• Mustaqil ishni rasmiylashtirish qoidalari
  • Mustaqil ishni tashkil etish shakli va uning mazmuni




    Download 3,69 Mb.
    bet51/69
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,69 Mb.
    #228151
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
    Bog'liq
    ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    1. Mustaqil ishni tashkil etish shakli va uning mazmuni
    Talabalarga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi:

    • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;

    • tarqatma materiallar bo’yicha ma'ruzalar qismini o’zlashtirish;

    • maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

    • yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayon va texnologiyalarni o’rganish;

    • talabalarning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;

    • faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv adabiyotlaridan foydalana olish;

    • masofaviy (distantsion) ta'limdan samarali foydalana olish.

    1. Mustaqil ishni rasmiylashtirish qoidalari

    Mustaqil ish doirasida berilayotgan mavzular talabalarda fan doirasida chuqur bilimga ega bo’lish, ishlab chiqarish korxonalarida mazkur dasturning qollanilishi va uning ko’rinishlari haqida ma'lumotga bo’lish imkoniyatini yaratadi. U talabaning nazariy va amaliy mashg’ulotlarda olgan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, professor-o’qituvchilar rahbarligida ishlab chiqarish korxonalarida uchraydigan ayrim muammolar doirasida adabiyotlar bilan tanishish va imkon darajasida, muammo yechimi doirasida izlanishlar olib borishga undaydi.
    Mustaqil ish tavsiya etilgan mavzular yoki talaba professor-o‘qituvchi bilan maslahatlashgan holda tanlagan mavzuda referat shaklida tayyorlanadi. Mustaqil ishning umumiy hajmi Times New Roman – 12 shriftida 1.5 intervalda 35-40 sahifa bo‘lishi shart. Mustaqil ish talaba tomonidan elektron shaklda va chop qilib tikilgan holda topshiriladi va kafedra kabinet mudiri tomonidan mustaqil ishlarni qayd etish daftarida qayd qilininadi. U professor-o‘qituvchi belgilagan muddatda (reyting jadvali asosida) kafedraga topshiriladi.
    Professor-o‘qituvchi mustaqil ishni tekshirib chiqadi va kamchiliklari yo‘q bo‘lsa (reyting jadvali asosida) himoya qilish kunini belgilaydi. Kamchiliklari mavjud bo‘lgan mustaqil ish kabinet mudiri tomonidan talabaga qayta ishlash uchun qaytarib beriladi.
    3. Mustaqil ishlarning mazmuniga qo‘yiladigan talablar

    Mustaqil ishning tanlangan mavzu bo‘yicha mazmuni quyidagi shaklda yoritiladi:

    • Kirish;

    • Asosiy qism:

    • Dasturni o’rnatish;

    • Dastur interfeysidan foydalana olish;

    • Ishchi muhitda ishlash.

    • Xulosa;

    • Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yhati.


    Download 3,69 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishni tashkil etish shakli va uning mazmuni

    Download 3,69 Mb.