|
Favqulodda holatlarni oldindan bilish va bartaraf etish bo’yicha davlat sistemalari
|
bet | 94/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниFavqulodda holatlarni oldindan bilish va bartaraf etish bo’yicha davlat sistemalari
Hozirgi zamonda fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida misli ko’rilmagan darajada o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Ushbu o’zgarishlar bir tomondan ishlab chiqarishda yuqori iqtisodiy va sifat ko’rsatkichlarning rivojiga olib kelsa, ikkinchi tomondan esa inson hayoti uchun o’ta xavfli bo’lgan turli xil qirg’in qurollarini, turli xil avariyalar, katastrofalarni vujudga keltirib tabiiy ofatlar bilan bir qatorda inson hayotiga xavf tug’dirmoqda.
Insonlarning oddiy hayot tarzini o’zgarishiga va ularning sog’ligiga zarar keltiruvchi, moddiy boyliklarga talofat etkazuvchi voqea hodisalar yuz bergan holatga favqulodda vaziyatlar deyiladi.
Favqulodda vaziyatlarda ob’ektlarga turli darajada zarar etib, ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar quyidagi holatlarda yuzaga kelishi ehtimoli bor. 1.Tinchlik holatida:
a) tabiiy ofatlar natijasida;
b) ishlab chiqarishda avariya, katastrofalar yuz berganda;
v) tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklar yuzaga kelganda.
2.Urush holatida:
a) mamlakatlararo kelishmovchiliklar;
b) mamlakatlar ichidagi kelishmovchiliklar natijasida.
Z.Murakkab holatda:
yuqoridagi holatlardan bir nechasi bir-biriga bog’liq ravishda yuz berishi natijasida.
Favqulodda holatlarga insonlar hayotiga zomin bo’luvchi yoki ularga xavf soluvchi, binolarni buzuvchi, moddiy boyliklarni yo’qotuvchi katta maydonlarni egallagan yong’inlar, suv bosishi, suv toshqini, qor ko’chishi, er qimirlash, er ko’chishlari, qo’lashi, bo’ron va boshqa tabiat hodisalari kiradi.
Ishlab chiqarish avariyalari favqulodda vaziyat yoki ishlab chiqarish texnologiyalarini buzilishi, ularning xavfsiz ishlatish texnologiyalarini buzilishi natijasida sodir bo’lishi mumkin.
Katta ishlab chiqarish avariyalari favqulodda vaziyatlar sifatida odamlarni halok bo’lishiga xalq xo’jaligi moddiy boyligini yo’qolishiga, ishlab chiqarish jarayonini buzilishiga olib keladi.
Favqulodda vaziyatlar ko’p hollarda ko’tilmaganda tusatdan sodir bo’ladi va ularni to’lik oldini olish mumkin bo’lmaydi. SHu sababli bunday xavf sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hududlar aholisi unga qarshi himoya tadbirlariga va ularni asoratlarini tugatishga tayyor bo’lib turishi kerak.
Bunda asosiy kuch birinchi o’rinda favqulodda vaziyat hududidagi odamlarni qutqarishga so’ng moddiy boyliklarni asrashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Favqulodda holatlardan himoyalanishga qaratilgan tadbirlar sistemasi asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
|
| |