Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari
Ishlab chikarish mikroiqlimi me’yorlari mehnat havfsizligi standartlari tizimi "Ish zonasi mikroiqlimi" (GOST 12.1- 005-76) ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Korxonalardagi xonalar, yil fasllari va ish toifasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan.
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: engil jismoniy ishlar (I toifa) o’tirib, tik turib yoki yurib bajariladigan, biroq muntazam jismoniy zo’riqish yoki yuklarni ko’tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi(6.1.- jadval).
O’rtacha og’irlikdagi jismoniy ishlarga (P toifa)— soatiga 150—250 kkal (172-293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og’ir bo’lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan ishlar kiradi(6.1.- jadval).
Ishlab chiqarish xonalari, ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va xarakat tezligining risoladagi me’yorlari
Yil fasli
|
Ish toifalari
|
Havoning harorati, °S
|
Nisbiy
namligi,%
|
Harakat
tezlig/s
|
Sovuq
|
Engil — I
|
20-23
|
60-30
|
0,2
|
|
O’rtacha og’irlikdagi— I a
|
18-20
|
60-40
|
0,2
|
|
O’rtacha og’irliqdagi— I b
|
17-19
|
60-40
|
0,3
|
|
Og’ir—SH
|
16-18
|
60-40
|
0,3
|
Iliq
|
Engil—I
|
20-25
|
60-40
|
0,2
|
|
O’rtacha og’irliqdagi— I a
|
21-23
|
60-40
|
0,3
|
|
O’rtacha og’irlikdagi— I b
|
20-22
|
60-40
|
0,4
|
|
Og’ir —II
|
18-21
|
60-40
|
0,5
|
Issiq
|
Engil— 1
|
20-30
|
60-30
|
0,3
|
|
O’rtacha og’irliqdagi — I a
|
20-30
|
60-30
|
0,4-0,5
|
|
O’rtacha og’irliqdagi —16
|
20-30
|
60-30
|
0,5-0,7
|
|
Og’ir —SH
|
20-30
|
60-30
|
0,5-1,0
|
Og’ir jismoniy ishlar (SH toifa) — muntazam jismoniy zo’riqish, xususan og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J. s) dan yuqori bo’ladi(6.2-jadval).
Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo’l qo’yiladigan me’yorlari.
Havo harorati, °S
|
Nisbiy
namligi,%
|
Harakat tezligi, m/s
|
Tashqaridagi havo harorati, °S
|
19-25
|
75
|
0,2
|
15-30
|
17-25
|
75
|
0,2
|
15-30
|
13-25
|
75
|
0,4
|
15-30
|
13-25
|
75
|
0,5
|
15-30
|
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida belgilanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reakciyalarini kuchaytirmasdan organizmning me’yoriy faoliyatini va issiqliq holatini saqlashni ta’minlaydigan mikroiqlim ko’rsatkichlarining yigindisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo’’tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini oshirish uchun shart-sharoit hisoblanadi.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va issiqlik xolatdagi o’zgarishlarni, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reakciyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez me’yorga soladigan mikroiqlim ko’rsatkichlarining yig’indisidir. Bunda sog’liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo’’tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatning pasayishi kuzatilishi mumkin. 6.1, 6.2, 6.3-jadvallarda mikroiqlimning risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan me’yorlari keltirilgan. Doimiy ishlarda 6.1 jadvalda keltirilgan mikdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mo’’tadillashtirishda ham majburiydir. Qator hollarda, masalan, issiqlik ko’p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarning hajmi katta bo’lgan metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo’l qo’yiladigan me’yorlarga (6.1, 6.2-jadval) asoslanish mumkin, biroq mehnat va dam olish holatlariga qo’yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
|