• Texnika va konstruktsiyalash elementlari. Buyumlarni tayyorlash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash.
  • Texnologik ta`lim




    Download 5,9 Mb.
    bet6/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #246034
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

    12-rasm.Quvurlarni temir arra bilan qirqish usullari: a) yog`och bruslar bilan;
    b) metall list yordamida


    Maktab ustaxonalarida qattiq metallarni maxsus abraziv doiralar yordamida qirqish mumkin. Uning uchun abraziv doirani elektr charxlagich yoki elektrodrelga o’rnatish kerak bo’ladi. (13-rasm, a, b).Shpindelning aylanish chastotasi 1500-3000 ayl/min bo’lishi kerak.

    13-rasm. Metallni doira bilan qirqish: a) elektrodrel yordamida;


    Texnika va konstruktsiyalash elementlari. Buyumlarni tayyorlash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash.
    Mashina va mexanizmlarning bir bo’lak ashyodan yasalgan qismlari detallar deb ataladi. Mashina va mexanizmlardagi detallar ikki guruhga bo’linadi. Ko’p mashinalarda qo’llanadigan detallarni tipovoy detallar, ayrim mashinalardagina qo’llanadigan detallarni esa maxsus detallar deyiladi.
    Tipovoy detallar (vintlar, gaykalar, boltlar va hokazolar) Mashinaning qismlarini biriktirish uchun, (vallar, tishli g`ildiraklar, yulduzchalar, shkivlar va hokazolar) harakatni uzatish uchun xizmat qiladi.
    Bolt—olti qirrali yoki kvadrat shakldagi boshchali o’zak bo’lib, uning bir qismi gaykani burab qo’yish uchun rezbalangan bo’ladi.
    Shpilka ikki uchi rezbalangan o’zak bo’lib, uning bir uchi valning asosiga burab kiritiladi, ikkinchi uchi mustahkamlanadigan detalning teshigidan o’tkaziladi va unga gaykani burab qo’yiladi. Ba’zi hollarda detallar ikki uchiga gayka buraladigan shpilka bilan mustahkamlanadi.
    Gayka—rezba ochilgan teshikli detallar va u rezbali biriktirishga xizmat qiladi.
    Vint—rezbali va boshchali o’zak ko’rinishidagi mustahkamlovchi detal bo’lib, uning rezbali qismi detallardan birining ichidagi rezbaga burab kiritiladi.
    Val—mashinaning detali bo’lib, burovchi momentni o’z o’qi bo’yicha ko’chirish uchun, shuningdek, u bilan birga tanlanadigan detallarni tutib turish uchun mo’ljallangan o’zi bilan birga yoki o’z atrofida aylanadigan detallarni tutib turishi va burovchi momentni uzatmasligi bilan valdan farqlanadi.
    Shkiv-tasmali uzatmaning keng to’g`inli g`ildirak ko’rinishidagi detalidir.
    Podshipnik-vallar, o’qlar erkin aylanishini ta’minlaydigan tayanchning qismidir. Ishlash prinsipiga ko’ra sirpanish podshipniklari va dumalash podshipniklari bo’ladi.
    Tishli g`ildirak tishli mexanizmning zvenosidir. U tishlarning yopiq sistemasiga ega bo’ladi va detaldagi boshqa zvenoning (g`ildirakning, repkaning va hokazolarning) uzluksiz harakatlanishini ta’minlaydi. Shakliga ko’ra silindrsimon va konussimon tishli g`ildiraklarga bo’linadi.
    Detallarni biriktirish:
    Mashinalarni tashkil qiluvchi detallar har xil usullarda biriktiriladi. Ayrim detallar ko’zg`almas qilib biriktirilsa, ayrim detallarni bir-biridan ajratish va qaytadan birlashtirish mumkin. Yana ayrim detallarni bir-biriga nisbatan suriladigan qilib biriktiriladi.
    Ajralmaydigan birikmalar hosil qilishda kavsharlash, bir detalni ikkinchisining ustiga presslash, parchinlash va ko’proq gaz yoki elektr payvandlash usullari qo’llanadi (16-rasm).

    16-rasm. Ajralmas birikmalar:
    a — parchinlangan, 6 — paygandlangan.
    Odatda ajraladigan birikmalar gaykali boltlar, shpilka yoki vintlar yordamida amalga oshiriladi (17-rasm).

    17-rasm. Ajraladigan rezbali birikmalar:
    a - bolt bilan biriktirilgan detallar, b—vint bilan biriktirilgan detallar, v — shpil’ka bilan biriktirilgan detallar.



    Download 5,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 5,9 Mb.