Texnologik ta`lim




Download 5,9 Mb.
bet8/18
Sana20.05.2024
Hajmi5,9 Mb.
#246034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

Metall qirqish asboblari. Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o‘lchami va ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi. Chilangarlik qaychilari dastaki va richagli (mexanik) qaychilarga bo‘linadi. O‘quv ustaxonalarida, ko‘pincha dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar (1-rasm) dasta va tig’ (ish qism) lardan iborat bo‘lib, U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi. Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo‘lgan temir tunukalar va qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. Dastaki qaychilar o‘naqay va chapaqay bo‘ladi. O’naqay qaychining pastki tig‘i o‘ng tomonda, chapaqay qaychiniki esa chap tolonda joylashgan bo‘ladi. O’naqay qaychi bilan soat strelkasi yo‘nalishida, chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo‘nalishda qiyiladi. Qaychi tig‘lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar uchun 60—65°, temir tunukalar uchun 70—75 burchak ostida charxlanadi. Qaychi tig‘larini o‘rnatganda ular orasida 0,2 mm zazor qoldiriladi. Tig‘lar orasidagi zazor ortib ketsa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bo‘shab ketsa, uni qotirib olish kerak. Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qo’yiladigan metallning qalinligiga qarab qaychini qo‘lda tutib yoki tiskiga o‘rnatib olib qiyish mumkin. Dastaki qaychilar bir qator afzalliklariga ko‘ra qaychini tiskiga o‘rnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va to‘g‘ri qiyiladi. Qalinligi 1 mm dan ortiq temir tunuka va listlarni qiyishda richagli qaychilar bilan bir qatorda kundaga o‘rnatiladigan qaychilardan foydalanish qulaydir, chunki ularning dastasi (yelkasi) uzun ) uzun bo‘lib, qiyish vaqtida ortiqcha kuch qo‘yilmaydi.



Bolg`aning muhrasi kvadrat va doira shakllarida bo’lib, ular bilan asosiy ish zarba berish bajariladi. Bolg`a bilan zubiloning kallagiga uriladi (26-rasm). Bolg`ada dasta uchun teshik ochiladi. Bolg`aga o’rnatilgan dastaning uchiga yog`och yoki metall pona qoqib mahkamlanadi. Bunday dastani qizil, chetan, oq qayin, zarang va boshqa qattiq hamda bukiladigan daraxtlarning yog`ochlaridan tayyorlash mumkin. Dastaning yog`ochi to’g`ri va quruq (namligi 12 gacha) bo’lishi, unda yoriqlar va ko’zlar bo’lmasligi, sirti yaxshi silliqlanishi, unga alif shimdirilishi kerak. Qirish vaqtida bolg`ani o’ng qo’l bilan dastasining uchidan 15-20 mm qoldirib ushlash lozim (27-rasm). Qirqishda bolg`a bilan urishning uch xil usuli qo’llaniladi. Ularni: panja zarbi, tirsak zarbi va yelka zarbi deb ataladi. Panja zarbi faqat qo’l panjasining harakati bilan amalga oshiriladi va bu usul juda yupqa qirindilar chiqarishda, g`adir-budirliklarni hamda ozg’in bo’rtiqlarni yo’qotishda qo’llanadi.



Tirsak zarbi qo’lning tirsakdagi harakati bilan (qo’l barmoqlarini yozib va siqib, panjani, bilakni, yuqoriga ko’tarib va pastga tushirib) bajariladi



Download 5,9 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 5,9 Mb.