|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 79/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниIkishi = Uk / Rkishi
bu erda Uk -kishi tanasining qarshiligi natijasida kuchlanish kamayishi, V.
O’zgaruvchan tokning kishi tanasiga ta’sir etish xarakteri 1- jadvalda keltirilgan.
Bo’sag’a tok ta’siri deb, quyidagi reakciyalarni keltirib chiqaruvchi tokning eng kichik qiymatiga aytiladi: sezilarli o’zgaruvchan bo’sag’a tok—1,5—2 mA (o’zgarmas tok 5—7 mA); qo’yib yubormaydigan o’zgaruvchan bo’sag’a tok—10—15 mA (o’zgarmas tok 50—80 mA); 1 sekunddan ortiq ta’sir etadigan fibrillyaciya (o’limga olib keluvchi) o’zgaruvchan bo’sag’a tok — 100 mA (o’zgarmas tok 300 mL). Tok kuchi 5 A va undan ortiq bo’lganda nafas olish organlari tezda shikastlanadi, fibrillyaciya boshlanmaydi, og’ir kuyishga, o’limga olib keladi.
Tok kishi hayoti uchun muhim bo’lgan organlar (yurak, o’pka) yoki markaziy nerv sistema-si hujayralaridan o’tganda kishi kuchli xavfga duchor bo’ladi. Tananing eng nozik joylari (kaftning ichki tomoni, yuz, bo’yin, boldir, elka) tok keltiruvchi qismlarga tekkanda, hatto kam kuchlanish (36 V) ham o’limga olib kelishi mumkin.
Ta’sir etish davomiyligi shikastlanishta olib keluvchi asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Tokning ta’sir vaqti qancha kam (1 sekunddan kam) bo’lsa, shikastlanish ehtimoli shuncha kam bo’ladi. Tok uzok, vaqt (bir necha sekund) ta’sir etsa, og’ir oqibatga olib keladi.
Elektr toki bilan shikastlanishdan himoyalanish uning ruxsat etilgan chekli qiymati bo’yicha hisoblanadi. Elektr zanjiridan kishi mustaqil ozod bo’la oladigan tok kuchini ruxsat etilgan tok kuchi deb hisoblash kerak:
Ruxsat etilgan Ta’sir etish
chekli tok kuchi, davomiyligi,
mA s
2 10 dan ortiq,
6 10 va undan kichik
Biroq, hisobga qo’yib yuboruvchi tok asos qilib olingan hamma hollapda xam himoyalanishni texnik jihatdan amalga oshirib kichik bo’lavermaydi. SHuniig uchun qator himoya qurilmalari (erga ulagichlar va b.) o’limga olib kelmaydigan chekli tok kuchiga mo’ljallangan bo’ladi (mA):
|
| |