Texnika xavfsizligi




Download 3,22 Mb.
bet81/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

Megommetr bilan o’lchash. Izolyaciyaning qarshiligi normaga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun uni belgilangan muddatda davriy ravishda, navbatsiz (agar nuqsonlar topilsa), tarmoqni montaj yoki remont qilgandan so’ng o’lchab turiladi. Bunda har qaysi sim bilan er orasi, shuningdek, uzilgan tarmoqdagi har bir uchastkadagi istalgan ikkita sim orasi (uchastkalar ikkita yonma-yon saqlagichlar bilan ajratilgan bo’ladi), oxirgi saqlagichdan keyingi uchastka o’lchanadi. Bunda kuch zanjirlaridagi elektr priyomniklar, apparatlar, priborlar uzib qo’yiladi; yoritish zanjirlaridagi lampalar burab o’chirib qo’yiladi, shtepselь rozetkalari, viklyuchatellar va gruppaviy shchitchalar esa ulangan holda qoldiriladi.
O’lchashdan oldin tarmoqning tekshiriladigan qismida yoki tekshiriladigan jihozda hech kim ishlamayotganligiga va u barcha tomondan uzilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Kabellar, elektr mashinalar, shinalar, havo liniyalari, kondensatorlar «erga tutashtirib elektrsizlantiriladi», ya’ni qoldiq sig’im zaryadni yo’qotish uchun har qaysi fazaning tok o’tuvchi qismlariga erga tutashtirilgan sim tekkiziladi.

Kabelь simlari izolyaciyasi qarshiliklarini megometr bilan
o’lchash sxemasi: a- sim bilan er orasida, b- ikkita faza simlari orasida
Izolyaciyaning o’lchangan qarshiligining kattaligi 2-jadvalda ko’rsatilgan normadan kam bo’lmasligi kerak.
O’lchash uchun megommetrdan foydalaniladi. O’lchash chegarasi 0—100, 0—1000, 0—10000 MOm bo’lgan, 500, 1000, 2500, V kuchlanishga mo’ljallangan megommetrlar ko’p tarqalgan. Pribor quyidagi uchta klemaga ega: L (liniya), Z (er), E (ekran). Agar izolyaciya qarshiligi erga nisbatan o’lchanadigan bo’lsa, u holda L va Z klemmalar ob’ekta (masalan, simga) va erga ulagichga yoki erga ulangan qismga tutashtiriladi). Zanjirlar orasidagi izolyaciyaning qarshiligimi o’lchashda (b) ikkala klemma shu zanjirlarga ulanadi. Izolyaciyadagi sirtqi toklar ta’sirida sinash natijasi noto’g’ri ko’rsatishi mumkin bo’lgan hollarda izolyaciya ustiga E klemmaga ulangan himoya qiluvchi elektrod qo’yiladi. Tokdan shikastlanish xavfini kamaytirish uchun asbob uchlikli, izolyaciyasi kuchaytirilgan simlar bilan jihozlangan.

Download 3,22 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128




Download 3,22 Mb.