Mahalliy shamollatish tizimlari va uning turlari




Download 3,22 Mb.
bet57/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

Mahalliy shamollatish tizimlari va uning turlari.
SHamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo’linadi.






So’rish qurilmasi. CHapdagi -to’g’ri; o’ngdagi -noto’g’ri.

Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (9.2.-rasm). SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo’ladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez bo’ladigan zonadan o’tishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo’lgan tomonga chiqarish lozim.

Mahalliy shamollatish tizimlari, zararli moddalarni binolarning ajralib chiqayotgan joylarining o’zidan, butun bino havosiga aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va binodan chiqarib yuborishi zarur.


Bu shamollatish tizimida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalarni chiqarish, binoga kiritilayotgan havoga ishlov berish hamda tozalash kerak bo’lmaydi, bu iqtisodiy foyda beradi.
Mahalliy shamollatishning turlari juda xilma-xil hisoblanadi:
a) Havo so’ruvchi tuzilma, asosan kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi va uning yuqori qismida engil gazlarni yig’ish uchun kenglik mavjud.
b) Qobiq bilan o’rash turi, zararli moddalar ajralishi mumkin bo’lgan texnologik jarayonlarni, yoki bir necha eridan havo so’rilib, binodagi havo harakati qobiq ichiga qarab yo’naltiriladi, natijada zararli moddalar umumiy ish joylariga tarqalmasligi ta’minlanadi.
v) Ochiq havo so’rish turlari, ushbu tizimni texnologik jarayonlarni qobiqqa o’rash imkoniyati bo’lmasa, eng oddiy tur hisoblagan, havo so’rish zontidan foydalaniladi. Havo so’rish zontini qizigan havo uchun ishlatiladi, ba’zida esa zontlar o’rniga shirmalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Har xildagi tizimlarni qo’llashdan asosiy maqsad, binolardagi mavjud bo’lgan zararli va zaharli havo ishchi-xodimlarning nafas organlariga etib bormaydigan bo’lishi shart hisoblanadi.
g) Havo bortlari orqali surish turi, agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan hudud vanna shaklida bo’lsa, unda havo bortlar orqali so’riladi. Bu havoni bir tomondan ikkinchi tomonga haydash yo’lidir.



Download 3,22 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Download 3,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahalliy shamollatish tizimlari va uning turlari

Download 3,22 Mb.