• Vstavka
  • Funksiya...
  • Servis
  • Tekst po stolbsam...
  • -Mavzu. Ilmiy-tadqiqot natijalarini AKT vositalari yordamida




    Download 3,69 Mb.
    bet10/69
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,69 Mb.
    #228151
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
    Bog'liq
    ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    3-Mavzu. Ilmiy-tadqiqot natijalarini AKT vositalari yordamida
    tayyorlash va taqdim etish

    1. Ilmiy ma’lumotlarni MS Excel yordamida qayta ishlash va vizuallashtirish.

    Excel elektron jadvalli dasturi Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo‘lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan.
    Windows operatsion tizimi fratilmasdan avval DOSS tarkibidagi Super Calc, Quat Prio va shunga o‘xshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
    Windows muhiti, ayniqsa Windows operatsion tizimi yaratilgandan so‘ng ko‘pgina foydalanuvchilar Mocrosoft Office paketi tarkibidagi Excel dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.[8,9]
    Excel dasturida tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va “xls” kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excel da, odatda, bunday fayl “Ishchi kitob” (Workbook - kniga) deb yuritiladi.
    Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi bu “Ishchi kitob” bo‘lib, u standart holda 3 ta varaq (list) dan iborat bo‘ladi. Foydalanuvchi xohishiga ko‘ra va varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varag`ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo‘ladi.
    Excel elektron jadvalli dasturi butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta qator (row – “1,2,3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 tu ustun (columm – A,B,C,D,…Z, AA, AB,…IV) dan iborat. Qator va utsun kesishgan joyida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell - yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kataklarning nomlari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7-qatorning kesishmasi A 7 katagi deyilsa, D ustun bilan 12-qatorning kesishgan joyi D 12 katagi deyiladi.
    Excel dasturi o‘z menyusi va instrumentlar paneliga ega bo‘lib, bunda
    instrumentlar panelidan ko‘proq formatlash va standart instrument panellaridan foydalaniladi.
    Excel EJ menyusi ham Word matn muharriri menyusi kabi vazifalarni bajaradi, lekin Excel dagi menyuning ayrim bo‘limlari Word matn muharririda yo‘q. Shuning uchun bu bo‘limlarni ko‘rib chiqamiz.
    “Pravka” bo‘limidagi “Zapolnit”, va “Ochistit” bo‘limlari kataklarning belgilangan yo‘nalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. “Udalit list” bo‘limi belgilangan varaqni o‘chiradi. “Peremestit\ skopirovat list” Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan bo‘limlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
    Vid bo‘limining “Stroka formul” bo‘limi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha.
    Vstavka” bo‘limi katak, satr, utsun va varaq ustida amallar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning vazifalari quyidagicha:
    Yacheyka” – jadvalga yangi katak qo‘shish;
    Stroki” – jadvalga yangi satr qo‘shish;
    Stolbsi” – varaqqa yangi ustunlar qo‘shish;
    List” – ishchi kitobiga yangi varaq qo‘shish;
    Diagramma” – diagrammalar tashqil etish;
    Razriv stranitsi” – sahifani ajratish;
    Funksiya...” – funksiyalarni tanlash;
    Imya” – ishchi kitobga nom berish;
    Primechanie” – izohlar hosil qilish;
    Risunok” – tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;
    Karta” – xaritalar hosil qilish.
    Format” – bo‘limi Excel dasturida formatlashni, asosan, katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Bo‘lim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yo‘qotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. “Stil” bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma’lumotlarning berilishi va to‘ldirish usullari aniqlanadi hamda katakda yozuvlarning alifbosi va o‘lchamini belgilash mumkin.
    Servis” bo‘limi Officce muhitidagi amaliy dasturlarnikiga o‘xshash.
    Dannie” bo‘limi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangandir;
    Sortirovka” – qiymatlarni tartiblash;
    Filtr” – biror belgi yoki shart bo‘yicha saralash;
    Forma” – biror shaklda tartiblash;
    Itogi...” – yakuniy natijalarni aniqlash;
    Proverka...” – ma’lumotlarni tekshirish;
    Tekst po stolbsam...” – matni ustunlarga bo‘lish;
    Konsolidatsiya...” – qiymatlarni birlashtirish;
    Gruppa i struktura” – funksianal tizimlar olish;
    Svobodnaya tablitsa...” – natijaviy jadvallar tuzish;
    Vneshnie dannie” – tashqi ma’lumotlar kiritish.
    Mazku bo‘limning dastlabki ikki bandi ustun yoki star elementlarini biror belgi bo‘yicha saralash va tartiblash vazifasini bajaradi.
    Yozilgan sonlarni ustunlar va satrlar bo‘ylab o‘sish yoki kamayish tartibi bo‘yicha joylashtirish, matnlarni ham alfabit bo‘yicha tartiblash mumkin.
    Keyingi bandlar jadval elementlarini birlashtirish, yaxlitlash va ajratish, tashqi tarmoqlardan ma’lumotlar to‘plash uchun xizmat qiladi.




    1. Download 3,69 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Ilmiy-tadqiqot natijalarini AKT vositalari yordamida

    Download 3,69 Mb.