• Elektr tokining termik ta’siri
  • Elektr tokining biologik ta’siri
  • Elektr belgilari
  • Plan: 1.Elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy ma’lumot




    Download 3,22 Mb.
    bet77/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Plan:
    1.Elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy ma’lumot
    2. Elektr ustanovkalar izolyaciyasini tekshirish
    3. Tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish
    4. Elektr ustanovkalardagi blokirovkalar va elektrdan himoyalash vositalari


    Elektr xavfsizligi haqida umumiy tushunchalar


    Hayotda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro’y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kiradi. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezishning imkoniyati yo’q. SHuning uchun ham eletr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhimdir.


    Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo’linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
    Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
    Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o’tmasdan, tananing ba’zi bir qismlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
    Elektr tokining biologik ta’siri - bu tirik organizm uchun xos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi hujayralar to’lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Bunda inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar holati buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funkciyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.
    Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki guruhga bo’lib qarash mumkin: -elektr ta’siri va tok urishi.
    Elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo’lishi, terining metallashib qolishi hollarini ko’rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o’tkazgichi o’rtasida volьta yoyi hosil bo’lganda sodir bo’ladi. Elektr o’tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo’lishi mumkin. Engil kuyish faqat yallig’lanish bilan chegaralanadi, o’rtacha og’irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi va og’ir kuyishda hujayra va terilar ko’mirga aylanib, og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari —bu terining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg’ish rangli 1—5 mm diametrdagi belgi paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda, erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo’lganda ro’y beradi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin bu teri ko’chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
    Tok urishi (yoki elektr urishi deb ham yuritiladi) to’rt darajaga bo’lib qaraladi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plan: 1.Elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy ma’lumot

    Download 3,22 Mb.