• Ilmiy unvon
  • 2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan talablar
  • Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari




    Download 3,69 Mb.
    bet14/69
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,69 Mb.
    #228151
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
    Bog'liq
    ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    Ilmiy daraja (I.d.): muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malaka darajasi. O`zbekistonda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalarti ta’sis etilgan edi. Hozir O’zR Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to’g’risidagi” Farmoniga muvofiq falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of science) ilmiy darajasi ta’sis etilgan. I.d. yuqori malakali ilmiy xodimlarga fanni boyituvchi tadqiqot ishlari, ilmiy muammolarni amaliy yoki nazariy jihatdan hal qila oladigan mustaqil ilmiy tadqiqoti uchun beriladi.
    I.d. muammolarning ilmiy asoslanganligiga bag’ishlangan dissertatsiyalarning maxsus ilmiy kengashlarda ochiq himoya natijasi asosida maxsus ilmiy kengash va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi (OAK) ekspert kengashi tavsiyasiga binoan, oliy ma’lumotga ega bo`lgan shaxslarga OAK tomonidan beriladi.
    Ilmiy darajalar O`zbekistonda fan, texnika va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun chet ellik olimlarga ham beriladi.
    Ilmiy unvon: oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari va ilmiy tekshirish institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon.
    O`zbekistonda oliy o`quv yurtlarida dotsent va professor, ilmiy tekshirish muassasalarida katta ilmiy xodim va proffessor ilmiy unvonilari joriy etilgan.
    Proffesor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo`lgan va oliy o`quv yurti yoki ilmiy tekshirish muassasasida pedagogik yoki ilmiy tekshirish ishlarini bajarish jarayonida etarli malaka ko`rsatgan shaxslarga oliy o`quv yurtlari va ilmiy tekshirish institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan O`zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan beriladi.


    2. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va uning mazmuniga quyiladigan talablar
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan “Magistratura to`g’risidagi Nizomda”: “Dissertatsiya talabaning ta`lim dasturlarini o`zlashtirishni yakunlovchi va o`qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi”- deb ko`rsatilgan.
    Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak:

    • titul varaq;

    • ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;

    • mundarija;

    • kirish;

    • asosiy qism;

    • xulosa;

    • adabiyotlar ro`yxati;

    • ilovalar (mavjud bo`lsa).

    Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim:

    • magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;

    • tadqiqot ob`ekti va predmeti;

    • tadqiqot maqsadi va vazifalari;

    • ilmiy yangiligi;

    • tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;

    • tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);

    • tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi;

    • tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;

    • ish tuzilmasining tavsifi.

    Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar hajm jihatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim:

    • tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;

    • tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;

    • tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

    Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
    Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.
    Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg’on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim.
    Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo`lishi lozim:

    • qatorlar oralig’i — 1,5 sm;

    • yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng tomondan 2 sm;

    • xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.

    Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.
    Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.
    Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o`tkaziladi.
    Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul’tet O`quv-metodik kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin.

    Download 3,69 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari

    Download 3,69 Mb.