• Yoritilganlik, 1 lyuks Yorug’lik oqimi, 1 lyumen
  • Nur qaytarish koefficienti 0,4 dan katta bo’lsa yorug’ fon, 0,2 dan 0,4 gacha bo’lsa, o’rtacha fon va 0,2 dan kichik bo’lsa, qora fon deb yuritiladi.
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet60/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Nur oqimi — nur energiyasining quvvati sifatida aniqlanadi va u inson ko’ziga ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan. Nur oqimi faqatgina fizik ko’rsatkich bo’lib qolmasdan, balki fiziologik ko’rsatkich sifatida ham aniqlanadi. CHunki uning o’lchov birliklari ko’rish sezgisiga asoslangan.
    Hamma nur manbalari, shu jumladan yoritish asboblari ham fazoga bir xilda nur sochmaydi, shuning uchun fazodagi nur oqimi zichligini aniqlovchi yorug’lik kuchi I birligi kiritilgan. O’tadigan va tushadigan nur oqimi fazo yoki yuza bilan baholanishi mumkin. Yorug’lik manbai tarqatayotgan moddiy burchak ichida bir xil tarqalgan 1 lm nur oqimini chiqaruvchi nuqtali manba yorug’lik kuchining o’lchov birligi bo’ladi.
    I = dF/dW
    bunda: Iα —burchagi ostidagi yorug’lik kuchi; dF, Aα -fazoviy burchak chegarasida bir tekis tarqalayotgan yorug’lik oqimi.
    Yorug’lik kuchining o’lchov birligi sifatida Kandela (kd) qabul qilingan. 101325 Pa bosim ostida 204b,65°K haroratda qotayotgan platinaning 1/600 000 m2 yuzasidan tushayotgan yorug’lik kuchi - bir kandela ded qabul qilingan (davlat nur etoloni).
    1 lm nur oqimi bir xilda tarqalib, 1 metr kvadrat yuzaga tushsa, bu yoritilganlik bo’ladi.
    E = dF/ dS
    Bunda: dF -tushayotgan nur oqimi; dS - yuza.


    Yoritilganlik, 1 lyuks



    Yorug’lik oqimi, 1 lyumen
    Yorug’lik manbaidan tarqalayotgan nur oqimi

    Yoritilganlik bu yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koefficienti bilan belgilanadi. Nur qaytarish koefficienti yuzaning rangiga bog’liq bo’lib, mutloq, qora yuzaning nur qaytarish koefficienti 0 ga teng bo’ladi. Tabiatda mutloq qora narsa bo’lmagani sababli fonni belgilashda nur qaytarish koefficientining 0,02 dan 0,95 gacha bo’lgan chegaralari hisobga olinadi.


    Nur qaytarish koefficienti 0,4 dan katta bo’lsa yorug’ fon, 0,2 dan 0,4 gacha bo’lsa, o’rtacha fon va 0,2 dan kichik bo’lsa, qora fon deb yuritiladi.



    Download 3,22 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




    Download 3,22 Mb.