• Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
  • Metallarga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi, ahamiyati va tahlili.
  • Kurs ishi maqsadi va vazifalari




    Download 5,9 Mb.
    bet2/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #246034
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

    Kurs ishi maqsadi va vazifalari
    Kurs ishining maqsadi umumiy o'rta ta’lim maktablаri texnologiya dаrslаridа o’quvchilаrgа o’quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o’rgatish metodikasi mаvzusini o’qitishni tashkil etishning saviyasini oshirishdan iborat.
    Bu maqsadni amalga oshirish uchun kurs ishida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
    -metalga ishlоv bеrаdigаn stаnоklаrning tuzilishini o’rgаnishgа taalluqli bo'lgan dars materiallarini pedagogik- psixologik, uslubiy tahlil qilish;2
    -metalga mехаnik ishlоv bеrish аsbоblаrigа tааlluqli bo’lgаn dars materiallarini pеdаgоgik, psiхоlоgik vа uslubiy tahlil qilish;
    -tаyanch mаktаblаri texnalogiya dаrslаridа qo’llаnilаyotgаn yangi pеdаgоgik vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаri хususidа uslubiy mulоhаzаlаr ishlab chiqish;
    - o’quvchilаrigа «metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish» mаvzusidаgi dаrsning nаmunаviy ishlаnmаsini tuzish .
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, 5 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.3

    I.BOB. O‘QUVCHILARGA METALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI, KONSTRUKSIYALASH ELEMENTLARINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK –PSIXOLOGIK TAHLILI


      1. Metallarga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi, ahamiyati va tahlili.

    Siz yog‘ochni qayta ishlash duradgorlik o‘quv ustaxonasida amalga oshirilishini bilasiz. Xuddi shuningdek, metall materiallar bilan ishlash uchun ham metallga ishlov berish ustaxonasi mavjud. Chilangarlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan, kerakli asbob-uskuna va moslamalar hamda kerakli metall materiallar bilan ta’minlangan ustaxonaning bir qismi chilangarlik ish o‘rni deb ataladi. Ustaxonada ish o‘rnining asosini chilangarlik dastgohi tashkil etadi. Metallni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastgoh chilangarlik dastgohi deb ataladi. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi (1.1 va 1.2-rasm)
    Texnologik ta’lim mashg‘ulotlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ustaxonalarida tashkil etiladi. Bu yerda har bir o‘quvchi uchun alohida jihozlangan ish o‘rinlari ajratilgan.
    Metallarga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning tegishli ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni, ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajratiladi Har bir ish o‘rni o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Ish o‘rni maxsus moslamalar: tumbochka, suriluvchi quti, shkaf, asbob-uskuna uchun javon, himoya ko‘zoynagi, chizmalar va h.k bilan jihozlanishi hamda ularning ish o‘rnidan tashqariga chiqib turmasligi ta’minlanishi kerak. Ish o‘rni va yo‘laklarni material, namuna buyum yoki chiqitlar bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
    Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin bo‘lgan quti, shkaf, mashina konstruksiyasida ko‘zda tutilgan holda uning ichki qismida maxsus joyda saqlanishi kerak. Ish o‘rnida hamma vaqt namunali tartib bo‘lishi va u yerga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi shart.4
    Mеtallga ishlоv bеrish ustaхоnasida ish o‘rni dоim tartibli bo‘lishi, faqat o‘tiladigan dars uchun zarur asbоb-uskunalar jоylashtirilishi kеrak. Kеsuvchi, zarb bеruvchi, tig‘li hamda o‘lchоvchi asbоblardan fоydalanishda ehtiyot bo‘lish talab etiladi. O‘zi va yon-atrоfdagilarni jarоhat оlishdan saqlash lozim


    1.1 va 1.2-rasm


    Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilish zarur. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida o‘quv qurollaridan kundalik daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart. Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblar, moslamalar va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, xomashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak. Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng ustaxonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom ettiradi. Ish tugagach asboblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llar yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin. Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ish xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish kerak.


    Metallarga ishlov berish o'quv ustaxonasida xavfsizlik texnikasi va sanitariya - gigena qoidalari talablariga amal qilgan holda ish o'rinlari ikki xonaga joylashtirilgani ma’qul. Bunday individual ish o'rinlari (metallarga ishlov berish dastgohlari) bir xonaga, umum foydalaniladigan ish o‘rinlari(metallarga ishlov berish stanoklari) esa ikkinchi xonaga joylashtiriladi. Ayrim ish o'rinlari va qo'shimcha jihozlar fodalanishga qarab turli xonalarga joylashtiriladi. Metallarga ishlov berish dastgohlari o'rnatiladigan xona maydoni kichik bo'lsa, dastgohlarni ikki o'rinli dastgoh ko'rinishida qarama-qarshi joylashtirish mumkin. Biroq bir o'rinli dastgohlarni ikki o'rinli dastgoh ko'rinishida joylashtirishda ular bir-biriga jipslab o'rnatilmasdan balki oralari ochiq qoldiriladi, ularni bir-biriga kashaklab qotirishga aslo yo'l qo'yilmaydi. 5Aks holda ular ikki o'rinli dastgohlardan farqsiz bo'lib qoladi. Ikki o'rinli dastgohlardan foydalanish o'quvchilarining bir-biriga halal berishga, ish sifatining xafsizlik, texnikasi qoidalarining buzilishiga olib keladi. Bunda arralash va randalash stanoklari yordamida uzun o'lchamli yog'och materiallariga ishlov berilishi hisobga olinadi.
    O'quv ustaxonasining yetarli darajada yoritilishi. Ustaxona joylashishiga qarab tabiiy yoki sun’iy yo'l bilan yoritiladi. Ustaxona tabiiy yo'l bilan yoritilganda yorug'likning binoga sharq, janub, g'arb yoki sharqi-janubiy, janubi-g'arbiy tomonlaridan tushgani ma’qul. Shuningdek, ustaxonaning tabiiy yorug'lik bilan yoritilishini taminlash maqsadida deraza romlarning katta va yetarli bo'lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol yuzasining 1:4 qismini tashkil etsa. Ustaxona xonasi keng (bir kishiga kamida 14 m2 to‘g‘ri keladigan), shiplari baland (kamida 3,25 m), havo almashuvi yaxshi, harorati me’yorda (qishda kamida 16°S, yozda 20°S dan ortmaydigan), yaxshi yoritilgan, uskunalar qulay joylashgan, o‘tish yo‘llari yetarlicha keng, usta bilan o‘quvchilarning ish o‘rinlari qulay joyda, kerakli rang berilgan, mehnat xavfsizligi me’yorlariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Metallarga ishlov berish o‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-gigiena va tashkiliy metodik talablarga javob berishi lozim:

    • Ustaxonalar uchun mo‘ljallangan bino o‘quv-pedagogika, sanitariya-gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak.

    • O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga muvofiq kelishi kelishi hamda ularga metallarga ishlov berishning barcha turlarini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

    • O‘qituvchining o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan o‘quv ishlab chiqarish ishlari uchun ham zveno tarzidagi ishlar uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan bulishi kerak.

    • Har bir o‘quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.

    • O‘qituvchi uchun na’munaviy ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 250-300 mm balandlikda bo‘lishi kerak.

    • Ustaxonalarda o‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.

    • O‘quv ustaxonalari hajmdor yassi ko‘rsatma qo‘llanmalar qo‘llanmalar bilan, shuningdek shuningdek, ta’limning ta’limning texnikaviy texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.

    • Yordamchi xizmat xonalari (asboblar saqlanadigan xona va omborxonalar) o‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo‘lishi kerak.

    • Ustaxonalarda o‘quvchilarning diqqatini ishdan chalg‘ituvchi va mehnat jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo'l qo'ymaslik kerak.

    O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo’yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo’yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi. Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri kasb-hunar usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin.
    O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur. Ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
    Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va na’munali tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.O‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil etish, ularni o‘tkazishning to‘g‘ri metodikasini qo‘llash, o‘quvchilar tomonidan texnikaviy bilimlar, mehnat malakalari va ko‘nikmalari muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun o‘quv ustaxonalarning jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq kelishi va ularda texnologiya ta’limi dasturining barcha mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
    Texnologiya ta’limining asosiy darslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. O‘quvchilar texnologiya ta’limining nazariy asoslarini o‘zlashtirishlari uchun taxminan 20 % o‘quv vaqtini sarflashga rejalanadi. Uyda va mehnat kutubxonasida mustaqil ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini o‘zlashtirishlari lozim. Bu holatni ilmiy jihatdan aniqlashda texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi va tegishli zamonaviy texnik-texnologik, umumiy ta‘lim fanlariga, fan-texnikaga oid jurnallar va boshqa manbalar ro‘yxati, internet va qo‘lda tayyorlangan modellar, moslamalar, didaktik materiallar, axborotnomalar, o‘quvchilarga mo‘ljallangan kichik to‘plamlar qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bo‘lgan stanoklar, asbob- uskunalar, dastgohlar, moslamalarni ta’mirlab, amaliy va laboratoriya darslariga tayyorlab qo‘yishi, amaliy ish ob’yektlari uchun xom ashyolar to‘plashi, eskizlar, chizmalar, texnologik xaritalar ishlab chiqishi lozim.
    O‘quvchilar tayyorlagan buyumlarni, ishlarni yakunlagan holatini nazorat etishga qaratilgan savollar, testlar, namunalarni ishlab chiqish darsga tayyorgarlikni tashkil etadi. So‘nggi yillarda texnologiya ta’limi jihozlari ro‘yxati ta’limning yangi vositalari hisobiga sezilarli kengaydi va hozirgi kunda 400 nomdan iborat. Bular 220 tacha har xil turdagi asboblar, moslamalar, stanoklar, 16 xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va ularning qismlari, 14 xil to‘plamdagi jadvallar va plakatlar, 120 dan ortiq ekran vositalari va qo‘llanmalaridan iborat. Buning hammasi texnalogiya ta’limining politexnik yo‘nalishini kuchaytirish, o‘quvchilarga texnika, texnologiya, iqtisodiyot va hozirgi zamon ishlab chiqarishining tashkiliy asoslarini chuqurroq va to‘liqroq ochib berish, ularda har turli materiallarga mexanik ishlov berishning dastlabki ko‘nikmalarini ertaroq shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan.
    Pedagogik nuqtai nazardan o‘quv-moddiy ta’minot o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini va sifatini oshirishga, ta’limning politexnik va kasbga yo‘naItiruvchi jihatlarini to‘liq amalga oshirilishini ta‘minlashga zamin yaratishi kerak. O‘quvchilarga ta’lim vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, o‘quvchilarning tayyorgariik darajasini oshirishga imkon berishi lozim. Iqtisodiy jihatdan o‘quv-moddiy baza maqsadlarini mehnat o‘quv-tarbiya jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga oshirish imkonini beradigan o‘quv jihozlaridan to‘liq foydalanishga qaratilgan bo‘lishi zarur o‘quv ko‘rgazmalari va o‘quv jihozlari tarkibida, odatda kamyob vaqimmatbaho materiallar bo‘lmasligi, ularni tayyorlash asossiz ravishda ortiqcha xarajatlar talab qilmasligi va ommaviy ravishda maktablar sotib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Iqtisod nuqtayi nazardan o‘quv jihozlari ustida o‘qituvchilar va o‘quv ustalari ishlashlari lozim.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari sharoitida o‘quvchilarning mehnat va kasb-hunarga yo‘naltirish sifatini yaxshilash hamda takomillashtirish uchun o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalarida har bir kiritilgan kasb va ixtisosliklarning asbob-uskunalarini, moslamalarini ishga sozlash, ta’mirlash hamda qayta tayyorlashni tashkil etish va ularning metodikasini hal qilish ahamiyatga ega. Chunki, o‘quvchilarga xuddi ana shular orqali texnik- texnologik operatsiyalarni bajarish asosiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, texnologiya ta’limining har bir yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalarni ishga sozlash uchun o‘quvchilar eng avvalo qo‘llaydigan asbob-uskunalarining tuzilishini mukammal o‘rganishlari zarur.
    O‘quv ustaxonalari binosiga va asbob-uskunalarni joylashtirishga oid talablar, qo‘shimcha maktablarning yangi mazmunda ta’lim berishga o‘tishi faqat ta’lim darajasini va sifatini oshirishnigina emas, balki umuman maktablarning va o‘quv ustaxonalarining mehnat va kasb ta’limi uchun moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilashni ob’yektiv ravishda zarurat qilib qo‘ydi. Pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish deganda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida o‘qituvchi va o‘quvchiIar tomonidan oz vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan holda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan va ilmiy jihatdan asoslangan tashkiliy metodik tadbirlar majmuasini tushunish kerak.
    O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tatbiq qilinganda pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi tadbirlarni bajarish nazarda tutiladi: sanitariya-gigiyena va o‘quv pedagogika talablariga to‘la javob beradigan o‘quv ustaxonalari va xizmat ko‘rsatish mehnat xonalarini tashkil etish. Barcha rejalashtiruvchi hujjatlar (taqvimiy mavzuli rejalar, o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxati va h.k.lar) aniq ishlab chiqilishi texnologiya ta’limi dasturiga to‘la-to‘kis javob berishi, tanlab olingan ish turlari esa muayyan didaktik izchillikda, murakkablik darajasiga qarab joylashtirilishi va ularni o‘quvchilar tayyorlash uchun asoslangan vaqt hajmi belgilangan bo‘lishi kerak. O‘quv ishlab chiqarish ishlarining ro‘yxati ham, o‘quvchilarni ish joylariga almashlab qo‘yish jadvallari ham yaxshilab bezatilgan va o‘quvchilar ko‘radigan qilib osib qo‘yilishi kerak. Shu yerning o‘zida oddiy va sanitariya kunlaridagi navbatchilarning jadvali va muntazam bajariladigan ishlarning ro‘yxati ham osib qo‘yiladi. O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi darslar orasida tanaffus berishi, o‘quvchilarga ustaxonani yaxshilab shamollatish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun ustaxonadan chiqib turishlarini taklif qiladi.
    O‘quv ustaxonalaridagi asbob- uskunalar va inventarlarning saqlanishi uchun ularning har biriga bir o‘quvchi biriktirilib qo‘yiladi. U ana shu asboblarning yaxshi saqlanishi va buzilmasligi uchun o‘qituvchi va jamoa oldida javob beradi. Yaxshi tashkil etilgan o‘quv ustaxonasi navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun unchalik ko‘p vaqt talab qilmaydi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun bu narsa juda muhimdir, chunki uning vaqti tig‘iz bo‘ladi. Shu sababli pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtai nazardan o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil etilishi texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun o‘quv vaqtidan anchagina tejab qolish imkonini beradi. O‘quv va shaxsiy vaqtni tejashda texnologiya ta’limi o‘qituvchisining shaxsiy kutubxonasida zarur qo‘llanmalar, o‘quv darsliklari, ilmiy-metodik adabiyotlar, maxsus so‘rovnoma adabiyoti: gazeta va jurnallar, dasturning ma’lum mavzulari bo‘yicha gazeta va jurnallaridan qirqib olingan maqolalar solingan papkalar mavjud bo‘ladi. Navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanishda ayrim faktlar, fikrlar, misollar, qoidalar, zarur kitoblarning qisqa annotatsiyalari yozib, kartochkalar kun sayin tuzib boriladi. Ular dastur mavzulari bo‘yicha xillarga ajratiladi, kartotekalarga muayyan tartibda joylashtiriladi, mehnat bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarga tayyorlanishda yaxshi didaktik material bo‘lib xizmat qiladi, eng muhimi esa tayyorgarlik ko‘rishda vaqtni tejaydi.
    Ko‘rgazma qurollari uchun mo‘ljallangan yashikda plakatlar, sxemalar, jadvallar chizmalar namunali tartibda va sistemada saqlanish kerak. O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilardan ham, shuningdek usta hamda o‘qituvchidan ham nazorat-o‘lchov operatsiyalarini bajarish va mehnat usullarini ko‘rsatish vaqtida diqqat bilan nazar tashlashni talab qiladi. Bu jihatdan to‘g‘ri burchak shaklidagi ustaxonalar bir qancha jiddiy kamchiliklarga egadir: asbob-uskunalar (dastgohlar)ning 7-8 qator qilib ketma-ket joylashtirilishi (dastgohlarning so‘nggi qatori bilan o‘qituvchining ish joyi o‘rtasidagi oraliq taxminan 10-11 metrni tashkil qiladi) eshitishni, ayniqsa o‘qituvchining tushuntirayotgan va ko‘rsatayotgan mehnat usullarini ko‘rishni qiyinlashtiradi, ustaxona devorlari bir tomonlama yoritilishi natijasida yorug‘likni sust qaytarishi, quyosh nurlarining to‘g‘ri tushish soatlarida ko‘zni qamashtiruvchi yoritish zonasining haddan tashqari kattaligi (50 dan ortiq) ko‘zning tez charchab qolishiga va shu tufayli xatolarning ko‘payishiga olib keladi, bir tomonlama yoritish natijasida doskaga doimiy yoritish shu‘lalarining tushib turishi unda yozilgan narsalarning yon tomondan ko‘rinishini ayniqsa qiyinlashtiradi va nihoyat xonada to‘g‘ri burchaklarning mavjudligi toza havo oqimining kelishini tugatib qo‘yadi, natijada uning intensiv almashinib turishi keskin kamayadi.
    Asbob-uskunalar, dastgohlarning uch, to‘rt qatorli joylashuvi (ularning oxirgi qatori 5,5-7,0 m uzoqlikda bo‘ladi) o‘qituvchining o‘quvchilar bajarayotgan mehnat harakatlarini kuzatishga, binobarin, ular yo‘l qo‘yadigan kamchiliklarni tuzatish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga ham imkon beradi. Bunday ustaxona va kabinetning maydoni (80-90 m2 ga yaqin) 25-30 uskuna birligini sig‘diribgina qolmasdan, shu bilan birga bu yerda o‘qituvchining dastgohi (stanok yoki tikuv mashinasi), stol va stul bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. U kamida 20 o‘quvchidan iborat guruhga mo‘ljallanadi. Bu ustaxonalarda faqat slesarlik va duradgorlik ishlarini muvaffaqiyatli egallash uchun shart-sharoit yaratilib qolmasdan, balki dasturning materiallariga mexanik ishlov berish va elektrotexnika ishlari mavzularini o‘tish uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi.
    6



    Download 5,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 5,9 Mb.