• Avtotransport avariya va halokatlar
  • Metropoliten stanciyalarida ehtimoli bo’lgan favqulodda vaziyatlar
  • Temir yo’l avariya va halokatlari




    Download 3,22 Mb.
    bet110/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Temir yo’l avariya va halokatlari.
    Temir yo’ldagi avariyalar-tabiiy ofatlar natijasida, shuningdek texnika ekspulataciyasi, texnologik jarayonlar, sifatsiz mexanik ta’mirlanishi, ayrim shaxslarning intizomsizligi va nazorat yo’qligi oqibatida vujudga kelishi mumkin. Ular ham o’z navbatida katta vayronalarga, yong’in kelib chiqishiga, portlashlarga, KTZM bilan zararlanishlarga, poezdlar va temir yo’llarning buzilishiga, odamlarning halok bo’lishiga olib kelishi mumkin.
    O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O’zbekiston temir yo’llari” davlat akciyadorlik kompaniyasiga “Temir yo’l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog’ida portlovchi, yong’in xavfi bo’lgan yuklar va KTZM xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish” vazifalari yuklatiladi.
    Avtotransport avariya va halokatlar (shu jumladan, yo’l transporti hodisalari).
    Transportdagi fuqarolarning halok bo’lishiga, portlash va yong’inlarni chiqishiga olib keladi. Agarda yuk tashuvchi avtotransportlarda avariya holati sodir etilganida, turli neft, portlovchi modda yoki zaharlovchi moldalarning avariya sodir etilgan joylarda tarqalishiga hamda ushbu hududdagi aholining nobud bo’lishiga, zaharlanishiga, bino va inshootlarning buzilishiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risidagi Vazirlar Maqkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga “Yo’l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish” vazifasi yuklatiladi.
    Metropoliten stanciyalarida ehtimoli bo’lgan favqulodda vaziyatlar.
    Ko’rinishi:
    Fuqarolarning nobud bo’lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib keladi, qolaversa portlash va yong’inlar sodir etilishi mumkin. Metropoliten stanciyalari va vagonlarning buzilishiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi sanoatda konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo’mitasi”ga, “kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va “Toshmetroqurilish” ob’ektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish” ishlari yuklatiladi. Bundan tashqari “Toshmetroloyiha” instituti, “Toshkent metropoliteni boshqarmasi” ishlatilishi uchun mas’ul huquqiy shaxslardir.
    Yong’in.
    Yong’in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir necha daqiqada yo’q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.
    Yong’in uch omil havo harorati (issiqlik), yonuvchi modda (jism) va uchqun-alanganing bir paytning o’zida yuz berishi oqibatida paydo bo’ladi. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy holatda ya’ni chaqmoq, vulqon otilishi, sekin oksidlanish kabi yuz bergan yong’inlar e’tiborga olinmagan taqdirda boshqa chiqqan yong’inlarning asl sabablari quyidagi nisbatni tashkil etar ekan:


    Download 3,22 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temir yo’l avariya va halokatlari

    Download 3,22 Mb.