|
Mehnat faoliyati sharoitining klassifikaciyasi
|
bet | 42/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниMehnat faoliyati sharoitining klassifikaciyasi
So’nggi 10 yillikda mamlakatning xo’jalik yuritish kompleksida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, yangi mehnat faoliyatlari paydo bo’ldi. Bunday tashqari bozor iqtisodiyotiga o’tish islohoti norentabel yoki zarar bilan ishlovchi korxonalarni qisqarishiga yoki butunlay yopilishiga olib keldi. Yangi, turli mulk shaklidagi korxonalar, fermer xo’jaliklari tashkil topmoqda. Ularning iqtisodiy ahvoli ham turlichadir. SHu sababli ularning barchasida ham ishchilarga normal faoliyat ko’rsatishi uchun mehnat muhofazasi qonunlariga mos ish joylari yaratib berilgan deyish qiyin. Mehnat faoliyati sharoiti quyidagicha klasifikaciyalanadi:
1) qulay;
2) uncha katta bo’lmagan hajmdagi ishlab chiqarish zararlari ko’rinishidagi qisman murakkabliklar bilan;
3) murakkab-ishlab chiqarishdagi zararlarning o’rtacha hajmi bilan;
4) o’ta murakkab ishlab chiqarish zararlarining absalyut maksimal hajmi bilan.
Mehnat faoliyatini og’irligi va kuchlanganligini baholash
Ma’lumki jismoniy mehnat qo’llaniladigan mehnat faoliyati ko’proq sanoat va qishloq xo’jalik korxonalariga aloqador bo’lib, ayniqsa mehnat jarayonlarida kam mexanizaciyalashgan, kam avtomatlashtirilganlarga taalluqlidir. Jismoniy mehnat qo’llaniladigan mehnat faoliyatlarini baholashning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
1) engil jismoniy mehnat (og’ir yuk ko’tarmaydigan) ishchilarni 2000 dan 2500 kkal gacha energiya sarflashini xarakterlaydi (oziq-ovqat, engil sanoat, iqtisodning elektronika sohalaridagi konveyer tarmoqlaridagi ishlar);
2) 25 kg gacha yuk ko’tarish bilan davom etadigan va 2500 dan 3000 kkal gacha energiya sarflanadigan o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mehnat (kichik og’irlikdagi va kichik o’lchamdagi elektrotexnik, mashinasozlik detallari chiqariladigan metalllarga ishlov berish ishlab chiqarishi);
3) har zamonda 25 kg dan ortiq yukni ko’tarishiga to’g’ri keladigan, bir qator zararlar mavjud bo’lgan og’ir jismoniy mehnat (shovqin, titrashlar, changlar, ximiyaviy va toksik moddalar, ishchi zonadagi havoning yuqori nisbiy namligi, yuqori harorat va shu kabilar);
4) Ishchi kun davomida ko’p bora 15 kg dan ortiq yukni ko’tarishga to’g’ri keladigan va ishchi organizmidan 6000 kkal va undan ortiq energiya sarf bo’lishiga olib keladigan juda og’ir jismoniy mehnat.
Qator ishlab chiqarish zararlarini ajralishi bilan bog’liq bo’lgan, jismoniy mehnatda yuqorida qayd qilingan murakkabliklarni keltirib chiqaradigan korxonalar: qurilish materiallari ishlab chiqaradigan; metallarga ishlov berish; metallurgiya; transport mashinasozligi; har xil uskunalarni katta bo’laklarini yig’adigan mexanik cexlarda-temirchilik, presslash cexlari va boshqalar misol bo’ladi.
|
| |