|
Elektrdan himoyalash vositalarining klassifikaciyasi
|
bet | 85/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниElektrdan himoyalash vositalarining klassifikaciyasi
Himoya vosita-larining turi
|
Elektr ustanovkalarning kuchlanishi quydagicha bo’lganda ishlatiladigan himoya vositalarining nomi, V
|
1000 gacha
|
1000 dan ortiq
|
Asosiylari
|
Izolyaciyalovchi shtangalar, izolyaciyalovchi va elektr o’lchash omburlari, dielektrik qo’lqop, izolyaciyalangan dastali asbob, kuchlanish ko’rsatkichlari
|
Operativ va o’lchash-shtangalari, izolyaciyalovchi va tok o’lchash om-burlari, kuchlanish ko’rsatkichlari, remont ishlari uchun izolyaciya-langan qurilma va moslamalar: izolyaciyalovchi narvonlar, maydon-chalar, tortqilar, shchit gabaridnik-lari, gabaridniklarni o’rnatish va qismalarni mahkamlash uchun izo-lyaciyalovchi shtangalar.
|
Qo’shimchalari
|
Dielektrik kalishlar, dielek-trik rezina gilamchalar, izo-lyaciyalovchi ost qo’ymalar
|
Dielektrik qo’lqoplar va botilan, dielektrik rezina gilamchalar, izolyaciyalovchi ostqo’ymalar.
|
Elektrdan himoyalash vositalari ular mo’ljallangan kuchlanishdan ortiq bo’lmagan (shtampda ko’rsatilgan) kuchlanishda ishlaydigan elektr ustanovkalarda foydalanilishi kerak.
Elektrdan himoyalash vositalarini quruq havoda ishlatish lozim. Yomg’ir, qor yog’ayotganda, tuman, qirov tushgapda ulardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Buning uchun maxsus himoya vositalari (kuchaytirilgan izolyaciyali) bor. Sinov muddati tugagan himoya vositalarini (sinov o’tkazgan laboratoriya himoya vositasiga qo’ygan shtampda bu muddat ko’rsatilgan bo’ladi) ishlatishga ruxsat etilmaydi. Ular ishlatishga yaramaydi.
Foydalanishdan oldin himoya vositalarmning butunligi (tashqi tomonida shikastlangan joy yo’qligi) tekshiriladi.
|
| |