|
Zaharli gazlar va ularning ta’sir turlari
|
bet | 53/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниZaharli gazlar va ularning ta’sir turlari
Ishlab chiqarish zaharlanishi deb, insonga mehnat sharoitida ta’sir etadigan, ish qobiliyati va sog’lig’ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro’y beradigan zaharlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi.
Ishlab chiqarish zaharlarining inson organizmiga ta’sir qilish belgilarini, ularning zararli va xavfliligi darajasini, asosan toksikologiya fani o’rganadi hamda zaharli gazlardan xavfsiz foydalanish maqsadida gigienik me’yorlar, tavsiyalar ishlab chiqadi.
Zaharlar umumiy va mahalliy ta’sir qilishi mumkin.
a) Umumiy ta’sir zaharning qonga so’rilishi natijasida rivojlanadi. Masalan, marganecdan zaharlanishda asab tizimi, benzol ta’sirida esa, qon ajratish organlari zarar ko’radi.
b) Mahalliy ta’sir ko’rsatishda, inson organizmidagi to’qimalarning shikastlanishi: ta’sirlanish, yallig’lanish hodisalari, ishqorli va kislotali eritmalar va bug’lar bilan ishlaganda teri hamda shilliq pardalar kuyadi.
Ishlab chiqarishda zaharlanishlar o’tkir, o’rtacha va surunkali bo’lib, quyidagicha xarakterlanadi:
1. Zahar qisqa muddatda – bir smenada ta’sir qiladi;
2. Organizmda zahar katta miqdorda tushishi, kimyoviy moddani bilmay ichib qo’yishi yoki teri qattiq zaharlanishi
natijasida sodir bo’ladi.
3. Surunkali zaharlanish - inson organizmiga oz miqdordagi zaharlarning, uzoq vaqt asta - sekin yig’ilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, benzoldan o’tkir zaharlanishda asosan asab tizimi zarar ko’radi va narkotik ta’sir ko’rsatiladi, surinkali zaharlanishda esa qon tizimi zaharlanadi.
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo’ladi.
Ular organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo’llari qatori, sil, yurak-tomir tizim kasalliklari, rivojlanishiga imkon yaratib, bronxial asma, ekzema va boshqa kasalliklarga duchor qiladi.
Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishchi – xizmachilarning mehnat sharoitini yaxshilanishi ko’pgina cexlar havosida zararli moddalar miqdorining pasayishiga, zararlanishlarning og’ir ko’rinishlari kamdan-kam uchraydigan hollarga olib kelmoqda. Kasbiy zaharlanishlarni bartaraf etishda:
-texnologik jarayonlarda zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
-zaharli moddalarni havoga ajralishini kamaytiradigan yangi texnologiya va avtomatlashtirishni joriy etish mumkin.
Zamonaviy texnika taraqqiyotining yutuqlaridan omilkorlik bilan foydalanish, ko’pgina texnologik jarayonlarning borishi ustidan nazorat qilish, avtomatik usullar bilan olib borish imkonini beradi. Sanitariya-gigienik tadbirlarga: -gigienik standartlash,
-havo holatini nazorat qilib turish,
-gigienik talablarga qat’iy amal qilish,
-shaxsiy himoya vositalarini qo’llash,
-sanitariya qoidalari bo’yicha yo’l-yo’riqlar berib turishlar kiradi.
Standart bo’yicha xavflilikning 1 sinf moddalarini nazorat qilishda, zaharli moddalarning miqdorlarini faqat o’lchash va aniqlash bilan kifoyalanmasdan, balki YQM oshgan taqdirda zarur chora – tadbirlar ko’rish uchun tovush va yorug’lik signallarini ishga soladigan avtomat yozish asboblari bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Zaharlanishni bartaraf etish sanitariya texnikasini keng tarqalgan turi, shamollatish usuli katta ahamiyatga ega.
Unga qo’yiladigan asosiy gigienik talab-zaharli moddalar mavjud hududlarda, havo muhitiga tarqalgan taqdirda, sof havo berish yo’li bilan miqdorini pasaytirib, kuchsizlantirishdan iborat.
Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shaxslar xususida mehnat qonunida ish kunini chegaralash, ta’tilning davomiyligini ko’paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatda chiqarish kabi chora-tadbirlar ko’zda to’tiladi.
Inson organizmiga zararlanishning xavfli ta’siri yuqori bo’lgan korxonalarda ayollar va o’smirlarning ishlashi qatiyan man etilgan.
Ish mintaqasidagi zaharli moddalarning YQM davlat tomonidan belgilanadi va davlat nazorati olib boriladi.
Zaharlarning ta’sir qilish ehtimoli bo’lgan bir qator korxonalarda, ishchilarni qo’shimcha tibbiy ko’rikdan o’tkazish va maxsus korxona hisobidan ovqatlantirish ko’zda to’tilishi shart.
|
| |