|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 115/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниSuv bug’i. To’yingan suv bug’i juda kuchli dezinfekciyalovchi ta’sir ko’rsatadi. Uning ta’siri 2 elementdan: namlik va yuqori tempraturada iborat. Avtoklav deb ataladigan apparatlar ana shu tamoyilga asoslanagan. Ularda 1,5 atm bosim hosil qilib, bug’ tempraturasini 120° S gacha ko’tarish mumkin. Xirurgik asboblar va bog’lanish materiallari, odatda, avtoklavda sterillanadi.
Dezinfekciyaning kimyoviy usullari amalda keng qo’llaniladi. Bunda, ayniqsa, xlorli ohak, floromin, fenol, lizol, formalin ko’p ishlatiladi. Xlor tutuvchi preparatlarning qo’llanishi ular tarkibidagi faol xlor ta’siriga bog’lik. Ular 2,3 %li eritma holida ichak infekciyalarida bemor chiqindilarining, pol va idish- tovoqlarni dezinfekciyalashda ishaltiladi.
Dezinfekciya o’tkazilish: vaqtiga qarab uch turga: profilaktik; joriy va yakunlovchi dezinfekciyaga bo’linadi.
Profilaktik dezinfekciya jamoat joylarida (hammom, xojatxona va boshqalar) kasallik yuqishining oldini olish maqsadida o’tkaziladi. Vodoprod suvini xlorlash, xirurgik asboblarini sterillash xam profilaktik dezinfekciyaning bir turidir.
Bemordan ajralgan chiqindilarni o’z vaqtida zararsizlantirib turish joriy dezenfekciya hisoblanadi. U uyda (bemor kasalxonaga jo’natilguncha) va kasalxonada har kuni amalga oshiriladi. Bemor foydalangan idish asbob, shuningdek, binobarin xam muntazam dizenfekciyalab turiladi.
Yakunlovchi dizenfekciya bemor uyda (uni kasalxonaga jo’natgandan so’ng) va kasalxonada bemor tuzalib chiqib ketgandan keyin o’tkaziladi va o’rin ko’rpasi kameralarda dezinfekciyalanadi.
Dizenfekciya. Dezinfekciya maqsadlarida fizik vositalardan tashqari, qator kimyoviy vositalar: DDT; geksaxloran; xlorofos; dixlorofos va boshqalar ham ishlatiladi.
DDT sof xolda hidsiz, suvda erimaydigan oq kristall kukun. Kerosin va skipidarda eriydi. Bit, burga, chivin, pashsha kabi hashoratlarni qirish uchun ishlatiladi.
Geksaxloran o’tkir qo’lansa hidli, kul rang kristall modda. DDT kabi organik suyuqliklarda eriydi va u qo’llaniladigan hollarda ishlatiladi.
Xlorofos kristall modda bo’lib, suvdagi eritmalari va aerozli pashsha va boshqa hashoratlarga qarshi samarali qo’llaniladi.
Deratizaciya. Kemiruvchilarni qirish uchun deratizaciyanish mexanik, kimyoviy va biologik vositalardan foydalaniladi. Mexanik vositalar sifatida tuzoq, qopqon va to’r qo’llaniladi. Kimyoviy vositalardan kristall, rux fosfid va zookumarin ko’p ishlatiladi. Ular kukun holida chiqariladi. Deratizaciyaning biologik usuli kemiruvchilarda sun’iy ravishda salmonellyoz kasalligini yuqtirib, ularni qirib yuborishdan iborat.
Zararsizlantirish ishlarini olib borishda qo’laniladigan xavfsizlik choralari.
Ish vaqtida zararsizlantiruvchi vosita va materiallarni ehtiyotlik bilan ishlatish zarur. Faol eritmalar va bo’tqalarni maxsus jihozlangan maydonchalarda tayyorlash tavsiya qilinadi. Qul bilan ishlatiladigan predmetlar oldindan zararsizlantiriladi, ishlatib bo’lingan tayoqcha latta va boshqa materiallar chuqurga ko’mib tashlanadi. Zararsizlantirish ishlarini bajarayotganda shaxsiy himoya vositalarini echish, bog’lash, zararlangan buyumlar ustiga yotish o’tirish yoki ularga tegib ketish, ovqat eyish, suv ichish, chekish va ish joyida dam olish man etiladi. Bu ishlarning hammasini maxsus ajratilgan joylarda qilinadi.
Zararsizlantirish ishlarini bajarish vaqtida texnikadan ehtiyotkorlik bilan foydalanish har xil avariyalarning oldini olish garovidir.
|
| |