|
Jamoa va shaxsiy himoya vositalari
|
bet | 70/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниJamoa va shaxsiy himoya vositalari.
O’zbekiston Davlatining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonunning 13-moddasiga asosan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari, bilan ta’minlashi, saqlash, yuvish, quritish, dezinfekciyalash, dezaktivaciyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishi kerak. SHu bilan birga korxona ishchilarini maxsus korjoma, poyabzal, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq – ovqat mahsulotlari, berilishi shartdir.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab, jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo’linadi.
a) Agar ishning xavfsizligini jihoz va uskunalarning konstrukciyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash bilan ta’minlash iloji bo’lmagan taqdirda, shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.
b) SHaxsiy himoya vositalari vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi:
-ixotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyum-lar, skafandrlar);
-nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, resperator-lar, havo shlemlar, havo maskalar);
-korjomalar (kombinzonlar, yarim kombinzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, po’stinlar).
-maxsus poyafzal (etiklar, qunji kalta etiklar, botinkalar, qo’njli botinkalar, tuflilar, kalishlar, botilar);
-qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar);
-boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, beretkalar, shlyapalar);
-yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
-ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari);
-eshitish a’zolarini himoya qilish;
-ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va elkani ehtiyot qilish moslamalari);
-himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pastalar, kremlar, moylar).
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori bo’lishi, ishlatishda qulay bo’lishi, bajarilayotgan ish turiga mos bo’lishi kerak. SHu ish uchun mo’ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo’lmagan, shaxsiy himoya vositalarini qo’llash taqiqlanadi.
|
| |