|
I. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo’qotmaydi
|
bet | 78/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниI. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo’qotmaydi.
II. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo’qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
SH. Hushini yo’qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to’xtab qoladi.
IV. Klinik o’lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko’rinmay qoladi.
Klinik o’lim xolati - bu hayot bilan o’lim oralig’i bo’lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda xayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo’lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo’ladi, og’riq sezmaydi, ko’z qorachig’i kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so’nmagan, xujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo’ladi. SHuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo’qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o’lim holati 5—8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo’lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig’idagi hujayralar parchalanadi va klinik o’lim holati biologik o’lim xolatiga o’tadi.
Biologik o’lim — qaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to’xtashi bilan tavsiflanadi, shuningdek organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o’lim vaqti tugagandan keyin ro’y beradi. Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog’liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko’p qolib ketsa, u shuncha ko’p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta o’rin tutadi.
Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig’indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan quruq va o’lik hujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo’lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40— 5000 Om 1qarshilikka ega bo’ladi va bu holat inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan. Inson organizmi orqali oqib o’tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi. Inson organizmi orqali 50 Gc li eletr tokining 0,6—1,5 mA 01916 o’tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o’tgan tokning miqdori 10—15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o’z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo’ladi, ya’ni elektr toki bo’lgan simni ushlab turgan bo’lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko’rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.
Tok miqdori 25—50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko’krak qafasiga ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho’zilsa, unda nafas olishning to’xtab qolishi natijasida odam o’lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo’lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko’rsatadi va yurakning ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o’limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o’tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok o’tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig’ila borish natijasida asorat og’irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko’rsatishida muhim ahamiyat kasb etadi. Eng zararli tok 20—100 Gc atrofidagi eletr toki hisoblanadi. CHastotasi 20 Gc dan kichik va 100 Gc dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo’lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o’zgarmas bo’lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6—7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50—70 mA, yarim sekund davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo’lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
Elektr toki urishi - tashqaridan qaraganda muskullarning beixtiyor changak bo’lib qisqarishi bilan turli og’irlikda sodir buladi: hushini yo’qotmaydi; hushini yo’qotadi, biroq nafas olish va yurak urishi saqlanadi; hushili yo’qotadi va nafas olishi yoki yurak ishi buziladi; hushini yuqotadi va ayni vaqtda nafas olishi va yurak urishi buziladi. Ana shu barcha xrdlarda, ayniqsa tananing chap yarmi tok ta’siriga duchor bo’lganda yurakning shikastlanish xavfi tug’iladi. Yurak elektr toki ta’siriga nisbatan nozik bulib, juda oson shikastlanadi. Elektr toki bilan engil shikastlangan kishi yuragining urishi tezlashganidan, ko’krakda bosim borligidan, qo’rquv va yuragi g’ash bulayotganligidan shikoyatlanadi.
SHikastlanish juda og’ir, ammo yana qaytariladigan hollarda yurak faoliyati ritmining turlicha buzilishlari, ya’ni yurak qorinchasi qisqarishining kuchi va chastotalari tartibi o’zgarishi sodir bo’ladi. Fibrillyaciya ro’y berishi, ya’ni yurakning qisqarishini bevosita amalga oshiradigan yurak mushaklarining tolalari normal ishlamay quyishi mumkin. Bunda yurak ioturri, tartibsiz, tez-tez qisqarishi natijasida qon harakatini ta’minlay olmaydi. Qon aylanishi, to’qimalarga kislorod etkazib berish to’xtaydi. Bu esa og’ir oqibatga olib keladi. Pulьsning yo’qolishi, tananing ko’karishi, konning qotib qolishi va shishlar hosil bo’lishi fibrillyaciyaning tashqi belgilaridir.
Qon bilan ta’minlash to’xtagandan so’ng, amalda bosh miyaning qobig’i tezda ishlashdan to’xtaydi, 5—6 minutdan keyin uning hujayralari o’ladi. Boshqa organlarning ishi bir oz kechrok, (jigar va buyrak 10—20 minutdan so’ng), muskullar sistemasi 20—30 minutdan so’ng to’xtaydi. Hujayralar funkciyasining buzilishi, so’ngra kislorod etishmovchiligi sababli ular o’ladi. Agar yurak to’xtagandan so’ng 5—6 minut o’tgach, uning faoliyati tiklansa, kishi hayotini to’la tiklashga umid qilish mumkin. SHuning uchun bu davrni chala klinik o’lim deyiladi. Tok to’satdan ta’sir qilganda sog’lom kishilarda klinik o’lim taxminan 7—8 minut davom etadi. Bundan kechroq muddatda bosh miya kobig’idagi patologik o’zgarishni qaytarib bo’lmaydi, ya’ni uning qobiqlari halok bo’lib, qaytarib bo’lmaydigan biologik o’lim ro’y beradi. Bundan shikastlangan kishiga tezda birinchi yordam ko’rsatish (sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish) muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rinib turibdi. O’limni faqat vrach tasdiqlashi mumkin.
Elektrdan shikastlanishning og’irligi tokning turiga (o’zgaruvchan yoki o’zgarmas, o’zgaruvchan tokda — uning chastotasiga), tokning (yoki kuchlanishning) qiymatiga, uning tanadan o’tish davomiyligiga va tanadan o’tish yo’liga, shuningdek kishining jismoniy va psixik holatiga borliq.
Kishi uchun chastotasi 50—500 Gc bo’lgan o’zgaruvchan tok eng xavfli hisoblanadi, Bunday chastotali tokdan ko’pchilik kishilar tok kuchi juda kichik (10 mA gacha) bo’lgandagina mustaqil ozod bo’la oladilar. O’zgarmas tok ham xavflidir, biroq undan tok kuchi ancha katta (20—25 mA) bo’lganda ham mustaqil ozod bo’lish mumkin.
Kishi tanasidan o’tayotgan tok elektr ustanovkaning kuchlanishiga va tok o’tayotgan zanjirdagi barcha elementlarning qapshiligiga, shu bilan birga kishi tanasining qarshiligiga bog’liq bo’ladi. Kishi tanasining elektr qarshiligi terining hamda ichki to’qimalarning qarshiliklari yig’indisidan iborat. Qalinligi millimetrning bo’lagiga teng bo’lgan terining yuqorigi, mo’guz qismi eng katta qarshilikka ega. Agar teri quruq va shikastlanmagan bo’lsa, uning qarshiligi yuqori bo’lib, 10 V kuchlanishda taxminan 100 000 Om ni tashkil etadi. Agar kishi tanasida shikastlangan joy bo’lsa, uning qarshiligi 1000 Om gacha kamayadi, ba’zi hollarda esa undan ham kichik bo’ladi (masalan, terining tok o’tkazuvchi qismlar bilan kontaktda bo’ladigan qismi shikastlanganda).
Kishi tanasining qarshiligi chiziqsiz kattalik bo’lib, kuchlanish 10 V dan 140 V gacha oshirilganda o’n minglarcha Om dan 800- Om gacha keskin noproporcionanal kamayadi. Demak, tana orqali o’tayotgan tok ham, shikastlanish xavfi ham ortadi. Tok uzoq vaqt ta’sir etganda, tok o’tuvchi qism bilan tana katta yuzada va zich kontaktda bo’lganda, shuningdek insonning jismoniy va psixik holati qoniqarsiz bo’lganda kishi tanasining qarshiligi kamayadi. Elektr xavfsizligi bo’yicha bajariladigan hisoblarda kishi tanasining eng kichik qarshiligi R kishini 1000 Om ga teng deb qabul qilinadi.
Kishi tanasidan o’tadigan tok kuchi shartli ravishda Om qonuni bo’yicha aniqlanadi:
|
| |