MAЪRUZA№ 12. ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA UNING INSON ORGANIZMIGA TAЪSIRI. Reja. 1.CHanglar, aerozollar va ularning turlari. 2.CHanglar, aerozol, tabiiy chang, sun’iy chang, organik va anorganik chang, zaharli changlar, portlovchi changlar, yonuvchi changlar, mikroskopik changlar, RECHK, resperator, filtr. |
Ishlab chiqarish xonalari, ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va xarakat tezligining risoladagi me’yorlari
|
bet | 49/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниBu sahifa navigatsiya:
- MAЪRUZA№ 12. ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA UNING INSON ORGANIZMIGA TAЪSIRI. Reja. 1.CHanglar, aerozollar va ularning turlari. 2.
- CHanglar, aerozol, tabiiy chang, sun’iy chang, organik va anorganik chang, zaharli changlar, portlovchi changlar, yonuvchi changlar, mikroskopik changlar, RECHK, resperator, filtr.
Ishlab chiqarish xonalari, ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va xarakat tezligining risoladagi me’yorlari
Yil fasli
|
Ish toifalari
|
Havoning harorati, °S
|
Nisbiy
namligi,%
|
Harakat
tezlig/s
|
Sovuq
|
Engil — I
|
20-23
|
60-30
|
0,2
|
|
O’rtacha og’irlikdagi— I a
|
18-20
|
60-40
|
0,2
|
|
O’rtacha og’irliqdagi— I b
|
17-19
|
60-40
|
0,3
|
|
Og’ir—SH
|
16-18
|
60-40
|
0,3
|
Iliq
|
Engil—I
|
20-25
|
60-40
|
0,2
|
|
O’rtacha og’irliqdagi— I a
|
21-23
|
60-40
|
0,3
|
|
O’rtacha og’irlikdagi— I b
|
20-22
|
60-40
|
0,4
|
|
Og’ir —II
|
18-21
|
60-40
|
0,5
|
Issiq
|
Engil— 1
|
20-30
|
60-30
|
0,3
|
|
O’rtacha og’irliqdagi — I a
|
20-30
|
60-30
|
0,4-0,5
|
|
O’rtacha og’irliqdagi —16
|
20-30
|
60-30
|
0,5-0,7
|
|
Og’ir —SH
|
20-30
|
60-30
|
0,5-1,0
|
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan me’yorlar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o’tish davrlarida (tashqi havoning) o’rtacha kundalik harorati +10 °S dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (6.1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o’zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (6.2-jadval) ish joylari havosining oshgan harorati (ayniqsa, Markaziy Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo’lgan ish joylarida) issiqlikning ancha ortiqcha bo’lishini kuzda tutadi. Bu tashqi muhitning issiq bo’lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo’qotishning qiyinligi bilan bog’liq.
Biroq bu holda ham me’yorlar yo’l qo’ysa bo’ladigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bo’lgan ish joylarida havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
Xonalarning katta-kichikligi, bir vaqtning o’zida ham issiqlik, ham namlikning ajralishi, doimiy harorat va namlik kabilarni sunьiy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan koefficientlarni ishlab chiqish lozim bo’ladi. Ish nechog’liq og’ir bo’lsa, harorat shunchalik past va havo harakati shuncha yuqori bo’ladi.
MAЪRUZA№ 12.
ISHLAB CHIQARISH CHANGI VA UNING INSON ORGANIZMIGA TAЪSIRI.
Reja.
1.CHanglar, aerozollar va ularning turlari.
2. Ishlab chiqarish changi va uning inson organizmiga ta’siri
3. Nafas olish organlarining individual himoya vositalari
Tayanch iboralar
CHanglar, aerozol, tabiiy chang, sun’iy chang, organik va anorganik chang, zaharli changlar, portlovchi changlar, yonuvchi changlar, mikroskopik changlar, RECHK, resperator, filtr.
CHanglar, aerozollar va ularning turlari
Havo yoki gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarga, chang deyiladi. CHang zarrachalarining o’lchami 5-10 mkm atrofida bo’lishi mumkin. Ularning kelib chiqish sabablariga ko’ra 2 guruhga bo’lish mumkin.
1. Tabiiy changlar, ya’ni inson ta’sirisiz hosil bo’ladigan changlar. Bu guruhga er ustki qatlamining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi natijasida o’simlik va hayvonot olamida paydo bo’ladigan changlar, vulqonlar otilishi natijasida paydo bo’ladigan changlar, koinot changlari va boshќagi tabiiy changlar kiradi.
2. Sun’iy changlar, yani sanoat korxonalarida va qurilishda insonning bevosita ta’siri natilasida hosil bo’ladigan changlar.
Bu guruhga qurilish sanoatida, er qazish, beton qorish ishlarida sement, ohak ishlab chiqarish, engil sanoati va kimyo sanoatida paxtaga ishlov berish paytida ajralib chiqadigan changlar kiradi. Bu changlarni havoga tarqalib ketishi atrof muhitni ifloslanishiga va turli kasalliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Kimyoviy va mineralogik tarkibiga qarab changlar quyidagi 5 asosiy guruhlarga bo’linadi.
1.Organik changlar. Bu guruhga yog’och, ko’mir, torf, o’simliklar va hayvonot changlari (masalan, paxta, pilla, qog’oz va boshqa xom-ashyolarga ishlov berish paytida hosil bo’ladigan changlar) kiradi.
2.Anorganik changlar. Kvarc, sopol, marmar, cement, ohak, tuproq, ma’danlar va boshqa materiallarga ishlov berish paytida hosil bo’ladigan changlar ushbu guruhga kiradi.
3. Zaharli changlar.
4. Portlovchi changlar
5. Yonuvchi changlar
Zarrachalarning o’lchamiga qarab, changlar 3 guruhga bo’linadi.
1. Ko’zga ko’rinuvchi changlar. Bunday chang zarrachalarning o’lchami 10 mkm dan katta bo’lib, ular o’z og’irligi bilan bemalol cho’ka oladi.
2. Mikroskopik changlar. Ularning o’lchami 0,25 - 10,0 mkm atrofida bo’lib, erga asta-sekinlik bilan cho’kishi mumkin.
3. Ultramikroskopik changlar. O’lchami 0,25 mkm dan kichik bo’lgan bu changlar havoda muallaq turadi va ularni elektron mikroskoplar yordamida ko’rish mumkin.
O’lcfmi 10 mkm dan kichik dispers sistemalarga, ayerozollar deb ataladi. CHang va ayerozollarning o’lchami qancha kichik bo’lsa, ular nafas olish azollari orqali organizmga tez singib boradi.
CHang zarrachalarining solishtirma yuzalari kattaligi tufayli ular tez yonuvchan va portlash xususiyatiga ega. Agar yuzasi 1 sm2 ga teng bo’lgan qattiq jismni yuzalari 0,1 mkm2 ni tashkil etadigan kublarga bo’lsak, unda kublarning umumiy yon yuzalari 6 sm2 dan 60 m2 gacha bo’lishi mumkin. Demak, chang zarrachalarining harakatlanishiga ularning o’lchami, massasi, zichligi va solishtirma yuzasi katta ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida 1 m3 havo tarlibida 100 mg va hatto undan ham ortiq chang zarrachalari bo’lishi tabiiy holdir. SHuning uchun gaz, bug’ va changlarning xavfigiga qarab, ish joylarida ularning havodagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK) lari belgilab qo’yilgan bo’ladi. CHanglarning kimyoviy tarkibiga ќarab, ish joylari uchun 10/mg3 gacha va aholi yashaydigan hududlar uchun esa 0,5 mg/m3 gaca RECHK lari belgilangan.
Agar havo tarkibida uglerod oksidining miqdori 50, 100 va 200 mg/m3 ni tashkil eca, unda ishchiga mos ravishda 1 soat, 30 daqiqa va 15 daqiqa ishlashga ijozat beriladi.
Qurilish sanoatida ishlatadigan cement tarkibida xrom (U1) mavjud Uning hatto 0,001 % miќdorda mavjudligi allergiya kasalligini qo’zg’atadi. Xromdan terini oshlashga ham keng qo’llaniladi. Demak, korxonalarda zararli moddalarning RECHK lariga ahamiyat berish kata ahamiyatga ega.
SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, korxonalarda chang havo yoki gazlarni tozalash uchun chang zarrachalarining o’lchamlariga qarab, tozalash usuli va qurilmalari tanlab olinadi.
Maьlumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish va ќuritish jarayonlarida zarrachalarining o’lchami 3-70 mkm atrofida bo’lgan changlar paydo bo’ladi. Yoqig’ilarni yoqish paytida tutunlar, bugьlarni kodensaciyalashda esa tumanlar paydo bo’ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o’lchami 0,3 - 5,0 mkm atrofida bo’lishi mumkin.
SHuni alohida taьkidlash kerakki, zararli moddaning inson organizmiga singib borishi turli kasalliklarni paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. SHuning uchun atmosfera havosini tozalash katta ahamiyatga ega.
Bundan tashќari, hozirgi paytda atmosfera havosining sunьiy ifloslanishi inson faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik qilmoqda. Bu esa asmosfera havosini tozalab turishni taqozo etadi.
Atmosfera havosi 3 ta asosiy maќsadlarda tozalanadi.
1.Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish, yaьni havo tarkibidagi zararli moddaning miќdori uning ruxsat etilgan chegaraviy koncentraciya (RECHK)sidan oshib ketmasligini taьminlash uchun.
2. Havo yoki aralashma gazlar tarkibidan ќimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun.
3.Texnologik jarayonlarga salbiy taьsir etuvchi va asbob-uskunalar, hamda ќurilmalarning buzulishini tezlashtiruvchi moddalarni havo yoki gaz aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun.
Atmosfera havosi tarkibida turli kimyoviy xossalarga ega bo’lgan changlar mavjud. Yoqilg’ilarni to’liq yonmaganligi tufayli qoraquya paydo bo’ladi. Uning 90-95% ni uglerod zarrachalari tashqil etadi. Anorganik changlarning atmosfera havosi tarkibidagi RECHKsi 0,05 mg/m ni tashqil etadi. Qoraquya uglevodorodlar va benz (a) piren kabi zaharli moddalarni adsorbciya qilish qobiliyatiga ega.
Zaharli changlarning o’lchamlari kichik (0,5-10,0mkm) bo’lganligi uchun, ular nafas olish yo’llari orqali tez organizmga singib borish xususiyatiga egadirlar. SHuning uchun, ulug’ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino ming yillar oldin «chang va g’ubor bo’lmaganda, inson ming yil yashar edi!» deb, bejiz aytmagan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishlab chiqarish xonalari, ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va xarakat tezligining risoladagi me’yorlari
|