• O`zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish
  • -Mavzu. Tadqiqot natijalarini matematik qayta ishlash




    Download 3,69 Mb.
    bet12/69
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,69 Mb.
    #228151
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
    Bog'liq
    ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    4-Mavzu. Tadqiqot natijalarini matematik qayta ishlash

    1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis va uning fan, ta`lim, madaniyat va sport bo`yicha qo`mitasi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ–2789-son Qarori, ilmiy daraja, ilmiy unvon, magisterlik dissertatsiyasi
    O`zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish
    O`zbekistoning mustaqillik yillarida ta`lim tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko`tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz ta`limga, islohotlarning barcha bosqichlari uchun ham, ustuvor soha deb qarab kelmoqda.
    O`zbekiston tarixan olganda tadqiqotlari natijalari bilan sivilizatsiyaning ko`p asrlik taraqqiyotini oldindan belgilab bergan, tabiiy va gumanitar sohada jahonga buyuk allomalarni in`om etgan, dunyo tan olgan ilmiy maktablarning vorisi sifatida, bugungi kunda ham mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining murakkab masalalarini hal etishga qodir ulkan salohiyatga egadir.
    Bizning respublikamizda ilmiy tadqiqot rivojlanishini asosiy yo`nalishlarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (O`zRVM) qarorlari bilan aniqlab beriladi. O`zRVM davlat boshqaruvining oliy organi sifatida yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy rahbarligini olib boradi, yurtimizda fan va texnika umumiy siyosatini ta`minlaydi, axborotlar ishlab chiqarishni tashkillashtiradi, ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning asosiy yo`nalishlarini aniqlaydi, ilmiy tadqiqot ishlarining samadorligini oshirish uchun qarorlar qabul qilib, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etishni tashkillashtiradi.
    Ilmiy izlanishlarining umumiy qonunchiligini qabul qilish, tashkillantirish va rivojlanishinining umumiy boshqarilishi Oliy Majlis va uning fan, ta`lim, madaniyat va sport bo`yicha qo`mitasi tomonidan bajariladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 17 fevraldagi PQ–2789-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida»gi 2017 yil 19 maydagi 302-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etildi.

    Download 3,69 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. Tadqiqot natijalarini matematik qayta ishlash

    Download 3,69 Mb.