Ta’lim-tarbiya jarayonlarida texnologiyalaridan foydalanish




Download 14,44 Mb.
bet2/4
Sana19.06.2024
Hajmi14,44 Mb.
#264435
1   2   3   4
Bog'liq
texnikadan foydalanish madaniyati

Ta’lim-tarbiya jarayonlarida texnologiyalaridan foydalanish

YuNESKO Mediata’lim deklaratsiyasini 1982 yilda qabul qilgan. Unga ko‘ra, “Mediata’lim medianing barcha turlari (bosma, grafik, ovozli, ekranli va boshqalar) va turli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘langan. U insonlarga ommaviy kommunikatsiyadan ijtimoiy ongda qanday foydalanishni tushunish, boshqa odamlar bilan kommunikatsiya paytida mediadan foydalanish ko‘nikmasini o‘zlashtirish kabi bilimlarni beradi. Shuningdek, quyidagi malakalar ham shakllantiriladi: –Mediamatnlar tahlil etish, tanqidiy qarash va yaratish; –Mediamatnlarning manbalarini, kontekstda ularning siyosiy, ijtimoiy, tijoriy yoki madaniy qiziqishlarini aniqlash; – Media tarqatayotgan mediamatnlar va ularning ahamiyatini izohlash; –O‘z shaxsiy mediamatnlarini yaratishga muvofiq keluvchi o‘zga mediamatnlarni tanlash va unga qiziquvchi auditoriyani topish; – Mediaga ochiq kirish yo‘li imkoniyatini qo‘lga kiritish” [1, 273]. Mediata’lim shaxsning axborot olish va tarqatish huquqining bir qismi. YuNESKO tomonidan mediata’lim dunyoning barcha mamlakatlari ta’lim tizimlari milliy o‘quv rejalariga joriy etishni tavsiya etiladi. Hozirgi kunda Yevropa davlatlari, AQSh, Avstraliya va Rossiya singari mamlakatlarda mediata’lim majburiy fan sifatida ta’lim tizimiga kiritilgan. Rostov davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi И.В.Челышеванинг “Методика и технология медиа образования в школе и вузе” [2, 135] nomli monografiyasining o‘quvchilar va talabalar auditoriyasida mediata’lim darslarini tashkil etish, mediata’lim jarayonining shakllari, usullari va texnikasi bo‘lmimida mediata’limni o‘rganishda davriy nashrlar ahamiyati borasida shunday misol keltirilgan: “OAV manbalarini jalb qilgan holda darsda ishlashning yana bir qiziqarli shakli davriy matbuotdagi ilmiy-texnikaviy maqolalarni ko‘rib chiqish bo‘lishi mumkin. Muntazam ravishda, u yoki bu ilmiy ommabop jurnallar nashr etilishi bilan maktab o‘quvchilari auditoriyani og‘zaki yoki yozma (referat yoki ijodiy ish shaklida) eng qiziqarli nashrlar bilan tanishtiradilar. Keyinchalik bu ishlar maktab devoriy gazetasida chop etilishi mumkin.”


Download 14,44 Mb.
1   2   3   4




Download 14,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim-tarbiya jarayonlarida texnologiyalaridan foydalanish

Download 14,44 Mb.