmalar yordamida yuvish yo’li bilan dezaktivaciya qilinadi. Asfalьtlangan ko’chalar, xovlilar mashinada va qo’lda supurish so’ngra suv sepuvchi mashinada va shlang bilan yuvib dezaktivaciyalanadi. Tuproqli erlarni dezaktivaciya qilish erning ustki qatlamini 5 -7 sm chuqurlikda bulьdozer, greyder yoki belkurak bilan yurish, chopiq qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Qishda kor (6-10 sm) qo’lda yoki qor tozalovchi mashinada olib tashlanadi. Binoning tashqi qismi shlangda suv bilan yuviladi yoki supuriladi, Avtomobillar suv bilang dezaktivaciyalovchi eritma bilan yuviladi, yog’li joylar benzin bilan artiladi. Zaharli moddalar bilan zararlangan oziq-ovqat va suv, agar ulardan foydalanish ko’zda tutilsa, juda yaxshilab dezaktivaciya qilinadi, Agar oziq- ovqat germetik idishda saqlangan bo’lsa, idish suv bilan yoki dezaktivaciyalovchi eritma bilan dezaktivaciya qilinadi. Ustki qismini (zararlangan qismini) olib tashlash yoki suv bilan yuvib tashlash orqali dezaktivaciya qilinadi. Suvni dezaktivaciya qilish, tindirish yoki maxsus filьtrlovchi yordamida filьtrlash orqali amalga oshiriladi. Dezaktivaciya qilingandan so’ng radiaktiv moddalar yo’l qo’yish mumkin bo’lgan darajagacha yo’qotilganiga ishonch hosil qilish uchun, albatta dozimetrik nazorat o’tkaziladi.
|
| |