|
SHu bo’limning 19-moddasida
|
bet | 24/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниSHu bo’limning 19-moddasida “Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o’z kasblari va ish turlari bo’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishlari hamda qayta attestaciyadan o’tishlari shart” alohida ta’kidlab o’tilgan.
IV-Bo’lim 22-24 moddalardan iborat bo’lib, Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati, deb nomlangan.
Ushbu bo’limning 22-moddasida quyidagilar ta’kidlangan: “Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi idoralari amalga oshiradilar”.
V-Bo’lim 25-29 moddalar asosida tuzilgan bo’lib, Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik, to’g’risida so’z yuritiladi.
V-Bo’limning 27-moddasiga esa Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilagan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Korxonaning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar deyilgan.
5.4. O’zbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi”
O’zbekiston davlatining “Mehnat qonunlari kodeksi” 2 sentyabr 1993 yilda (1994 yil 1 martgacha bo’lgan o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan) qabul qilindi. Uning XI-bobi ayollar mehnatiga bag’ishlangan bo’lib, 187-199 moddalardan iborat.
187-modda Ayollarga og’ir, zararli va er osti ishlarida shuningdek me’yoridan ortiq yuk ko’tarish ishlari taqiqlanadi”. 188-modda “Homilador va bolasi 3yoshga etmagan ayollarni tungi, ishdan tashqari, dam olish kunlarida ishlashga hamda xizmat safarlari taqiqlanadi.
|
| |