Texnologik ta`lim




Download 5,9 Mb.
bet10/18
Sana20.05.2024
Hajmi5,9 Mb.
#246034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

Zubilo va kreysmeysel. Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va
tarashlanadi (36-rasm). Zubilo ish qismi (tig‘), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo‘lib, asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi. U 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig‘ning eni mos ravishda, 10, 15, 20 va 25 mm ni tashkil etadi. Kreysmeysellar tor ariqcha (kanavka), shponka pazlarini ochishda, ichki konturlarni tarashlashda ishlatilib, zubilodan tig‘ining ensizligi hamda tanasining qalinligi bilan farq qiladi. Ularning materiali hamda o‘tkirlik burchagi zubiloniki bilan bir xil bo‘ladi. Metallarni zubilo yordamida qirqish ikki xil usulda: tiski yordamida va sandon ustida amalga oshiriladi. Bu usullar bilan qirqishda list, lenta, polosa, chiviq kabi metall materiallardan keyinchalik tayyorlanadigan detal va buyumlar uchun zagotovkalar tayyorlanadi.



1. Metallarni tiski yordamida qirqish
2. Zagotovkani kerakli o‘lchamda rejalab olish.
3. Metallni tiskiga o‘rnatish. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:

  • Reja chizig‘i tiski jag‘lari tekisligida yotishi lozim. Uning qiyshiq, ya’ni tiski jag‘laridan yuqori yoki pastda joylashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;

  • Metallning qirqib tashlanadigan qismi tiski jag‘laridan yuqorida, ishlatiladigan qismi esa tiski jag‘lari orasiga o‘rnatiladi. Aksincha o‘rnatilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi;

  • Qirqiladigan metall tiski jag‘laridan enli bo‘lsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap tomonga chiqarib o‘rnatiladi va kesish davomida o‘ng tomonga surib boriladi. Metallni tiski jag‘laridan o‘ng tomonga chiqarib o‘rnatmaslik zarur.

3. Metallni qirqish ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish. Bunda tiskiga nisbatan to‘g‘ri ish vaziyati tanlanadi (37-rasm). O‘ng qo‘lga bolg‘a, chap qo‘lga esa zubilo olinadi.Zubiloning kallagi (tana qismi) boshiga nisbatan 20–25 mm pastdan ushlanadi (38-rasm). Zubilo metallga o‘ng tomondan, unga nisbatan 45º (surish burchagi), tiski jag‘lari tekisligiga nisbatan esa 30–35º burchak (og‘ish burchagi) ostida tutiladi (39-rasm, a, b).

4. Zubiloni bolg‘alash orqali metallni qirqish. Bunda zubiloning kallagiga emas, balki uning ish qismi tig‘iga qarash lozim. Aks holda to‘g‘ri chiziqli qirqim hosil bo‘lmaydi. Har bir zarbdan keyin, zubilo chap tomonga surib boriladi. Yupqa metallar bir tomondan bira to’la qirqib tushuriladi.

Qalin metallar ikki tomonlama qirqiladi. Qirqib tushiriladigan qatlam katta o’lchamli bo’lsa, u holda metallni uzish qo’lda qayirib sindirish yo’li bilan bajariladi. Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubila har xil burchak ostida charxlanadi, ya’ni uning o‘tkirlik (charxlagich) burchagi turlicha bo‘ladi cho‘yan, bronza kabi qattiq metall va qotishmalar uchun 70°; o‘rtacha qattiqlikda zubila va kreysmeysel metall materiallar (po‘lat) uchun 60°; yumshoq metall materiallar (lis, latun, alyumin qotishmalari) uchun 30—45°, zubila ham 100,_125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig‘ining eni uchga mos ravishda 10, 15, 20 va 25 mm bo‘ladi. Zubilaning ish qismi toblanadi va bo‘shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun uni eni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po‘lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtda o‘tmaslanmasa, ezilmasa, uchib ketmasa toblash yaxshi o‘tkazilgan hisoblanadi yoki zubilaning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko‘riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo‘lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi. Kreysmeysellar tor ariqchalar (kanavkalar), shponka pazlari ochishda, ichki konturlarni tarashlashda ishlatilib, ular zubiladan tig‘ining ensizligi va tanasining qalinligi bilan farq qiladi. Ularning materiali, o‘tkirlik burchagi, toblanganli darajasi zubilaniki bilan bir xil bo‘ladi. Charxlash vaqtida ularni tirgak tirab, charxlashga ohista bosiladi. So‘ngra toshning eni bo‘ylab va chapga surib boriladi

Download 5,9 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 5,9 Mb.