|
MAЪRUZA№15. ISHLAB CHIQARISHDA YoRITISH VA UNI MEЪYoRLARI
|
bet | 59/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниMAЪRUZA№15. ISHLAB CHIQARISHDA YoRITISH VA UNI MEЪYoRLARI
Reja.
1. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o’lchov birliklari.
2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
3. Tabiiy yoritilganlikni me’yorlash va hisoblash usullari.
4. Sun’iy yoritilganlikni me’yorlash va hisoblash usullari.
5. Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar.
Tayanch iboralar
Yorug’lik, spektral tarkib, nur yoyuvchi, eletr quvvati, sun’iy yorug’lik, tabiiy yoritilganlik, aralash yoritilganlik, insolyaciya, yorug’lik me’yorlari, yoritish.
Yorug’likning asosiy tavsiflari va o’lchov birliklari.
Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o’ringa ega hisoblanadi. Ko’rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar etkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Yorug’lik ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko’zga to’g’ridan-to’g’ri tushmasligi kerak.
Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to’g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo’lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgartirib turishi natijasida ko’zining akkomodaciya xususiyati buzilib, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
SHuning uchun ham korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Me’yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi.
Inson ko’zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo’lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Son ko’rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koefficientilari kiradi.
Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koefficienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha). Elektromagnit spektrlari to’lqin uzunliklarining 10 n.m dan 340000 n.m gacha bo’lgan oralig’i spektrlarning optik jarayoni deb ataladi, bundan 10 dan 380 n.m gacha infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m gacha ko’rinadigan nurlar va 770 dan 340000 n.m. gacha bo’lganlari esa ulьtrabinafsha nurlar deb aytiladi.
Biz ko’zimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha bo’lgan yorug’lik nurlarini sezamiz.
Xonalarni yoritishning mukammalligi sifat va son ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko’rsatkichlariga nur oqimi, yorug’lik kuchi, yorqinlik, nur qaytarish koefficientlari, yorug’lik kiradi
|
| |