• Tayanch iboralar Zaharli moddalar, gigiena, zaharli gazlar, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong’in, portlashlar. Nazorat savolari.
  • Zaharli moddalarga yo’l qo’yilgan miqdorlar me’yori




    Download 3,22 Mb.
    bet54/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Zaharli moddalarga yo’l qo’yilgan miqdorlar me’yori.
    Hozirga sharoitda ishchi-xizmatchilarning ish joylaridagi muhitda inson sog’lig’iga salbiy ta’sir etuvchi zaharlarning bo’lmasligi talab etilishi, albatta, tabiiy hol hisoblanib, ushbu natijaga erishish esa o’ta mushkul muammo bo’lib, uni ishlab chiqarishga joriy etish katta moddiy xarajatlar evaziga amalga oshiriladi.
    SHunga ko’ra mehnat gigienasida yo’l qo’ysa bo’ladigan bezarar miqdorlarni asoslash zarurati vujudga keldi.
    GOST ning “Ish mintaqasi havosi” bo’limida bu miqdor quyidagicha belgilanadi: ish mintaqasi havosida zararli moddalarning 8 soat davomida yoki haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, tekshirish uslublari bilan aniqlanadigan kasalliklar yoki sog’liq holatidan chetlanishlar keltirib chiqarmaydigan miqdorda yo’l qo’yiladi.
    Zaharli moddalar uchun yo’l qo’yilgan miqdor (YQM) belgilangan bo’lib, ularni asoslab berishda zamonaviy ilmiy nuqtai nazardan foydalaniladi, inson organizmining nozik fiziologik va biokimyoviy ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
    Ishlab chiqarishda mehnat gigienasining, gigienik me’yorlari, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan holda, muhandislik tafakkurini birmuncha mukammal texnologiya va ishlab chiqarish uskuna - jihozlar yaratishga jalb etiladi.
    Zaharlarning YQM ni asoslashda:
    -moddalarning fizik - kimyoviy xossalari;
    -eksperimental tekshirish natijalari;
    -ishlab chiqarish gigienik kuzatuv ma’lumotlarida ishchilarning sog’ holati va kasallanishiga doir materiallardan foydalaniladi.
    Zaharli moddalarga qarshi kurash jarayoni sanitariya sharoiti, sog’lomlashtirish tadbirlari, yangi korxonalarni loyihalashdayoq, amalda YQM larni gigienik ma’lumotlari bilan to’ldirib, qayta ko’rib chiqiladi,
    Davlat standartiga asosan zaharli moddalar organizmga ta’sir ko’rsatish darajasiga qarab: o’ta yuqori, o’rtacha va kam xavfli sinflarga bo’linadi.
    Tayanch iboralar
    Zaharli moddalar, gigiena, zaharli gazlar, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong’in, portlashlar.
    Nazorat savolari.
    1.Ishlab chiqarishdagi zararli moddalar va ularning organizmga ta’sirini ayting?
    2. Insonga zararli omillar qanday yo’l bilan ta’sir qiladi?
    3. Zararli moddalar inson organizmiga qanday ko’ngilsiz oqibatlarni olib kelishi mumkin?
    4. Davlat standartiga asosan zaharli moddalar organizmga ta’sir ko’rsatish darajasiga qarab necha sinfga bo’linadi?



    Download 3,22 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zaharli moddalarga yo’l qo’yilgan miqdorlar me’yori

    Download 3,22 Mb.