Texnika xavfsizligi




Download 3,22 Mb.
bet91/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

Xavflar klassifikaciyasi





Belgilar klassifikaciyasi

Ko’rinishlar (sinflar)

1.

Xavf manbalarining ko’rinishi bo’yicha

Tabiiy
Antropogen
Texnogen

2.

Hayot fazosidagi oqimlar ko’rinishi bo’yicha

Energetik
Ko’psonli
Informacion

3.

Hayot fazosidagi oqimlar o’lchami bo’yicha

Ruxsat etiladigan
Ruxsat etilgan chegarali
Xavfli, O’ta xavfli

4.

Xavfni sodir bo’lish vaqti bo’yicha

Oldindan bilish mumkin bo’lgan
Tusatdan sodir bo’ladigan

5.

Xavflarni ta’siri davomiyligi bo’yicha

Doimiy
O’zgaruvchan, davriy, qisqa muddatli

6.

Zararli ta’sir etadigan ob’ektlari bo’yicha

Insonga ta’sir etuvchi,
Tabiiy muhitga ta’sir etuvchi,
Moddiy boyliklarga ta’sir etuvchi,
Kompleks ta’sir etuvchi

7.

Xavfli ta’sirga uchragan odamlarning soni bo’yicha

SHaxsiy, Guruhli (jamoaviy),
Ko’psonli

8.

Ta’sir etish zonasining o’lchami bo’yicha

Lokal, Hududiy, Hududlararo,
Global

9.

Ta’sir etgan zonalar ko’rinishi bo’yicha

Xonada ta’sir etuvchi,
Hududlarda ta’sir etuvchi

10.

Insonlarning sezgi organlarini xavlarni farqlay olish qobiliyati bo’yicha

Seziladigan,
Sezilmaydigan

11.

Insonga zararli ta’sirini ko’rinishi bo’yicha

Zararli,
Jarohatlashga xavfli

12.

Insonga va atrof-muhitga ta’siri etish ehtimoli bo’yicha

Patencial, real, amalga oshgan



Favqulodda holatlarga olib keluvchi barcha sabablarni va ularni identifikaciyalashni puxta bilish, favqulodda holatlarni oldini olishning asosi hisoblanadi. SHu jihatdan sabablarni favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi mexanizm deb ham tushunish mumkin. SHunday qilib, ma’lum va noma’lum sabablar natijasida patencial xavf yuzaga keladi va inson uchun turli xil kungi lsiz hamda oxir oqibatlarga olib keluvchi favqulodda hodisalar (o’lim va kasallanishlar, moddiy zararlar va boshqalar) sodir bo’ladi.
Favqulodda holatlar muammosi juda keng ko’lamli bo’lib, quyida uning hayot faoliyat xavfsizligi fani bilan bog’liq bo’lgan tomonlariga to’xtalib o’tamiz.
Tabiiy ofatlar, sanoat avariyalari va transport halokatlari, urush holatida dushman tomonidan turli xil qiruvchi qurollarni ishlatilishi favqulodda holatlarni keltirib chiqaradi.
Favqulodda holatlar - ko’tilmaganda, qo’qqisdan sodir bo’luvchi, aholining hayot faoliyatiga katta salbiy ta’sir etuvchi, amalda o’rnatilgan jarayonlar turg’unligini buzilishiga, iqtisodga, ijtimoiy sohaga va tabiiy muhitga ta’sir etuvchi holat va hodisalardir.
Har qanday favqulodda holatlar o’zining fizik mohiyatiga ega bo’lib, ular bir-biridan favqulodda holatlarga olib keluvchi sabablari, turi, harakatlanuvchi kuchi, rivojlanish xarakteri, insonga va u faoliyat ko’rsatuvchi muhitga ta’sir etish xarakteri bilan farq qiladi. SHunga mos holda, favqulodda holatlar o’zining bir necha belgilari asosida tasniflanishi, sistemalashtirilishi mumkin. Ular genezis xarakteriga (favqulodda holatlarni hosil bo’lish sabablariga ko’ra), rivojlanish sur’atiga, xavfni (tarqalish tezligi) va favqulodda holatlar oqibatlari og’irligini hisobga olgan holda, zarar keltiruvchi omillarini tarqalish masshtabiga ko’ra tasniflanadi.

Download 3,22 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Download 3,22 Mb.