• MAЪRUZA №13. ISHLAB CHIQARISH JARAYoNIDA ZARARLI OMILLAR VA ULARDAN HIMOYaLANISH . REJA
  • Zararli moddalarni inson organizmiga ta’siri va ulardan himoyalanish
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet52/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Nazorat savollari.

    1. CHanglar, aerozollar va ularning turlari haqida ma’lumot bering.




    1. Anorganik changlarning atmosfera havosi tarkibidagi RECHKsi necha mg/m ni tashil etishi kerak?

    3.CHanglarni zararli ta’sirini kamaytirish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
    MAЪRUZA №13.
    ISHLAB CHIQARISH JARAYoNIDA ZARARLI OMILLAR
    VA ULARDAN HIMOYaLANISH .
    REJA:

    1.Zararli moddalarni inson organizmiga ta’siri va ulardan himoyalanish


    2. Zaharli gazlar va ularning ta’sir turlari
    3.Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
    4.Zaharli moddalarga yo’l qo’yilgan miqdorlar me’yori
    Zararli moddalarni inson organizmiga ta’siri va ulardan himoyalanish

    Ishlab chiqarishdagi ishchi zonalar havosi ko’p hollarda texnologik jarayonlarning tabiiy zaharlari bilan ifloslanadi. Pechkalarda, qozonxonalarda va ichki yonuv dvigatellarida yoqilg’ilarni yonishi is gazini hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.


    Bulardan tashqari neftь mahsulotlari, lak, bo’yoq, kislotalar, ishqorlarning xavfli bug’lari, gazlari ham mavjudki, ular ham qishloq. xo’jaligi va sanoatda keng qo’llanilib inson uchun xavfli moddalar ekanini o’nutmaslik lozim.
    Ayrim zaharlar inson organizmiga nafas olish va ovqat qabul qilish organlari orqali kiradi. Uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi zaharli moddalarni (qo’rg’oshin, simob) uzoq vaqtli ta’siri uzluksiz kasbiy zaharlanishga olib kelsa, uning katta miqdori o’tkir zaharlanishga sabab bo’ladi. Ko’pgina zaharli moddalar haroratining oshishi bilan suyuq holatdan bug’ va gaz holatga oson o’tadi va shu ko’rinishda nafas olish organlari orqali inson organizmiga kiradi.
    Inson o’pkasining nafas olish yo’llari orqali bu moddalar havo bilan birgalikda qonga so’riladi va katta qon aylanish sistemasiga o’tib, boshqa yo’l bilan organizmga kirgan shunday moddalarga nisbatan organizmga 20 baravar kuchli ta’sir etadi. Masalan, benzin xona haroratida 1 m2 sirtdan 400 g/soat tezlik bilan bug’lanadi. Boshqa neftь mahsulotlariga nisbatan u organizmni ko’proq zaharlaydi. Benzinning koncentraciyasi 3...4 g/m3 bo’lganda, undan nafas olgan kishi 2...3 minutdan so’ng yo’tala boshlaydi, ko’zidan yosh oqib, yurishda muvozanati buziladi, 30...40 g/m3 li koncentraciyasi esa 3...4 nafas olgandan so’ng zaharlanishga va hushni yo’qotishga olib keladi.
    Oltingugurt vodorodi va ammiak yanada xavfli hisoblanadi. Ular chorvachilik fermalarida va gung saqlanadigan joylarda to’planadi. Ba’zan ularning koncentraciyasi shunchalik yuqori bo’ladiki, gung to’plash joylariga tushib, bir-ikki nafas olish bilan kishi hushini yo’qotadi.
    Ayrim zaharlarli moddalar gazi va bug’ining koncentraciyasi portlashi mumkinligi bilan xavflidir. Masalan, 16...27% ammiak koncentraciyasi va 0,76...5,03 % benzin koncentraciyasi portlaydi.
    SHunday qilib ishchilarning zaharlanishini, yong’in chiqishini va portlashni oldini olish uchun ishchi zonalar havosidagi zararli moddalar koncentraciyasini nazorat qilib turish kerak bo’ladi. Buning uchun laboratoriya va ekspress usullardan foydalaniladi.
    Laboratoriya usulida ish joyidan olingan iflos havoning kimyoviy tarkibi laboratoriyada mukammal tekshiriladi. Ekspress usulda havodagi zararli modda koncentraciyasi bevosita ish joyida tekshiriladigan havoni indiqator quvuridan o’tkazish orqali tekshiriladi. Bu ish UG-2 (8.2-racm) yoki GX-2 gaz tahlil qilgichi yordamida amalga oshiriladi. Havodagi zararli gaz yoki bug’ning koncentraciyasi aniqlangandan so’ng, u standart bo’yicha zararli moddalarning havodagi ruxsat etilgan koncentraciyasi bilan taqqoslanadi.








    8.2.-расм. УГ-2 газ таҳлил қилгичи: 1-корпус; 2-сўриш қувури; 3-индикатор қувури; 4-фильтирловчи патрон; 5-сильфон қувури; 6-ампулали яшик.


    Bu ish agar zararli moddaning havodagi koncentraciyasi ruxsat etilgan normadan ortiq bo’lsa, ishchi zona havosini tozalash bo’yicha tadbirlar o’tkaziladi. Ishlovchilarni gaz, bug’ holatidagi yoki qattiq zararli moddalardan himoyalashning eng samarali usuli, zararli ish va texnologik jarayonlarni kompleks mexanizaciyalashtirish va avtomatlashtirish hisoblanadi.
    Zararli moddalar inson organizmini jarohatlashi, kasb kasalliklarini keltirib chiqarishi va boshqa ko’ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin.
    Organizmga kirib unda har xil buzilishlar, xastaliklar keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zaharlari hisoblanadi. Ular gazlar, bug’lar, changlar ko’rinishida bo’ladi. Sanoat zaharlari organik bo’lmagan (galogenlar - xlor, brom va boshqalar; oltingugurt birikmalari - oltingugurt vodorod, oltingugurtli gaz va boshqalar; azot birikmasi - ammiak, azot oksidlari va boshqalar; fosfor va uning birikmalari - fosforli vodorod va boshqalar) va organik (benzol, spirtlar, oddiy efirlar) zaharlarga bo’linadi.
    Biologik zararli omillar organizmga har xil ta’sir ko’rsatadi. Bularga ularning allergiya, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, organizmni qizishi va boshqa ta’sir ko’rinishlarni misol qilib keltirish mumkin.
    Yuqorida qayd qilingan omillar ta’sirini profilaktikasiga ishchi xona havosi tarkibidagi mikroorganizmlar miqdorini kamaytirish, dezinfekciyani qo’llash, bakteriyaga qarshi lampalardan foydalanish; shamollatish sistemalari, kabinalar va uskunalarni germitizaciyasini yaxshilash, bilan havodagi organik changlarni miqdorini kamaytirish, maxsus kiyimlardan foydalanish va medicina nazorati kiradi.
    Bundan tashqari organizmga boshqa omillar ham zararli ta’sir etadi. Bular jumlasiga kislotalar, ishqorlar, yonilg’i moylash materiallari va boshqalar kiradi. Masalan, benzin teriga ta’sir etib uni yallig’lantirishi, surunkali ekzemalarga sabab bo’lishi mumkin. Yog’lash materiallari ta’sirida ham terida ekzema va shunga o’xshash asoratlar paydo bo’lishi mumkin.
    Benzin va moylash materiallari bug’idan zaharlanganda bosh og’rishi, kuchsizlanish, ko’ngil aynishi, yurak urishini tezlashishi, bosh aylanishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi. Benzin va yog’lash materiallari portlashi mumkinligi bilan ham xavflidir. Ular bilan ishlaganda gazga qarshi niqoblar, maxsus kiyimlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qo’l terisini biologik qo’lqoplar bilan himoya qilinishi tavsiya etiladi.
    Qurilish uchun ishlab chiqarish ob’ektlari maydoni qator sanitar talablarni hisobga olgan holda tanlanadi. Bularga ichimlik suv manbalarini mavjudligi, botqoqliklarni yo’qligi va boshqalar kiradi. Korxona hududida binolar va inshootlar, ularni tabiiy yoritish va shamollatish maqsadida yorug’lik va shamol yo’nalishiga nisbatan qaratib quriladi.
    Ishlab chiqarish qurilishlari atrofida aholi yashaydigan uylar shamol esadigan tomondan quriladi. Buning sababi ishlab chiqarish korxonasidan ko’tarilayotgan tutun, chang, shovqin va boshqalarni ta’sirini kamaytirish hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari yoki qurilmalari va aholi yashaydigan rayon o’rtasida zararli chiqindilar xarakteriga va miqdoriga bog’liq, ravishda 500-1000 m kenglikda sanitar himoya zonasi tashkil etiladi.
    Ishlab chiqarish xonasida ishlayotgan har bir ishlovchiga 15 m3 dan kam bo’lmagan maydon to’g’ri kelishi kerak. Uning poldan shiftgacha balandligi esa 3,2 m dan kam bo’lmasligi kerak. Ishlab chiqarishda shovqinli yoki zararli moddalar ajralib turadigan jarayonlarni alohida xonada joylashtirish kerak. Ish joyidagi pollar tekis va sirpanchiq bo’lmasligi kerak. Agar pollar sovuq, bo’lsa ish joylarida gilam yoki yog’och panjara to’shalishi kerak. Elvizakni oldini olish uchun tashqi eshiklarda tanbur o’rnatilishi kerak hamda ularning eshiklarini o’zi yopiladigan qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ishlab chiqarish uskunalari, verstaklar ish joylarida shunday joylashtirilishi kerakki, ish joylari orasida 1 metr kenglikdagi o’tish joyi qolishi kerak.
    Sanitar-maishiy xona - bu shaxsiy va maxsus kiyimlar uchun shkafli echinadigan, yuvinadigan va ovqat eydigan xona hisoblanadi. Bundan tashqari 300 dan ortiq ishlovchilar ishlaydigan korxonalarda felьdsherlik-sog’lomlashtirish punkti bo’lishi kerak. Agar bir smenada korxonada 15 yoki undan ortiq, xotin-qizlar ishlasa ular uchun shaxsiy gigiena xonasi ham bo’lishi kerak

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




    Download 3,22 Mb.