|
Radioaktiv nurlarni o’lchash asboblari
|
bet | 76/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниRadioaktiv nurlarni o’lchash asboblari
Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta’sir ko’rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish miqdorini bilib turish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham o’lchov asboblariga katta ahamiyat beriladi.
O’lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, scintalyaciya va fotografiya usullariga asoslangan. Ba’zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta’sirida elektr o’tkazuvchan bo’lib qolish qobiliyatiga ega. Ionizaciya usuli shunga asoslangan.
Scintilyaciya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan nurlanishlarni yutishi natijasida ko’rinadigan nurlar tarqatish xossasiga asoslangan. Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemulьsiyaga ta’sir ko’rsatishiga qarab belgilanadi.
O’lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o’lchaydigan turlarga bulinadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar va kvantlar ajratayotganini o’lchaydi.
Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar qancha energiyani uzatayotgani yoki ob’ektga tushayotganini o’lchaydi.
Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini o’lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. SHaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlatgan davridagi ma’lum vaqtlarda (masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko’p nurlanish olishi mumkin bo’lgan qismiga o’rnatiladi.
Nazorat savollari.
Ionlanuvchi, radiaktiv, elektromagnit nurlanishning odam organizmiga ta’siri.
Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanish.
Nurlanish turlari.
Nurlanish dozasi, birligi va ruxsat etilgan me’yori (REM).
Berk ionlovchi nurlanish manbalari o’rnatilgan joylarda ishlashda xavfsizlik choralari.
MAЪRUZA №18.
ISHLAB CHIQARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIK ASOSLARI
|
| |