• Individual foydalaniladigan himoya vositalari.
  • Sun’iy erga ulagichlar
  • Tabiiy erga ulagichlar .
  • Dielektrik rezinadan ishlangan himoya buyumlari




    Download 3,22 Mb.
    bet87/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Dielektrik rezinadan ishlangan himoya buyumlari. Qishini erdan va tok o’tuvchi qismlardan izolyaciyalash uchun dielektrik rezinadan ishlangan quyidagi buyumlar: qo’lqop, boti, kalish va gilamchalardan foydalaniladi.
    Dielektrik rezinadan yasalgan oyoq kiyimi odatdagisidan loklanmaganligi bilan farq qiladi. SHuni nazarda tutish kerakki, rezina dielektrik sifatining yaxshi emasligi bilan, ayniqsa nam, yorug’lik, yuqori temperatura, moy, benzin, kislotalarning ta’siridan osongina mexanik shikastlanishi bilan farq qiladi. SHuning uchun rezinadan ishlangan himoya vositalari berk shkaf yoki yashiklarda saqlanishi kerak.
    Individual foydalaniladigan himoya vositalari. Individual himoya vositalariga ekranlovchi himoya komplektlari, himoya ko’zoynagi, qo’lqoplar, protivogazlar, saqlash kamarlari va himoya kanatlari kiradi.

    Erga ulashni normalash

    Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan, neytrali izolyaciyalangan elektr qurilmalarda erga ulash qurilmasi Rer≤4 Om qarshilikka ega bo’lishi kerak.


    Kam quvvatli ta’minlash manbalarida (100 kV ∙ A va undan kam) kupi bilan 10 Om qarshilikka ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan tarmoqlarda bir fazali erga tutashish toki, odatda 10 A dan oshmaydi. Demak, tutashish vaqtida erga ulangan jihozning korpuslaridagi kuchlanish ko’pi bilan Uep = 10 ∙ 4 = 40 V ni tashkil etadi.
    Erga ulash to’ri er sirtidan 0,5—0,7 m chuqurlikka yotqizilgan bo’ylama va ko’ndalang o’tkazgichlardan iborat (17-§ ga qarang). To’r teshiklari chekli o’lchamlarining normasi mavjud.
    Sun’iy erga ulagichlar. Erga ulagichlar sifatida vertikal burab kirgiziladigan yoki qoqiladigan elektrodlar — truba bo’laklari, diametri 12—20 mm bo’lgan po’lat sterjenlar va er sirtidan t = 0,5—0,8 m chu-qurlikda zovurlarga gorizontal yotqiziladigan o’tkazgichlar — kesimi 4×40 mm bo’lgan po’lat polosalar va sterjenlardan foydalaniladi.
    Tabiiy erga ulagichlar. Tabiiy erga ulagichlar sifatida erga yotqizilgan trubalar (yonuvchi suyuqliklar yoki gazlarning trubalaridan tashqari), metall konstrukciyalar va temir-beton konstrukciyalarning armaturalari, atrofga yotqizilgan trubalar, gidroinshootlarning metall shpuntlari, kabellarning qo’rg’oshin qobiqlaridan foydalaniladi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dielektrik rezinadan ishlangan himoya buyumlari

    Download 3,22 Mb.