Buglatish jarayonining statik modeli
Vertikal trubkali buglatish kurilmalarini optimal loyixalash paytida jarayon parametrlarini trubkalar balandligi buyicha taksimlanish xarakterini urganish muxim axamiyatga ega. Tadkikotlarda jarayonning aniklovchi texnologik parametrlari sifatida eritma konsentratsiyasi (a) va xarorati (t) kabul kilinadi. Ushbu parametrlarni trubkalar balandligi (h) buyicha taksimlanishini urganish jarayon statikasini matematik modellashtirish yuli bilan amalga oshiriladi.
Ushbu maksadda kizdirish trubkalari ichida kechadigan jarayonning xususiyatlari urganiladi. Jarayonni statik modelini shakllantirish uchun boshlangich j-1 va oxirgi j - chegaralarga ega bulgan h balandlikdagi trubalar uchastkasini ajratib olamiz (5.6-rasm).
Ushbu xolat uchun jarayonning issiklik balansini tuzamiz:
Qj-1 + Qwj-1 + QD = Qj + Qwj-1 ; (5-16)
bu erda Qj-1 = Gj-1cj-1tj-1 - trubkaning j-1 chegarasiga kirib kelayotgan suyuklikni issikligi; Qwj-1 = Wj-1 iwj-1 – ushbu chegaradagi ikkilamchi bugning issikligi; QD = kF(tkn - tj-1) - issiklik uzatish yuli bilan trubka devoridan suyuklikka berilayotgan issiklik mikdori; Qj = Gj cj tj - trubkaning j chegarasini tark etayotgan suyuklik issikligi; Qwj = Wj iwj – ushbu suyuklik tarkibidagi ikkilamchi bugning issikligi; Gj-1 = G0 ao / aj-1; Gj = G0 ao / aj; Wj-1 = G0(1 - ao / aj-1); Wj = G0(1 - ao / aj) -suyuklik va ikilamchi bug sarflari; F = dinh - elementar uchastkani kizdirish yuzasi; di- trubkani ichki diametri; n- trubkalarning umumiy soni.
Elementar uchastkaning issiklik balansi tenglamasini kengaytirilgan shakli kuyidagicha buladi
Gj-1cj-1tj-1 + Wj-1 iwj-1 + kF(tkn - tj-1) = Gj cj tj + Wj iwj .
Ushbu tenglamaga jarayonni konstruktiv-texnologik parametrlari ifodalarini kiritsak
G0 (ao / aj-1) cj-1tj-1 + G0 (1- ao / aj-1) iwj-1 + kF(tkn - tj-1) –
-G0 ( ao / aj) cj tj - G0(1- ao / aj-1) iwj = 0. (5-17)
Bir kator matematik shakl uzgartirishlardan sung kuyidagi tenglamaga ega bulamiz
G0 ao [(iwj - cjtj)/aj- (iwj-1 - cj-1tj-1)/aj-1 – (iwj -iwj-1)/ao]=kdinh(tkn - tj-1).
Ushbu tenglamaning xar ikkila tomonini h ga bulsak
G0 ao(1/h)[(iwj - cjtj)/aj- (iwj-1 - cj-1tj-1)/aj-1 – (iwj -iwj-1)/ao] = = kdin (tkn - tj-1)
va aj = aj-1 + a; tj = tj-1 + t; iwj = iwj-1 + iw ekanligini etiborga olsak
G0 ao(1/h)[( iw - (ct)/a) + iw / ao] = kdin (tkn - tj-1)
yoki
G0 ao(/h)[(iw – c t)/a) + iw/ao] = kdin (tkn - tj-1) .
Orttirmadan differensialga utsak
G0 ao(d/dh)[(iw - c t)/a) + iw/ao] = kdin (tkn - tj-1) . (5-18)
Ushbu (5-18) tenglama berilgan konstruktiv-texnologik parametrlarga (G0, ao, t0, di, n) ega bulgan buglatish kurilmasining trubalari balandligi buyicha jarayon parametrlarining taksimlanishini ifodalaydi.
Ushbu tenglama tarkibiga kiruvchi kattaliklarning matematik ifodalarini kurib chikamiz.
Kizdiruvchi suv bugini doimiy bosim Rb (kPa) ostida kondensatsiyalanish xarorati kuyidagi emprik tenglama buyicha xisoblanishi mumkin
tkn = 86 + 0.15 Rb . (5-19)
Kuyultirilayotgan eritmani kaynash xarorati uning konsentratsiyasi
va kurilmadagi ishchi bosim Ra kiymatlaridan boglik
t = f (a, Ra) (5-20)
bulib, uning kiymati maxsulot turiga kura, ma’lumotnomalardan aniklanadi yoki emprik tenlamalari buyicha xisoblanadi.
Buglatish jarayonida xosil buluvchi ikkilamchi bugning entalpiyasi (kJ/kg) eritmani kaynash xaroratidan boglik
iw = f (t ) . (5-21)
Eritmaning isiklik sigimi s [kJ/(kg S)] uni kaynash xarorati va konsentratsiyasidan boglik buladi va kuyidagicha xisoblanadi
s = f (t, a) . (5-22)
YUkoridagi (5-18), (5-19), (5-20), (5-21) va (5-22) tenglamalarni bitta umumiy sistemaga birlashtirsak buglatish jarayoni statikasini tavsiflovchi matematik modelga ega bulamiz:
G0 ao(d/dh)[(iw - c t)/a) + iw/ao] = kdin (tkn - tj-1);.
tkn = 86 + 0.15 Rb;
t = f (a, Ra);
s = f (t, a);
iw = f (t ) . (5-23)
Ushbu matematik model yordamida vertikal trubkali buglatish kurilmalarida kechayotgan jarayonlarni taxlil kilish, jarayon parametrlarini trubkalar balandligi buyicha taksimlanishini urganish va optimal ishchi yuzaga Fopt = dinhopt ega bulgan kurilmalarni loyixalash mumkin. Bundan tashkari, mazkur model yordamida turlicha ish unumdorligi (G0, ao, aj) va ishchi yuzaga ega bulgan, ishlash prinsipi kutariluvchi suyuklik katlamiga asoslangan, buglatish kurilmalarining samaradorligini xam taxlil kilish imkoniyati mavjud.
Mazkur xolat uchun optimallik kriteriysi sifatida kurilmalarni birlik ish unumdorligi (G0/F) kabul kilinadi. Bu paytda kurilmalarning berilgan konstruktiv-texnologik parametrlari (di, n, G0, ao, to, Rb) buyicha trubkalarni zaruriy balandligi hopt aniklanadi.
|