• Jizzax-2024 yi Mundarija Kirish BOB
  • BOB. O‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish metodikasi.
  • Xulosa…
  • Texnologik ta`lim




    Download 5,9 Mb.
    bet1/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #246034
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish


    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

    “TEXNOLOGIK TA`LIM” BAKALAVR YOʻNALISHI




    KURS ISHI


    Mavzu: 7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish.

    Talaba: Norboyeva Aziza Xazratkulovna


    Jizzax-2024 yi
    Mundarija


    Kirish



    1. BOB. O‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatishning pedagogik –psixologik tahlili.

      1. Metallarga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi, ahamiyati va tahlili…8

      2. Metallarga qo‘lda ishlov berish asboblari, konstruksiyalash elementlari tahlili………………………………………………………………….18

      3. Metallarga qo‘lda ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari….…44



    1. BOB. O‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish metodikasi.

      1. O‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalar……………………………………………………..…..49

      2. O‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatishning na’munali dars ishlanmasi ………………64


    Xulosa…………………………………………………………………65
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ..............................................67
    K I R I S H
    Bugungi o’rta maktablarni O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” to’g’risidagi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida umumiy va o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq qayta qurish boshlandikim, bu oiliy maktablarga ham bir qator yangiliklarni olib kelmoqda . Bu bugungi kunda respublikamiz maktablarida texnologiya ta’limini o’qitishni yaxshilash va buning uchun o’quv samaradorligini oshirishni ko’ndalang qo’ymoqda .
    Texnologik ta’limi bo'yicha Davlat ta’lim standartida umumiy o'rta ta’lim maktablarida texnologik ta’limi va kasb tanlashga yo'naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o'quvchilarning texnologik ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasining me’yorlari ifodalanadi.
    Texnologik ta’limi fanini o'qitishning maqsadi:
    -o'quvchilarni aqliy va jismoniy texnologik turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki texnologik ko'nikmalari va malakalarini, texnologikga qiziqish va texnologik sevarlikni shakllantirish, ularni texnologik va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushinishga o'rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish;
    - xalq xo'jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to'g'risida bilimlar berish, texnologik faoliyatining turli sohalari bilan amaliy texnologik orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalariga o'rgatish;
    -turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o'rgatish, o'lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumotnomalardan foydalana olish, texnologik amaliyotlarini bajarish, olingan natijalarni qo'yilgan talabalar bilan taqqoslash orqali chiqarishga o'rgatish;
    -o'quvchilarni bilimga intilish va texnologikga muhabbat, texnologik kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;1
    - texnologik ta’limi kasbgacha tayyorlash jarayonlarida axborot texnologiyalari va kompyuter texnikasi, yangi texnologiya va jihozlarning qo'llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o'rganishlarini ta’minlash.
    O'quvchilar ta’minlanishi zarur bo'lgan texnologik ta’limi va kasblarga yo'naltirish ta’limi mazmuni umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarga beriladigan texnologik ta’limi mazmuni negizini ifodalaydi. Ushbu ta’lim mazmuni har bir hududda mavjud bo'lgan ishlab chiqarish sohalari mazmuniga mos holda o'quv dasturi va darsliklari yaratishda asosiy mezon vazifasini bajaradi va uni amalga joriy etish uchun xizmat qiladi.
    Texnologik ta’limi va kasbga yo'naltirish ta’limi mazmuni quyidagi beshta yo'nalishlarga bo'linadi:
    1.Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi.
    2.Metallga ishlov berish texnologiyasi .
    3.Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi .
    4.Pazandachilik asoslari.
    5.Qishloq xo'jalik asoslari.
    Ushbu har bir texnologik yo'nalishlari xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo'naltirish bilan yakunlanadi.
    O'rta umumta’lim maktablarida umum majburiy fanlar qatorida Texnologik ta’limini o'qitishning o'ziga xos muammolari mavjud. Ular darsda va darsdan tashqari o'quv jarayonini takomillashtirish, amaliy o'qitish saviyasini oshirish har bir bo'lim va yo'nalish bo'yicha mahalliy region xususiyatlaridan kelib chiqqan holda darslarni tashkil qilish va boshqa shu kabi muammolarni yechimi Texnologik ta’limi jarayonida o'quvchilarni o'quv mahoratini oshirishini ta’minlashga qaratilganligidir. Demak texnologik ta’limi zamon talabi asosida rivojlanish taraqqiyotini hisobga olgan amaliy o'qitish saviyasini oshirish bugungi kunning dolzarb muammosi bo'lib qolmoqda.
    Umumiy o'rta ta’lim muassasalari o'quv ta’lim maktablarining o'quv rejasida texnologik ta’limi o'quv faniga 1-4 sinflardan haftasiga bir soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga bir soatdan hammasi bo'lib 408 soat vaqt ajratilgan.
    O'quvchilarni texnologikga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari yog'ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, badiiy texnologik texnologiyasi va mashina elektrlari yo'nalishlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari ko'zda tutilgan .
    5-7-sinflarda o'quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradigan o'quv kurslari o'quvchilarda milliy madaniyat va an’analariga mehr -muhabbat uyg'otadi. 8-9- sinflarda kasb-hunarlarga yo'naltirish kursi ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini kengaytiradi. Kasb ta’limi yo'nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko'maklashadi.
    Texnologik ta’limining mazmuni va vazifalarini belgilashda 1999 -yili ishlab chiqilgan o'rta ta’limning Davlat ta’limi standartlariga asosan ishlab chiqilgan.

    Download 5,9 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 5,9 Mb.