• Chilangarlik chekichi (kerner
  • To’g`ri chiziqli sirtlarni egovlash




    Download 5,9 Mb.
    bet9/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #246034
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

    To’g`ri chiziqli sirtlarni egovlash
    Egovlashni boshlashdan oddin ish o’rnini to’g`ri tashkil qilish va avvalo undagi barcha asboblar hamda zagotovkalarni maqsadga muvofiq tartibda joylashtirish lozim. Shundan keyin rejalangan zagotovkani tiskiga mahkamlab o’rnatish kerak. Bunda ishlov beriladigan sirt tiskining jag`laridan yuqoriroqda turishi shart. Egovlashni bajarishda to’g`ri ish holatida turish zarur (19-rasm). Bunda verstakka nisbatan yarim o’girilgan holda va undan 150-200 mm oraliqda, chap oyoqni oldinga egov harakatining yo’nalishi bo’yicha qo’yib turiladi.




    Egovning dumaloqlangan qismi o’ng qo’lning kaftida turadi (20-rasm). To’rtta barmoq bilan dastani ushlab, bosh barmoq bilan uni tepasidan bosib turiladi. Chap qo’lning barmoqlarini ezib egovning uchidan 20-30 mm beriga qo’yiladi. Ishlash vaqtida egovni ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va uning oldinga harakatlanishi yurishi, orqaga harakatlanishi - salt yurish bo’ladi. Ish yurishi jarayonida asbobni zagotovkaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi. Uni faqat yotiq holatda yurgazish kerak. Egovga bosiladigan kuch uning holatiga bog`liq bo’lishi lozim (21-rasm). Ish yurishining boshlanishida chap qo’l bilan o’ng qo’lga nisbatan qattiqroq bosiladi. Zagotovkaga egovning yarmi borganida esa uning uchiga va dastasiga taxminan bir xil kuch bilan bosiladi. Ish yurishining oxirida o’ng qo’l bilan chap qo’lga nisbatan qattiqroq bosiladi.






    Egovlashning bir necha usullari bor. Ularni ko’ndalang, bo’ylama, ikki yoqlama va aylanma egovlash deb ataladi. Ko’ndalang egovlash (22-rasm) katta qo’yimlarni olib tashlashda bajariladi. Bo’ylama egovlashda ishlov berilgan sirtlarning to’g`ri chiziqli bo’lishi ta’minlanadi. Egovlashning ana shu ikkala usulini baravar qo’llash yanada ma’qulroqdir. Bunda oldin ko’ndalangiga va keyin bo’ylamasiga egovlanadi. Kesishuvchi shtrixlar bo’yicha egovlash ishning borishini va sifatini yaxshiroq nazorat qilish mumkin. Buning uchun oldin chapdan o’ngga qiya shtrixlar bo’yicha egovlanadi, keyin ishni to’xtatmay, to’g`ri shtrixlar bo’yicha egovlanadi va nihoyat, yana qiya shtrixlar bo’yicha, lekin o’ngdan chapga egovlanadi. Egovlash to’g`ri bajarilganini chizg`ich, shtangenstirkul yoki go’niya bilan tekshiriladi (23-rasm). Go’niyani qo’yilganda u bilan detal orasida tirqish ko’rinmasa, sirt tekis va to’g`ri chiqqan bo’ladi. Yassi sirtlarni egovlashda nuqsonlarga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagi talablarga rioya qilish shart:


    1. Zagotovkani yotiq tekislikka o’rnatish kerak.
    2. Sirtlarni egovlashda yuqorida ta’riflangan usullarni to’g`ri bajarish lozim. Sirtlarni egovlashda ishning sifatini chizg`ich yoki go’niya bilan vaqti-vaqtida tekshirib turish zarur. Zagotovkaning egovlangan sirtini tiski jag`ining tishlari ezmasligi uchun uni qistirmalar orasiga olib tiskiga o’rnatish kerak.
    Xomaki materiallarni egovlab silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda dastlab yirik tishli egovlar ishlatiladi. Ular bilan sirtlarning aniqligi 0,2—0,5 mm gacha keltirilib, so‘ngra mayda tishli egovlar bilan egovlashga o‘tiladi va sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0,1 mm ga keltiriladi. Talab etilishiga qarab mayin tishli egovlar bilan egovlanadi, shaberlab sirtlarning silliqligi, aniqlik darajasi orttiriladi.
    Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan, ba’zan SHX15 yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan 100, 125, 150, 200, 250, 300, 350 va 400 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi, ularga tish chiqarilgandan so‘ng termik ishlov beriladi.
    Egovlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (10-rasm): ish qismi, uchi, qirra, yoq, bandi (quyruq), dasta.
    Ular zarang, qayrag‘och, qayin, chinor, yong‘oq kabi yog‘ochlardan yoki presslangan qog‘oz, plastmassalardan tayyorlangan dastalar bilan dastalanadi. Presslangan qog‘oz va plastmassalar yorilmasligi bilan yog‘ochlardan farq qiladi. Dastasiz egovlar ishlatilmaydi. Dastalar yorilmagan, darz ketmagan, butoqsiz, sirti silliq, aliflangan yoki laklangan bo‘lishi kerak. Dastaning uzunligi va yo‘g‘onligi egovning o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak. Egovni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
    1. Egovlarni biror buyumga urmaslik kerak. Bu tishlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
    2. Egovlarni bir-biri ustiga qo‘ymaslik, ularni yog‘och tagliklarga terib qo‘yish kerak.
    3. Qattiq metallarni yoki toblangan detallarni egovlamaslik kerak, chunki egov o‘tmaslanadi.
    4. Egovga va egovlanadigan sirtga moy yoki boshqa moyli moddalar tegmasligi kerak. Moylangan egov egovlamaydi, balki sirpanib ketadi. SHuning uchun Egovlarni qo‘l bilan artmaslik kerak, chunki qo‘lda moy pardasi bo‘ladi. Moyli qirindi egov tishlari orasiga kirib uni o‘tmaslab qo‘yadi.
    5. Egov zanglab qolmasligi uchun uni nam ta’siridan sallash kerak.
    6. Egovlarning tezda ishdan chiqmasligining oldini olish uchun zanglagan sirtlarni egovlashdan oldin tozalash kerak. Sirtlar zangdan sim cho’tka bilan tozalanadi
    7. Yumshoq va qovushoq metallarni egovlashda egov tishlari orasiga qirindi to‘lib qolmasligining oldini olish uchun ishdan oldin egovlarga bo‘r surtib olinadi. (alyuminiyni egovlashda stearin surtiladi)
    8. Egovlarni doimo tozalab turish kerak. Egovlash vaqtida qirindi tiqilib qolmasligi uchun egovni uchi bilan dastgohga tez-tez urib turiladi.
    9 .Egovlar sim cho’tka yoki alyuminiy, jez va boshka yumshoq metalldan tayyorlangan qirg’ich bilan qirib tozalanadi(11-rasm).
    Chilangarlik chekichi (kerner). Reja chiziqlarini о‘chib ketishini hisobga olib, ularning ustidan nuqta tushirish, markazlarni belgilash, parma о‘rnini chekish uchun ishlatiladi. Uzun о‘lchamdagi rejalar 25, 60, 100 mm oraliqlarda, qisqa о‘lchamdagi, shuningdek, egri chiziqli rejalarni 5–10 mm oraliqlarda chekiladi.

    Metallarni qirqish ishlari metall qirqish asboblari yordamida amalga oshiriladi. Ular sirasiga chilangarlik qaychilari, arralari, zubilo, kreysmeysel kabilarni kiritish mumkin. Turli qalinlikdagi metallarni qirqish ishlarini bajarishda, asosan, zubilo va kreysmeysel asboblaridan foydalaniladi.



    Download 5,9 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 5,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’g`ri chiziqli sirtlarni egovlash

    Download 5,9 Mb.