Ilmiy ish natijalarini va o’quv-uslubiy ishlarni MS Power Point yordamida rasmiylashtirish




Download 3,69 Mb.
bet11/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Ilmiy ish natijalarini va o’quv-uslubiy ishlarni MS Power Point yordamida rasmiylashtirish.

Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturi. Ushbu dastur grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi.

  • Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida:

  • qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;

  • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;

  • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35 millimetrli slaydlar;

  • cho‘ntak daftarchasi;

  • elektron prezentatsiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi 1987 - yilda chiqilgan bo‘lsa ham, prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o‘rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo‘shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni qo‘llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsin, xoh tajribali bo‘lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.


Microsoft Power Point taqdimotlarni tayyorlash va hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animatsiyalar hosil qilish mumkin.
Ma’ruza, biznes reja va hokazolar taqdimoti bo‘lib, har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kirib, matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point dasturi Microsoft firmasining prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish, ba’zi joylarda esa undan ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturda multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari ham bajariladi. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Prezentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o‘z xohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.
Slayd ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlaridir. Unda biror maqsadda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazma kompyuter ekranida, videomanitorda, katta ekranda namoyish qilinadi. Ko‘rgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jihozlar demakdir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Power Point dasturini ishga tushurish uchun “Pusk” - “Vse programmi” - «Microsoft Office» - “Microsoft Office Power Point” va natijada Power Point dasturi yuklanadi.
Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, Power Point dasturining interfeysi ham MS Word dasturi bilan deyarli bir xil. Faqat ishchi varag‘i slaydlar yaratish uchun moslangan. Power Point dasturining standart uskunalar panelidagi uskunalarining barchasi MS Word dasturining standart uskunalar panelidagi kabi bir xil bo‘lib, bir xil amalni bajaradi. Formatlash uskunalar panelida esa MS Word dasturida yo‘q bo‘lgan ba’zi bir uskunalar joylashgan. Quyida ana shu uskunalar va ularning bajaradigan amali to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Belgilangan sohada so‘zlarning o‘lchamini kattalashtirish.
Belgilangan sohadagi so‘zlarning o‘lchamini kichiklashtirish.
Slaydlar quruvchisi.
Slayd yaratish.
Power Point dasturida yangi taqdimot yaratish uchun fayl menyusiga kiramiz va u yerdan buyrug‘ini yoki standart uskunalar panelidagi uskunani sichqonchaning chap tugmachasi yordamida tanlaymiz yoki bo‘lmasa klaviaturadagi [Ctrl+N] tugmalari kombinatsiyasidan foydalanamiz.
Mavjud faylni ochish
Oldin saqlangan faylni ochish uchun
“Fayl” menyusiga kiramiz va u yerdan“Ochish” – [Ctrl+O] byrug‘ini yoki standart uskunalar panelidagi uskunani sichqonchaning chap tugmachasi bilan bir marta bosamiz. Natijada faylni ochish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan kerakli manzildan (disk yoki papkadan) faylni qidirib topamiz.
Shuni ham aytib o‘tish mumkinki, biror bir prezentatsiyani tanlashimiz bilan uning strukturasi qo‘shni oynada ko‘rinib turadi. Demak, biror bir faylni tanlab “Otkrit” – ochish tugmachasini sichqonchaning chap tugmachasi bilan bir marta bosamiz. Natijada tanlagan faylimiz ochiladi.
Slaydlarga rasm va boshqa ob’ektlarini qo‘yish
Power Point dasturida ham MS Word dasturidagi kabi rasmlar bilan ishlash paneli mavjud. Ushbu panelda rasmlar bilan ishlash oynasini chiqarish, fayldan rasm qo‘yish, shakllar chizish va turli xil avtofiguralarda foydalanish kabi bo‘limlari bor. “Avtofiguri” bo‘limida MS Word dasturinikidan farqli ravishda “Upravlyayushie knopki”, ya’ni boshqaruvchi tugmalar qismi ham joylashgan. Ushbu bo‘limdan biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan boshqarish tugmalarini o‘rnatishimiz mumkin. Boshqarish tugmalari deganda bir slayddan navbatdagisiga o‘tkazish yoki oxirgi slaydga o‘tkazish kabi ishlarni bajarish tugmalari tushuniladi. Bundan tashqari bu dasturda ham “Vstavka” menyusida “Risunok” bo‘limi joylashgan.
Ovoz yoki filmlar o‘rnatish. Power Point dasturining imkoniyatlaridan biri unda prezentatsiyalarga ovoz va filmlarni biriktirishdir. Buning uchun “Vstavka” menyusiga kiramiz va bu menyudan
Film i zvuk bo‘limini tanlaymiz. Natijada o‘ng tomonida yangi menyu ochiladi. Bu menyuda quyidagi bo‘lim va buyruqlar joylashgan:

  • Rasmlar kolleksiyasidan film o‘rnatish;

  • Fayldan film o‘rnatish;

  • Rasmlar kolleksiyasidan ovoz o‘rnatish;

  • Fayldan ovoz o‘rnatish;

  • Kompakt diskka ovoz yozish;

  • Ovoz yozish.

Misol tariqasida fayldan ovoz o‘rnatishni ko‘rib chiqaylik. Buning uchun Film i zvuk bo‘limini tanlaymiz. Natijada ovozli fayllarni qidirib topish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan biror bir ovozli faylni tanlab “OK” tugmasini bosamiz. Natijada so‘rov muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Agar ushbu so‘rov oynasidan “Avtomaticheski” tugmachasini tanlasak qo‘yayotgan ovozli faylimiz namoyish boshlanishi bilan avtomatik tarzda ishlaydi. Agar “Po щelchku” tugmachasini tanlasa qo‘ygan ovoz faylimiz sichqoncha yordamida ishga tushirilmaguncha ishlamaydi. Sichqoncha yordamida ishga tushirish degani ovoz znachogi ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosishdir.
Taqdimotni tayyorlash bosqichlari
1.Kerakli materiallar yig‘iladi (foto, video, musiqa, matnlar).
2.Papkani ochib materiallar ushbu papkada saqlanadi.
3.”Fayl” menyusida “Sozdat” [ctrl+N] orqali prezentatsiya yaratish. Bunda “Sozdat prezentatsiyu” muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
4. “Dizayn prezentatsii” vkladkasi orqali ixtiyoriy prezentatsiya turi tanlanadi va OK yoki Enter bosiladi.
5. Keyin “Sozdat slayd” muloqot oynasi paydo bo‘ladi, bunda slayd qanday turda yaratilishi tanlanadi va OK bosiladi.
6.Sichqonchani bir marta turtish orqali kerakli matn kiritiladi.
7. “Vistavka” menyusidagi “risunok” menyusidan “kartinki” yoki “standart” instrumentlar panelidagi “Dobavit kartinku” tugmachasi orqali “Microsoft Clip Gallery 3.0” dan kerakli rasm tanlanadi va “Vstavit” orqali slaydga qo‘yiladi. Ob’ekt o‘lchamlarini vizual o‘zgartirish mumkin.
8. “Vstavka” menyusidagi “Sozdat slayd” yoki “Standart” instrumental panelidagi “Sozdat slayd” orqali ikkinchi slayd yaratiladi.
9.Kerakli ob’ektlar, rasmlar, matnlar kiritiladi va bir nechta slayd yaratiladi. “Pokaz slaydov” menyusida slaydlar almashinish effekti tanlanadi. Bunda sekin “otkrivanie vpravo-vverx”, tertish orqali yoki avtomatik 2 sekunddan keyin slayd almashinishini tanlaymiz va “primenit ko vsem” orqali barcha slaydlarga tatbiq etamiz.
10. “Pokaz slaydov” menyusidagi “Nastroyka animatsii” bo‘limi orqali slaydlardagi ob’ektlar, so‘zlarning ekranda paydo bo‘lish turlarini tanlaymiz. Misol uchun, O‘zbek tili darsi so‘zlarining effkt vkladkasi orqasida “Vraщenie” effektining – “Poyavlenie teskta po slovam” turini tanlaymiz. “Vremya” vkladkasi orqali “Vklyuchit” yoki “Viklyuchit” orqali ob’ekt yoki tekstlar animatsiyaga kiritiladi yoki olib tashlanadi.
11. “Pokaz slaydov” menyusidagi “Pokaz” qism menyusi orqali prezentatsiya namoyish qilinadi.



Download 3,69 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy ish natijalarini va o’quv-uslubiy ishlarni MS Power Point yordamida rasmiylashtirish

Download 3,69 Mb.